2.2-§. Auditoriyadan tashqari mashg’ulotlarning sanogen tafakkurni
rivojlantirishga doir pedagogik imkoniyatlari
Respublikamiz oliy ta’lim muassasalarining asosiy maqsadi, ya’ni yetuk
malakali, fanlarga oid nazariy va amaliy bilimlarga hamda umumiy va maxsus
kompetentsiyalarga ega, ijtimoiy-siyosiy hayotda sodir bo’layotgan voqea-hodisalarni
chuqur anglagan holda tahlil qila oladigan, erkin va mustaqil fikrlash hamda qat’iy
pozitsiyaga ega bo’lgan mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Buning uchun OTMlari
79
o’quv-tarbiya jarayonida auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg’ulotlarning
uyg’unligini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning sifat va
samaradorligiga erishish ko’p jihatdan murakkab va ko’p qirrali o’quv-tarbiya
jarayonining auditoriyadan tashqari mashg’ulotlarning bu sohadagi imkoniyatlaridan
oqilona foydalanishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, oliy ta’lim muassasalarida
auditoriya mashg’ulotlari fan dasturlari, vaqt me’yorlari va avvaldan belgilab
qo’yilgan mashg’ulotlar shakl, metodlari bilan chegaralangan. Garchi, auditoriya
mashg’ulotlarida tarbiyaviy maqsadni ham amalga oshirishga harakat qilinsa-da,
biroq ta’limiy maqsadlarga erishish asosiy vazifa etib belgilangan. Bu esa, o’z-
o’zidan talabalarning ba’zi qiziqish va ehtiyojlarini to’liq qanoatlantira olish,
o’qituvchilar va jamoa bilan jonli muloqotga erkin kirishishlari, emotsional sifatlarini
tarkib toptirish, o’z shaxsiy nuqtai-nazarlarini erkin bildirish va himoya qilish kabi
holatlarga to’liq imkoniyat yaratmaydi. SHu boisdan, bo’lajak o’qituvchilarda
sanogen tafakkurni rivojlantirish uchun hamda auditoriya mashg’ulotlarining bir
qator kamchiliklarini bartaraf etish maqsadida, bevosita uzviy tarzda auditoriyadan
tashqari mashg’ulotlarni amalga oshirishga katta ehtiyoj mavjud. Demak, sanogen
tafakkurni rivojlantirishda mustaqil ta’lim-tarbiya olish shakli sifatida auditoriyadan
tashqari mashg’ulotlarni ajratib olishni va o’rganishni taqozo etadi.
Auditoriyadan tashqari mashg’ulotlar o’quv yili davomida muntazam ravishda
talabalarni bo’sh vaqtida ijtimoiy-gumanitar, umumkasbiy, ixtisoslik fanlari bo’yicha,
ommaviy, guruhiy, yakka shakllarda tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayoni
hisoblanadi. O’quv-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi bo’lgan auditoriyadan tashqari
mashg’ulotlarga nisbatan mustaqil tuzilma sifatida to’garaklar, ilmiy-tadqiqot ishlari,
mustaqil ta’lim, fan olimpiadalari va ekskursiya kabilar kiradi. Bundan ushbu
komponent OTM o’quv rejasida ko’zda tutilgan ishlab chiqarish va pedagogik
amaliyotlarni, kurs va bitiruv malakaviy ishlarni ham o’z ichiga oladi.
Oliy ta’lim muassasalarida auditoriyadan tashqari mashg’ulotlarning maqsadi
ob’ektiv tavsifga ega bo’lib, u jamiyatimizning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari
80
asosida shakllanadi hamda ijtimoiy buyurtma sifatida O’zbekiston Respublikasi
“Ta’lim to’g’risida”gi Qonunining maqsad va vazifalariga asoslanadi.
Auditoriyadan tashqari mashg’ulotlar orqali bo’lajak o’qituvchilarda sanogen
tafakkurni rivojlantirish maqsadi tizim hosil qiluvchi xususiyatga ega. Shu bois,
auditoriyadan tashqari mashg’ulotlar va tadbirlar tizimining barcha tarkibiy qismlari
uning maqsadiga bog’liq holda, belgilangan natijaga erishish uchun xizmat qiladi.
Auditoriyadan tashqari mashg’ulot va tadbirlar orqali bo’lajak o’qituvchilarda
sanogen tafakkurni rivojlantirish tizimini quyidagicha ifodalashimiz mumkin (2.2.1-
rasmga qarang).
Auditoriyadan tashqari mashg’ulotlarda bo’lajak o’qituvchilarning sanogen
tafakkurini rivojlantirish jarayoniga tizim sifatida yondashadigan bo’lsak, u o’zining
asosiga ko’ra tartibli, oldindan rejalashtirilgan, mashg’ulotni tashkil qiluvchi tarkibiy
qismlarning aniq joylashuv o’rni, tezkor aloqadorlik, doimo rivojlanib, takomillashib
va o’zgarib borish; ikki tomonlama – tarbiyaviy ish va tarbiyalanganlik; aniq
maqsadga yo’naltirilganlik; qayta tashkillanish hamda ko’p chiziqli tuzilishga ega.
Auditoriyadan tashqari mashg’ulotlarda bo’lajak o’qituvchilarning sanogen
tafakkurini rivojlantirish asosiy maqsad sifatida belgilanib, mazkur jarayon quyidagi
tamoyillar asosida amalga oshirilishi belgilandi:
- kasbiy va shaxsiy rivojlantirish;
- dinamik xarakterdaligi;
- integrativlik;
- refleksivlik va emotsional intellektning yorqinligi;
- iroda erkinligi va ixtiyoriylik;
- o’z-o’zini rivojlantirish.
Auditoriyadan tashqari mashg’ulotlarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning
birinchi motivatsion bosqichida dastlab talabalarda sog’lom fikrlashga nisbatan
shaxsiy ehtiyojni qaror toptirish, mazkur jarayonda ularda sog’lom fikrlashga
nisbatan qiziqish va xohish-istakni shakllantirish vazifasi amalga oshirilishi lozim.
|