-§. Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning refleksiv




Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/66
Sana13.01.2024
Hajmi2,92 Mb.
#136647
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   66
Bog'liq
MONOGRAFIYA M.K.Ismailov xorijda nashr etilgan

2.3-§. Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning refleksiv 
texnologiyasi 
 
Ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini, natijaviyligini ta’minlash 
maqsadida ishlab chiqilgan pedagogik texnologiyalar tahlili shuni ko’rsatdiki, 
bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish ko’p bosqichli, murakkab 
jarayon bo’lib, mazkur jarayon texnologik yondashuvni talab etadi. 
Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen fikrlash darajasi ham psixologik, ham 
pedagogik, ham yosh jihatidan belgilanadi. Hozirgacha sanogen tafakkur tuzilishi, 
uning dinamikasi, namoyon bo’lish va rivojlanishining yoshga bog’liq xususiyatlari 
ilmiy munozaralar va tadqiqot ishlarining asosiy mavzusi bo’lib qolmoqda. Quyida 


87 
biz bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning refleksiv 
texnologiyasi mazmuniga to’xtalib o’tamiz. 
Refleksiya tushunchasi (lot. ortga qaytish, aks ettirish) falsafa, psixologiya, 
pedagogika fanlari doirasida chuqur o’rganilgan bo’lib, pedagogik muammolarni hal 
etishda refleksiv nazariya va yondashuvlar, refleksiv texnologiyalardan foydalanish 
holati so’ngi o’n yilliklarda ko’proq ko’zga tashlanmoqda. Aslida, pedagogik faoliyat 
mohiyatan refleksiv xarakter kasb etadi. Zero, refleksiya pedagogik jarayon 
ishtirokchilari o’rtasida ijobiy ma’nodagi sub’ektiv munosabatlar uchun sharoit 
yaratadi. 
Pedagogik jarayonning dominant xususiyati – rivojlanish. Pedagogik jihatdan 
rivojlanish quyidagi ko’rsatkichlar bilan belgilanadi: faoliyat mazmuni, harakat 
motivlari, bilim, ko’nikmalar, hissiy-emotsional qobiliyat va dunyoqarash 
mazmunining o’zgarganligi va boshqalar. Rivojlanish ichki jarayon bo’lganligi 
uchun, uni birinchi navbatda faoliyat sub’ektining o’zi baholashi mumkin. 
Rivojlanish samaradorligi, o’z-o’zini rivojlantirishni baholash, o’zini tahlil qilish 
avvalo sub’ekt tomonidan o’zini kuzatish, ya’ni refleksiya orqali amalga oshiriladi. 
Shunday qilib, pedagogik jihatdan refleksiya bu sub’ektlar (pedagogik jarayon
ishtirokchilari) tomonidan o’z rivojlanish holatini, yanada rivojlantirish imkoniyati va 
sabablarini aniqlash jarayoni va natijasi sifatida namoyon bo’ladi. 
Pedagogik jarayonning zamonaviy o’qitish texnologiyalari muammosini tadqiq 
etgan olim S.S.Kashlev refleksiya masalasida quyidagi xulosaga keladi: refleksiya 
shaxsni rivojlantirish uchun zarur bo’lgan pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish va 
sub’ektning o’z-o’zini identifikatsiyalash jarayoni hisoblanadi
11

Refleksiv texnologiyalar quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- loyihalashtirish – faoliyat maqsadini, pedagogik jarayon ishtirokchilarining 
o’zaro ta’sirini modellashtirish va loyihalashtirishni o’z ichiga oladi;
- tashkiliy – refleksiya samarali pedagogik faoliyatni tashkil etish imkonini 
beradi;
11
Кашлев С.С. Современные технологии педагогического процесса: Пособие для педагогов. – Мн.: 
Университетское, 2000. – 46 с. 


88 
kommunikativ – refleksiya ta’lim jarayoni ishtirokchilari o’rtasidagi samarali 
muloqotning muhim sharti sifatida namoyon bo’ladi;

ijodiy fikrlashni shakllantirish – refleksiya pedagogik jarayon 
ishtirokchilarida ijobiy fikrlash hamda ijodkorlik ko’nikmalarining shakllanishini 
belgilaydi; 
- motivatsion – refleksiya faoliyatning yo’nalishini, xarakterini hamda 
sub’ektning qiziqishlarini belgilaydi; 
- korreksiya qilish – refleksiya pedagogik jarayon sub’ektlarining o’z 
faoliyatidagi kamchiliklarni hamda boshqalar bilan o’zaro munosabatlarini tuzatish 
vazifasini bajaradi. 
Pedagogik jarayon bilan bog’liqlikda refleksiyaning mazmuni uchta asosiy 
komponentdan iborat: 
1) rivojlanish holatini aniqlash; 
2) uning sabablarini izohlash; 
3) pedagogik jarayonning rivojlanish samaradorligini baholash. 
Pedagogik jarayon bilan bog’liqlikda refleksiv texnologiyalarning quyidagi 
qator o’ziga xos xususiyatlarini ajratib ko’rsatish mumkin: 
- hissiy-emotsional soha (shaxsning hissiy-emotsional qobiliyat darajasi, ijobiy 
yoki salbiy his-tuyg’ular majmui: quvonch, qayg’u, qoniqish, umidsizlik, 
hayajonlanish, minnatdorchilik, muvaffaqiyat va hk.) ; 
- ehtiyojlar sohasi – shaxs faoliyatining passivligi yoki faollik holati; xohish, 
qiziqish, o’z-o’zini rivojlantirishga nisbatan shaxsiy ehtiyojlar majmui; 
- motivatsion soha – shaxsning yo’nalganligini, uning tashqi va ichki motivlar 
majmuini o’zida ifoda etadi; 
- qiziqishlar sohasi - qanday qiziqishlar paydo bo’lgan; ular nimaga qaratilgan; 
qiziqishning rivojlanish darajasi; kognitiv ehtiyoj va boshqalar; 
- qadriyatlar yo’nalishi - shaxsiy qadriyatlar tizimi; qadriyatlar mazmunini 
yanada boyitish, ularning namoyon bo’lishi va hokazo; 
- faoliyat sohasi - faoliyatni tashkil etish, undagi kamchiliklarni aniqlash va 
bartaraf etish, faoliyat tajribasini boyitish va hokazo); 


89 
- gnostik soha – mavjud nazariy va amaliy bilimlarni tizimlashtirish; 
- baholash sohasi - shaxsning o’z faoliyat mazmunini bilishi va o’zini faoliyat 
sub’ekti sifatida baholashi, shaxsiy “Men” obrazining o’zgarish dinamikasini hamda 
o’z-o’zini baholashi); 
- ko’nikmalar sohasi - o’zlashtirilgan faoliyat ko’nikmalari majmui.
Shaxsning refleksiv faoliyatini atrofdagi voqelik bilan sub’ektning o’zaro 
ta’siri orqali dunyo tasvirini yaratish jarayonining uzluksiz namoyishi sifatida 
qarashamiz mumkin. Bunda dunyoning sub’ektiv tasviri hosil qilinadi.
Bir qator mualliflar an’anaviy ta’limning samarasizligini ta’kidlaydilar, bu 
faqat bilimlarni uzatish va xususiy ko’nikmalarni rivojlantirishni ta’minlaydi, ammo 
ta’lim oluvchilarning refleksiv fikrlashini rivojlantirmaydi. Ushbu muammoni hal 
qilish zarurati esa sog’lom fikrlash ko’nikmalari bilan birgalikda o’qish, kasbiy va 
mehnat faoliyati jarayonida turli xil refleksiya shakllarini o’zlashtirish lozimligini 
belgilaydi.
Shaxsiy va kasbiy rivojlanishning zaruriy sharti bu fikrlashning refleksivligi 
bo’lib, u sub’ektning o’z qobiliyat va imkoniyatlarini to’g’ri baholashida, odatlari, 
xulq-atvori va fikrlash shakllarida namoyon bo’ladi. Sub’ektning xulq-atvor, fikrlash, 
muloqot va dunyoni tushunishning samarasiz strategiyalarini mustaqil ravishda 
aniqlay olmasligi shaxsiy rivojlanish, kasbiy shakllanish va o’quv faoliyatining 
samaradorligiga jiddiy to’siq bo’lishi mumkin. Shu munosabat bilan, biz bo’lajak 
o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishda refleksiv texnologiyalar 
mazmunini o’rganishni juda muhim deb bilamiz. 
Refleksiv texnologiyalar qator olimlar tomonidan ishlab chiqilgan va o’quv 
jarayoniga kiritilgan bo’lsa ham, yaxlit ta’lim konsepsiyasi hali yaratilmagan. 
Refleksiyaga shaxsni rivojlantirishning butun jarayoni davomida harakat qiladigan 
universal mexanizm, rivojlanish vositasi va usuli sifatida qaraladi. 
Bizning fikrimizcha, ontogenezda sanogen tafakkurning rivojlanish yo’li 
sub’ektiv jarayonlar (fiziologik, psixologik, kognitiv), refleksiv ko’nikmalar, boy 
ijtimoiy tajriba, muvaffaqiyatga erishishda motivatsiya darajasining yuqoriligi, 
hayotiy stereotiplar asosida fikrlash shakli sifatida emas, balki moslashuvchan 


90 
fikrlash tarzi sifatida hamda sub’ektivlikka qaytish uchun shaxsiy ehtiyoj sifatida 
namoyon bo’ladi. 
Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish strategiyasini bunday 
tushunish bizga optimal usullarni qo’llash va o’quv tarkibini tanlashda taktik 
harakatlarni ketma-ket va tizimli ravishda aniqlashga, mazkur jarayonda 
refleksiyaning o’rni, roli va funktsiyalarini aniqlashga sharoit yaratadi. Bu esa 
texnologik yondashuvning barcha parametrlari bo’yicha sanogen tafakkurni 
rivojlantirishning refleksiv texnologiyasini yaratishga imkon beradi. 
XX asr boshlariga kelib pedagogik va psixologik tadqiqotlarda “texnologiya” 
tushunchasi ko’pincha texnologik taraqqiyot bilan fanga kirib kelgan. “Texnologiya” 
tushunchasining mohiyatini aniqlashga doir ko’plab yondashuvlar (V.P.Bespalko, 
G.K.Selevko, M.O.Ochilov, N.N.Azizxo’jayeva, O’.Q.Tolipov va boshqalar) mavjud 
bo’lib, ularning tahlili mazkur tushunchaning mazmun-mohiyatini tushunish va qabul 
qilish imkonini beradi.
Ta’lim va tarbiyaga texnologik yondashuv – o’qitish va tarbiyalash natijalariga 
asoslanib, mazkur jarayonlarning maqsad va vazifalarini aniqlash, har bir bosqichini 
alohida-alohida loyihalash, ta’lim va tarbiyaning shakl, metod va vositalarini aniq 
belgilab olishga qaratilgan tizimli jarayon.
Texnologik yondashuv imkoniyati tarbiya jarayonining o’zida uning ko’p 
omilliligi – ko’plab omillar ta’siriga uchrashi, natijalarning tezda namoyon 
bo’lmasligi, tarbiyachi faoliyatining (bevosita yoki bilvosita) yo’naltirilganligi, ko’p 
bosqichlilik bilan bog’liq ravishda mujassamdir. Ko’p bosqichlilik shaxsning u yoki 
bu sifat haqida tasavvur darajasidan tushunchaga va keyinroq o’zlashtirilganlariga 
muvofiq harakat qilish ko’nikmasini shakllantirish hamda to’g’ri xulq-atvor 
odatlarini shakllantirishga o’tish bilan tavsiflanadi. 
Refleksiv ta’lim texnologiyalari pedagogik texnologiyaning alohida turi 
sifatida, ma’lum bir pedagogik vazifani bajarish uchun xizmat qiladi. Refleksiv 
texnologiyalar ham umumpedagogik texnologiya sifatida ishlab chiqarish 
mezonlarining quyidagi asosiy uslubiy talablariga javob beradi: kontseptuallik, 
tizimlilik, funktsionallik, boshqarish, samaradorlik va takrorlanuvchanlik. 


91 
Kontseptuallik – sanogen tafakkurni rivojlantirishga yo’naltirilgan refleksiv 
texnologiyalarning nazariy printsiplariga tayanish orqali ta’minlanadi: ong va 
faoliyatning birligi, bilish va tafakkur nazariyasi, pedagogik boshqaruv va tizimli 
faoliyat nazariyasi, refleksiyani shaxsning o’zini rivojlantirish va o’zini namoyon 
qilish mexanizmi sifatida tushunish ( N.G. Alekseev, V.K. Zaretskiy, A.V. Karpov, 
I.N.Semenov, Yu.M.Orlov, N.N. Morozyuk va boshqalar), sanogen refleksiya 
nazariyasi va amaliyotining kontseptsiyasi va asosiy printsiplari (Yu.M. Orlov, S.N. 
Morozyuk). 
Refleksiv texnologiyalarning tizimliligi shaxs tafakkuri rivojlanishining 
murakkabligi va ko’p bosqichliligi, mazkur jarayonga ta’sir etuvchi sub’ektiv va 
ob’ektiv omillarning o’zaro bog’liqligi hamda amaliy faoliyat tizimining umumiy 
tuzilmasida refleksiyaning funktsional tuzilishi bilan ta’minlanadi. 
Amaliy faoliyat tizimining umumiy tuzilmasida refleksiyaning funktsional 
tuzilishi quyidagicha: 

Download 2,92 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   66




Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning refleksiv

Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish