101
3)
boshqalarning fikrini diqqat bilan tingla;
4)
so’zlayotgan kishining fikrini chalg’itma, ma’qul deb topmagan o’rinlarini
belgilab bor, so’ngra so’zga chiqish uchun ruxsat so’ra;
5)
g’oyalarni
tanqid qil, biroq so’zga chiqqan kishini emas. Shaxsiyat bilan
bog’liq jumlalarni ishlatma;
6)
munozara ishtirokchilari qabul qilgan qarorlarni hisobga ol, boshqalarning
fikrlarini qadrla;
7)
istalgan yo’l bilan qurollangan holda bahsda g’alabaga erishishga harakat
qilma;
8)
albatta oraliq va yakuniy xulosalarga kelish lozim.
O’z-o’zini baholash shaxs tomonidan mavjud
fazilatlari, xatti-harakati, xulq-
atvorini tahlil qilish orqali o’ziga baho berishga yo’naltirilgan faoliyat usuli bo’lib, u
shaxsning qobiliyatini o’z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashishi zarur. O’z-
o’zini baholash qiyin, lekin shaxsni bunga bevosita tayyorlash mumkin. O’z-o’zini
baholash talaba uchun shaxsiy imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, o’ziga ob’ektiv
baho berish, o’zidan qoniqishiga yordam beradi.
Demak, o’z-o’zini baholash jarayonida shaxsning o’z shaxsiy sifatlari, xulqi,
yutuqlari va muvaffaqiyatcizliklari, qadr-qimmati, kamchiliklarini baholay olishi
bo’lib, bunda har bir talabadan o’z shaxsining rivojlanishida ta’sir ko’rsatgan ijobiy
va salbiy omillarni tahlil qilishi va taqqoslashi so’raladi.
Texnologiyaning
axborotli-kognitiv bosqichi asosida hamkorlikda faoliyatni
tashkil
etish qoidalari, shaxslararo munosabatlarga kirisha olish ko’nikmalarini hosil
qilish, voqea-hodisalarni tanqidiy baholay olish qobiliyatini rivojlantirish, voqelikni
rivojlanib borishining ehtimoliy variantlarini bashorat qilish va shu asosda mustaqil
qaror qabul qila olish kabilar yotadi.
Axborotli-kognitiv bosqich o’z navbatida ikki qismdan tashkil topadi: axboriy
va kognitiv. Axboriy darajada sog’lom tafakkur bilan bog’liq nazariy bilimlar
egallansa, kognitiv darajada mazkur bilimlarning amaliy-faoliyatli ko’rinishiga
o’tkazilishi uchun zaruriy ko’rsatmalar taqdim etiladi.
102
Mazkur bosqichda ma’ruza, tushuntirish, o’rgatish, namuna ko’rsatish, test
(asosiy tushunchalar mazmuniga oid, tushunchali), tugallanmagan gaplar metodikasi
kabi metod va usullardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Sanogen tafakkurni rivojlantirish va ijobiy natijalarga erishish uchun sog’lom
tafakkurni rivojlantirishga doir «Sanogen tafakkur va uning rivojlanishi» nomli
maxsus kurs ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq. Maxsus kurs quyidagi tarkibiy
qismlardan iborat bo’lishi lozim: 1) nazariy va amaliy mashg’ulotlar mavzusi; 2)
mustaqil ta’lim; 3) trening mashg’ulotlari; 4) ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasi.
Dasturda o’rin olishi mumkin bo’lgan nazariy-amaliy mashg’ulot mavzulari va
mustaqil ta’lim topshiriqlari quyidagi jadvalda o’z aksini topgan.