• Jonli muloqot
  • 2.4-§. “Sanogen fikrlashni o’rganamiz” ilmiy-ijodiy to’garak mashg’ulotlarini tashkil etish dasturi va uning maqsad-vazifalari
  • Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi




    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/66
    Sana13.01.2024
    Hajmi2,92 Mb.
    #136647
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66
    Bog'liq
    MONOGRAFIYA M.K.Ismailov xorijda nashr etilgan

     “Fikr bildirish” metodi. Mazkur metod talabalarning o’z qadriyatli 
    tasavvurlari bilan bog’liqlikda fikrlarni to’g’ri baholay olish qobiliyatlarini 
    shakllantirish maqsadida qo’llaniladi. Metodni qo’llash uchun eng avvalo, 
    baholovchi tavsifga ega fikrlar shkalasi hosil qilinadi. Mazkur fikrlarni baholash 
    uchun “baholovchi so’zlar” taklif etiladi. Tushunib olishi uchun ishtirokchiga 
    hayotiy misollar keltiriladi va ularga o’z munosabatini bildirishi lozimligi so’raladi. 
    Talaba fikr bildirishda “doimo”, “tez-tez”, “ba’zan”, “hech qachon” kabi 
    javoblardan yoki 5,4,3,2,1-balli baholash tizimidan foydalanadi. 
    Jonli muloqot – o’qituvchi tomonidan tashkil etiladigan, har qanday ta’lim-
    tarbiyaviy tadbir mohiyatini og’zaki so’z bilan tinglovchilarga yetkazadigan, 
    ziddiyatli jarayonlardan olib chiqish qudratiga ega bo’lgan faoliyatdir. O’qituvchi-
    talaba o’rtasida tashkil etiladigan jonli muloqot ijtimoiy-pedagogik jarayon bo’lib, 
    quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi: 
    - talabalarning psixik holatini mukammal bilishi
    - ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni birgalikda tashkil etishi; 
    - talabani erkin fikr-mulohaza yuritishga o’rgatishi; 
    - salbiy holatlarni jamoa bilan birgalikda bartaraf etishi; 
    - talabalarni faollikka, erkin fikrlashga, o’z fikr-mulohazalarini qo’rqmasdan 
    bayon qilib unga tayanishga o’rgatish; 
    - talabaning yashirin qobiliyatlarini uyg’otish va boshqalar. 
    Xullas, talabalarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning amaliy-texnologik 
    tizimi aniq shart-sharoitlar va pedagogik-psixologik fanlarni o’qitish 
    imkoniyatlaridan foydalanish asosida amalga oshirilib, kutilgan natijaning 
    kafolatlanishiga xizmat qiladi. 
    2.4-§. “Sanogen fikrlashni o’rganamiz” ilmiy-ijodiy to’garak mashg’ulotlarini 
    tashkil etish dasturi va uning maqsad-vazifalari 
    Oliy ta’lim muassasalarida to’garaklarni tashkil etishdan ko’zlangan asosiy 
    maqsad - talaba-yoshlarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish, bilim olishga va 


    106 
    yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllantirishga to’liq safarbar etish hamda ularni 
    har tomonlama hayotga tayyorlash, mamlakatimizda demokratik va iqtisodiy 
    taraqqiyotimizning taqdirini hal eta oladigan yuksak ma’naviyatli, global 
    fikrlaydigan, global mutasaddilik va global kasbiy mahorati shakllangan oliy 
    ma’lumotli, yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun ijodkor iste’dodli yoshlarning 
    ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni 
    rivojlantirish va talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning 
    amaliy-ijodiy qiziqishlarini qo’llab-quvvatlashdan iborat. 
    To’garaklar talaba-yoshlarning optimal yechimlarni izlab topish ko’nikmalarini 
    va o’quv faoliyatiga nisbatan motivatsiyani rivojlantirishga qaratilgan qiziqishlari bir 
    xil bo’lgan bir guruh talabalarning ma’lum fan yoki kasb bo’yicha tajribali professor-
    o’qituvchilar va kasb-ta’lim ustalari tomonidan ularning bilim va mahoratini oshirish 
    uchun xizmat qiladi. 
    To’garak mashg’ulotlarining asosiy vazifasi va xususiyatlarini hisobga olgan 
    holda bo’lajak o’qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirish samaradorligigiga 
    erishishni ta’minlash uchun oliy ta’lim muassasalarida “Sanogen fikrlashni 
    o’rganamiz” nomli ilmiy-ijodiy to’garak mashg’ulotlarining tashkil etilishi maqsadga 
    muvofiq hisoblanadi. 
    To’garakning asosiy maqsadi quyidagicha belgilanadi: talabalarda sanogen 
    tafakkurga oid ilmiy-nazariy bilimlarni, ularning sanogen fikrlash ko’nikmalarini 
    rivojlantirish, shuningdek, ularda o’z fikr-qarashlarini erkin va mustaqil bayon eta 
    olish, ilmiy-ijodiy mushohada qilish ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdan 
    iborat. Shunigdek, pedagogik faoliyatda o’quvchilar bilan muvaffaqiyatli ishlashga 
    doir zarur malakalarni, vaziyatni to’g’ri baholash asosida optimal qarorlarni ishlab 
    chiqish hamda o’z-o’zini rivojlantirishga nisbatan ongli munosabatni hosil qilish. 

    Download 2,92 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   66




    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi

    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish