• 2.4.1-jadval “Sanogen fikrlashni o’rganamiz” ilmiy-ijodiy to’garak mashg’uloti mavzulari № Mashg’ulot mavzusi Kutilayotgan natijalar
  • “Sanogen fikrlashni o’rganamiz” ilmiy-ijodiy to’garagining asosiy




    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/66
    Sana13.01.2024
    Hajmi2,92 Mb.
    #136647
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   66
    Bog'liq
    MONOGRAFIYA M.K.Ismailov xorijda nashr etilgan

    “Sanogen fikrlashni o’rganamiz” ilmiy-ijodiy to’garagining asosiy 
    vazifalari etib quyidagilar belgilanadi: 
    talabalar ongida sanogen tafakkurning mazmun-mohiyati haqida ilmiy-nazariy 
    bilimlarni hosil qilish; 


    107 
    - sanogen tafakkurni rivojlantirish tamoyillari, ta’sir etuvchi pedagogik-
    psixologik omillar va uning tarkibiy komponentlari mazmunini tushuntirish; 
    - talabalarni kelajakda o’zlari tanlagan soha va yo’nalishlari bo’yicha ilmiy-
    pedagogik faoliyat olib borishlari uchun boshlang’ich ma’lumotlar bilan tanishtirish; 
    - ijtimoiy-pedagogik trening mashg’ulotlari asosida bo’lajak o’qituvchilarning 
    sanogen fikrlash qobiliyatini rivojlantirish; 
    - talaba-yoshlarda barcha ko’rinishdagi salbiy holat va jarayonlarga nisbatan 
    kurashuvchanlik ruhini shakllantirish va rivojlantirish; 
    - bo’lajak o’qituvchilarda sanogen fikrlashni rivojlantirish orqali ularning 
    ta’lim va tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etishida ilmiy, texnik va texnologik 
    yutuqlarni qo’llay olishga tayyorlash. 
    Zero, tizimlilik, amaliy-faoliyatli, refleksiv, emotsional tavsifga ega bo’lgan 
    to’garak mashg’ulotlarini mazmunli tashkil etishda didaktik o’yinli o’qitish 
    metodlari, o’z-o’zini tahlil qilish va refleksiv texnikalardan foydalanish sanogen 
    tafakkurni rivojlantirishda yuqori natijalarga erishishni ta’minlaydi. 
    Bo’lajak o’qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirish maqsadida 
    quyidagi mavzularda to’garak mashg’ulotlari olib borilishi mumkin (2.4.1-jadval). 
    2.4.1-jadval 
    “Sanogen fikrlashni o’rganamiz” ilmiy-ijodiy to’garak mashg’uloti mavzulari 
     
    Mashg’ulot mavzusi 
    Kutilayotgan natijalar 
    1. 
    Sanogen va patogen tafakkur haqida tushuncha 
    berish. Sanogen tafakkurning psixologik- 
    pedagogik xususiyatlari 
    Talabalar sanogen va patogen tafakkur, 
    uning psixologik-pedagogik xususiyatlari 
    haqida ma’lumotga ega bo’ladi.
    2. 
    Sanogen tafakkur muammosining pedagogik-
    psixologik tadqiqotlarda o’rganilishi 
    Tadqiqot natijalari bilan tanishadi. 
    3. 
    Sanogen tafakkurni rivojlantirishning tarkibiy 
    komponentlarini aniqlash 
    Talabalar sanogen tafakkurning tarkibiy 
    qismlari haqida bilib olishadi. 
    4. Sanogen tafakkurni rivojlantirishning asosiy 
    tamoyillari va mezonlari haqida ma’lumot 
    berish 
    Talabalar sanogen tafakkurni 
    rivojlantirishninig tamoyillari va 
    mezonlari haqida bilimga ega bo’lishadi. 
    5. 
    To’garak ishtirokchilarining tadqiqot mavzusi 
    yuzasidan ma’lumotlarini tinglash. 
    O’zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy 
    ko’nikmalar mustahkamlanadi. 
    6. Sanogen tafakkurni rivojlantirishga ta’sir 
    etuvchi omillarni muhokama etish 
    Talabalar bahs-munozaralarni olib borish 
    ko’nikmasini o’zlashtiradi. 
    7. 
    Refleksiv qobiliyat mazmunini o’rganish
    Talabalar refleksiv qobiliyat haqidagi 


    108 
    bilimlarni o’zlashtiradi 
    8. To’garak a’zolari ishtirokida “Refleksiv 
    yondashuv asosida sanogen tafakkurni 
    rivojlantirish modeli”ni ishlab chiqish 
    Talabalarning ijodiy va faoliyatni 
    modellashtirishga oid bilimlari 
    riojlantiriladi. 
    9. “Fikrlashning refleksivligi shaxsiy va kasbiy 
    rivojlanishning zaruriy sharti sifati” mavzusida 
    bahs munozara o’tkazish. 
    Fikrlashninig refleksivligi va uning 
    shaxsiy, kasbiy jihatdan rivojlanishdagi 
    o’rnini bilib oladi 
    10. Refleksiv texnologiyalar haqida ma’lumot 
    berish 
    Refleksiv texnologiyalar haqida 
    ma’lumotga ega bo’ladi. 
    11. 
    Sanogen refleksiya mazmuni haqida 
    suhbatlashish.
    Talabalarda sanogen refleksiyaga oid 
    ko’nikmalar hosil bo’ladi. 
    12. 
    “Hayotiy muvaffaqiyatlar va yutuqlar” 
    mavzusida davra suhbatini o’tkazish 
    O’z-o’zini tahlil qilish va baholash 
    ko’nikmalari rivojlantiriladi. 
    13. “Mening tasavvurimda hayot” mavzusida 
    munozara tashkil etish. 
    Talabalarda fikrlashdagi refleksivlik 
    qobiliyati rivojlantiriladi. 
    14. “Mening kelajakdagi faoliyatim va men” 
    mavzusida erkin matn yozish. 
    Talabalar kasbiy faoliyatni 
    loyihalashtirish, modellashtirish va 
    baholashga oid amaliy ko’nikmalarni 
    o’zlashtiradi 
    15. “Muammolarni qanday hal etish mumkin?” va 
    “Siz o’z sog’ligingizni qanday asraysiz?” 
    mavzularida davra suhbatlarini o’tkazish.
    Talabalar tomonidan amaliy faoliyat va 
    hayotiy tajribalar haqidagi ma’lumotlar 
    o’zlashtiriladi. 
    To’garak mashg’ulotlarini tashkil etishda mavzular ketma-ketligiga, aniq vaqt 
    rejimida uzviy aloqadorlikka rioya etish va talabalarning faol ishtirokini ta’minlash 
    asosiy qoida sifatida belgilab olinishi lozim. Har bir mashg’ulot uch bosqichda olib 
    boriladi. 
    1-bosqich: mavzuga oid nazariy ma’lumotlarni yetkazish. 
    2-bosqich: mavzu yuzasidan bahs-munozara o’tkazish, talabalar tomonidan 
    berilgan savollarga javob berish hamda real vaziyatlarni tahlil qilish orqali o’z-o’zini 
    kuzatish ishlarini olib borish. 
    3-bosqich: refleksiv texnika mashqlarini bajarish. 
    “Sanogen fikrlashni o’rganamiz” ilmiy-ijodiy to’garak mashg’ulotlari orqali 
    bo’lajak o’qituvchilarda sanogen fikrlash ko’nikmalarining yuqori darajada 
    rivojlantirlishi ularning jismoniy, aqliy, ruhiy hamda ma’naviy jihatdan sog’lom 
    bo’lishini kafolatlaydi. Shuningdek, sanogen tafakkurning rivojlantirilishi bo’lajak 
    o’qituvchilarning shaxsiy va kasbiy jihatdan muvaffaqiyatga erishishini, ta’lim-
    tarbiya jarayonini tashkil etishning samarali mexanizmlarini o’zlashtirishini 


    109 
    ta’minlaydi. To’garaklarning ta’siri ostida talabalarda mustaqil fikr yuritish, aqlning 
    tanqidiyligi, nutq madaniyati va texnikasi, notiqlik san’ati o’sadi. 

    Download 2,92 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   66




    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Sanogen fikrlashni o’rganamiz” ilmiy-ijodiy to’garagining asosiy

    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish