104
hisoblanadi. Shaxs ongiga ta’sir ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan suggestiv faoliyat
usuli o’qituvchidan bahs, munozara asosida dalillar keltirishni, isbot va mantiqqa
tayanishni talab qiladi. Ayniqsa, o’qituvchi bilan talabalar orasida o’rganilayotgan
mavzuga taalluqli muqobillik mavjud bo’lganda, tanqid va fikrlar kurashiga
tayanilganda samarali bo’ladi.
Ta’limning faol metodlari orasida trening metodi yetakchi o’rin egallaydi.
Mazkur yo’nalishda tadqiqot olib borgan olimlar (I.V.Vachkov, L.P.Grimak,
G.A.Tsukerman, B.M.Masterov va boshqalar) treningni yetakchi tamoyillari sifatida
quyidagilarni ajratib ko’rsatishadi: sub’ekt-sub’ekt, muammolilik, faollik,
jamoaviylik. Yuqorida tavsiya etilgan trening mashqlari bo’lajak o’qituvchilarda
sanogen tafakkurni rivojlantirish bilan bog’liq qator usullarni o’z
ichiga oluvchi
metod sifatida namoyon bo’ladi. Trening turlari orasida ijtimoiy-pedagogik va
psixologik treninglar muhim o’rin tutadi. Ijtimoiy-pedagogik va psixologik
treninglarning bosh maqsadi – ishtirokchilarda muloqot kompetentligini oshirishdir.
Texnologiyaning
natijaviy-refleksiv bosqichi baholovchi tavsifga ega bo’lib,
rivojlantirilayotgan xususiyatni ichki qabul qilish va dunyoqarash tizimiga
aylanishini ta’minlaydi. Mazkur bosqichning muvaffaqiyati quyidagi pedagogik
maqsadlarni amalga oshirishni talab etadi:
1)
talabalarda sog’lom tafakkur yuritishga nisbatan barqaror munosabatlarni
qaror
toptirish;
2)
o’zi amalga oshirayotgan hatti-xarakatlari, tafakkur yuritish tarzi
ko’nikmalarini talabalarning o’zlari tomonidan doimiy baholab borilishi;
3)
faoliyat natijalarini tahlil qilish va kelgusidagi faoliyatni
maqsadli tashkil
etish;
4)
o’zlashtirilgan amaliy faoliyat ko’nikmalarini tahlil qilgan holda
individual rivojlantirish ishlarini olib borish.
Mazkur bosqichda ijtimoiy voqelik, vaziyatlarni tahlil qilish va munosabat
bildirish, rolli vaziyatlar, jonli muloqot, o’z-o’zini nazorat qilish, “Fikr bildirish”,
“Mulohaza, sabab, misol va umumlashtirish”, refleksiv texnika mashqlari kabi
metod va usullarni qo’llash maqsadga muvofiqdir.