• 2.3.3-jadval Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish texnologiyasining shakl, metod va vositalari Bosqichlari
  • Metod va usullari
  • Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi




    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/66
    Sana13.01.2024
    Hajmi2,92 Mb.
    #136647
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   66
    Bog'liq
    MONOGRAFIYA M.K.Ismailov xorijda nashr etilgan

    Anketa-so’rovnomalar 
    bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurning 
    rivojlanganligi, sanogen fikrlashga nisbatan ehtiyojni anglashga oid bilim, ko’nikma 
    va malakalarga egaliklarini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Ma’lumki, anketalar 
    “tizimli savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi, 


    98 
    ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to’plangan dalillar 
    boyitiladi”.
    2.3.3-jadval 
    Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish texnologiyasining 
    shakl, metod va vositalari 
    Bosqichlari 
    Motivatsion-
    diagnostik 
    Axborotli-kognitiv 
    Operatsion-faoliyatli 
    Natijaviy-refleksiv 
    Shakllari 
    Individual, guruhli, 
    ommaviy, 
    munozaralar,
    treninglar, 
    anjumanlar, 
    suhbatlar. 
    Guruhli, ommaviy, 
    o’quv mashg’ulotlari, 
    tarbiyaviy soatlar, 
    axborot soatlari, 
    auditoriyadan 
    tashqari 
    mashg’ulotlar, 
    to’garaklar, 
    juftliklarda ishlash. 
    Individual, guruhli, 
    ommaviy,
    ekskursiyalar,
    musobaqalar, 
    konkurslar, tanlovlar, 
    ijodiy ish topshiriqlari.
    Individual, o’z-o’zini 
    baholash, o’z-o’zini 
    nazorat qilish, o’z-
    o’zini rivojlantirish, 
    o’z-o’zini 
    takomilashtirish, 
    refleksiya 
    Metod va 
    usullari 
    Diagnostik metodlar 
    (so’rovnoma-anketa, 
    savol-javob, 
    muammoli tavsifdagi 
    suhbat), debat, o’z-
    o’zini tahlil etish, 
    bahs-munozarali 
    o’quv 
    mashg’ulotlarini 
    tashkil etish, o’z-
    o’zini baholash, turli 
    metodikalar. 
    Ma’ruza, 
    tushuntirish, 
    o’rgatish, namuna 
    ko’rsatish, 
    reproduktiv obrazli 
    suhbat, test (asosiy 
    tushunchalar 
    mazmuniga oid, 
    tushunchali), 
    tugallanmagan gaplar 
    metodikasi 
    Mashq, namoyish 
    etish, mushohadali 
    tajriba, video-metod, 
    pedagogik vaziyatlar, 
    real hayotiy vaziyatlar,
    musobaqa, 
    rag’batlantirish, 
    trening mashg’ulotlari, 
    matn ustida ishlash, 
    o’z-o’zini 
    rivojlantirish, refleksiv 
    texnologiya, 
    pedagogning suggestiv 
    faoliyati. 
    Ijtimoiy voqelik, 
    vaziyatlarni tahlil qilish 
    va munosabat bildirish, 
    rolli vaziyatlar, o’zaro 
    hamkorlikdagi faoliyat, 
    korrektsion-
    rivojlantiruvchi ish 
    metodlari.
    “Fikr bildirish”, 
    “Ishontirish maktabi”, 
    “Mulohaza, sabab, 
    misol va 
    umumlashtirish” 
    metodikalari. 
    Vositalar 
    Badiiy va ilmiy 
    adabiyot, o’qituvchi 
    nutqi, videofilmlar, 
    tarqatma materiallar. 
    Badiiy-ma’rifiy 
    asarlar, slayd-
    prezentatsiya, texnik 
    jihozlar, o’quv 
    darsliklari, elektron 
    qo’llanmalar 
    Videoroliklar, 
    teleko’rsatuvlar, 
    tarqatma materiallar 
    Radioeshittirishlar, 
    teleko’rsatuvlar, jonli 
    muloqot, jurnallarda 
    chop etilgan maqolalar, 
    insoniy munosabatlar 
    tizimi. 
    Tadqiq etilayotgan muammoning yechimini topishga imkon beruvchi anketa 
    savolnomalarini quyidagi ikki xil darajada tuzib chiqish va amaliyotda foydalanish 
    mumkin. 
    1-daraja. Anketa savollarining mazmuni va yo’nalishini belgilash. Tadqiqot 
    jarayonida muhim o’rin tutgan mazkur bosqichda anketaning mazmuni bo’lajak 
    o’qituvchilarning sanogen tafakkur, bu borada nazariy va amaliy bilim, ko’nikma va 
    malakaga egaliklarini aniqlashga imkon beruvchi savollardan tarkib topishi 
    maqsadga muvofiq. 


    99 
    2-daraja. Savollar turini tanlash va ularning murakkabligi. Bizga ma’lumki, 
    anketada savollarning ikki turi: ochiq va yopiq savollar farqlanadi. Ochiq 
    savollardan iborat anketalarda respondentlar o’z xohishlariga ko’ra javob 
    qaytarishadi. Ya’ni bunda, javoblarning shakli va mazmunini sinaluvchilar 
    tomonidan erkin tanlash imkoniyatini yaratadi. Yopiq savollardan tuzilgan anketalar 
    bo’yicha sinaluvchilar taklif etilayotgan ikki variantdan (“ha” yoki “yo’q”) birini 
    tanlaydilar. 
    Anketalarda berilayotgan savollar o’z mohiyatiga ko’ra asosiy, yo’naltirish, 
    nazorat qilish yoki aniqlashtirish kabi xususiyatlarni namoyon qiladi. Tadqiqot 
    maqsadiga erishishda asosiy va nazorat qilish xususiyatiga ega anketalardan 
    foydalanish maqsadga muvofiq deb topilib, ular respondentlar e’tiborlariga ikki xil 
    shaklda taqdim etiladi. Ya’ni: 
    1) talabalarning sanogen tafakkur tushunchasi va uning mohiyatini bilishga oid 
    nazariy bilimlari darajasini aniqlashga xizmat qiluvchi anketa; 
    2) bo’lajak o’qituvchilarda sanogen fikrlashning rivojlanganlik 
    ko’rsatkichlarini ifodalovchi ko’nikma va malakalarga egaliklari darajasini 
    baholashga imkon beruvchi anketa. 
    Pedagogika, psixologiya va boshqa fan sohalarida qo’llanilayotgan anketa-
    so’rovnomalar bir qator afzalliklarga ega bo’lishi bilan birgalikda, ayrim 
    kamchiliklardan holi emas. Ko’p holatda bu kamchiliklar quyidagilarda ko’rinadi: 
    a) sinaluvchilarning savollarga ochiq, to’g’ri yoki xolisona javob bermasliklari; 
    b) ular tomonidan savollar mazmunining noto’g’ri talqin etilishi; 
    s) ko’p hollarda respondentlarning berilgan savollarga jiddiy 
    yondashmasliklari. 
    Mazkur salbiy holatlarni bartaraf etish tajriba-sinov ishlari jarayonida yana 
    qo’shimcha metodlardan foydalanish lozimligini taqozo etadi. Shu sababli bo’lajak 
    o’qituvchilarda sanogen (sog’lom) tafakkurning rivojlanganlik darajasini aniqlashga 
    qaratilgan tadqiqot ishida savol-javob metodidan ham foydalanish tavsiya etiladi. 
    Mazkur metodni sinaluvchilar o’rtasida qo’llash test va anketa metodlari orqali 
    to’plangan ma’lumotlarni boyitish bilan birga ularning qay darajada ob’ektiv va 


    100 
    to’g’ri ekanligini tasdiqlashga xizmat qiladi. Shuningdek, savol-javob vaqtida 
    sinaluvchilar bilan bevosita muloqot o’rnatish, ularning holati, qiyofasi hamda yuz 
    ifodalarini kuzatish, xatti-harakatlarini tahlil qilish imkoniyati paydo bo’ladi. 
    Natijada, real vaziyatning o’zida berilayotgan javobning qay darajada ob’ektiv, 
    to’g’riligi bevosita kuzatiladi va tahlil qilinadi. 

    Download 2,92 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   66




    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi

    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish