Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi




Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/66
Sana13.01.2024
Hajmi2,92 Mb.
#136647
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   66
Bog'liq
MONOGRAFIYA M.K.Ismailov xorijda nashr etilgan

4. Natijaviy-refleksiv bosqich – hayotiy faoliyati davomida sog’lom tafakkur 
yuritish tarzini qadriyatga aylantirish, ularda mustahkam e’tiqodni shakllantirish 
maqsadida tashkil etiluvchi ta’limiy va tarbiyaviy jarayonning yuqori bosqichi. 
Mazkur bosqich samaradorligi quyidagi jihatlar bilan belgilanadi: 
1) har qanday me’yor, talab, axloqiy ideal talabalar tomonidan yakka tarzda 
qabul qilinishini hisobga olish; 
2) qadriyatlarning talabalar tomonidan anglangan tarzda qabul qilinishi va 
o’zlashtirilishiga erishish; 
3) biror qadriyatning ehtiyoj ob’ektiga aylanishi uchun har bir talaba o’z 
faoliyati maqsadlari hamda uni amalga oshirish shakl, metod va vositalarini aniq 
belgilay olishi zarurligiga alohida e’tibor qaratish
4) qadriyatlar interiorizatsiyasi kognitiv va xissiy, ratsional va amaliy 
(faoliyatga tayyorligi), ijtimoiy va shaxsdagi individuallikning dialektik birligiga 
asoslangan holda amalga oshirilishi zarur. 
Natijaviy-refleksiv bosqichda asosiy e’tibor, sanogen tafakkur yuritish tarzini 
bo’lajak o’qituvchilarning qadriyatlari tizimiga kiritish, bunda ob’ektiv va sub’ektiv 
omillarning ta’sir imkoniyatlarini oshirish jihatlariga alohida e’tibor qaratiladi. 
Belgilangan pedagogik maqsad va vazifalardan kelib chiqib, bo’lajak 
o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish texnologiyasining didaktik 
ta’minotini ishlab chiqish lozim. Bu esa kutilgan natijaga erishishni ta’minlaydi. 
Didaktik ta’minot – pedagogika, psixologiya, valeologiya, informatika va 
boshqa fanlar talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan xilma-xil o’quv 
axborotlarining didaktik maqsad va vazifalariga ko’ra o’zaro aloqador majmui. 
Didaktik ta’minot quyidagi ko’rsatkichlar bilan baholanadi:
1) nazariy ma’lumotlar;


97 
2) nazorat topshiriqlari, test savollari bankining mavjudligi; 
3) o’quv fani bo’yicha didaktik materiallarning mavjudligi: audio-video 
materiallar, kompyuter dasturlari, jadval, slaydlar, tarqatma materiallar. 
3) mustaqil ta’lim topshiriqlari. 
Didaktik ta’minot o’quv kursini o’zlashtirish uchun axborotlarning to’liqligi va 
yetarli hajmda bo’lishi, pedagog va talabalarning birgalikdagi intellektual-
emotsional o’zaro harakati mazmuni va usullarining variativligi, interfaollik, 
dialoglik, muammolilik, amaliy yo’naltirilganlik tamoyillari asosida ishlab chiqilgan 
axborotlarning originalligi va tartibga solinganligi bilan xarakterlanadi. U ta’lim 
oluvchining axborotlarni o’zlashtirish jarayonini tashkil etish, nazorat qilish va 
korrektsiyalash maqsadida foydalaniladi va ta’lim oluvchi shaxsini shakllantirish va 
o’z-o’zini rivojlantirish vositasi bo’lib xizmat qiladi. 
Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning asosiy faoliyati o’quv faoliyati 
hisoblanadi. Shu sababli, o’qituvchi va talaba o’rtasidagi hamkorlik shakllarini va 
ko’zlangan natijaga erishish uchun yosh va individual-psixologik xususiyatlarini 
hisobga olgan holda sanogen tafakkurni rivojlantirish bo’yicha maxsus kurs va 
amaliy-trening mashg’ulotlar dasturini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. 
Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning refleksiv 
texnologiyasi bosqichlariga asoslangan holda, har bir bosqichda qo’llaniladigan 
shakl, metod va vositalarni quyidagicha loyihalab olish zarur (2.3.3-jadval qarang). 
Motivatsion-diagnostik bosqichni amalga oshirishda talabalar guruhida tadqiqot 
maqsadidan kelib chiqib suhbatlar, munozaralar o’tkazish lozim. Texnologiyaning 
mazkur bosqichida belgilangan maqsadga erishish uchun anketa-so’rovnoma, debat, 
muammoli tavsifdagi suhbat, bahs-munozara, fikrlar hujumi, o’z-o’zini tahlil qilish 
va baholash kabi metod va usullardan foydalanish maqsadga muvofiq. 

Download 2,92 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   66




Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi

Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish