2. Axborotli-kognitiv bosqich – sanogen tafakkurga doir tasavvur, tushuncha
va bilimlar majmuini ishlab chiqish.
Mazkur bosqichda quyidagi dasturlar bo’yicha talabalarda sanogen tafakkurga
oid shakllantirilishi lozim bo’lgan bilimlar majmui ishlab chiqiladi:
95
1) nazariy-amaliy mashg’ulotlar loyihasi. Mazkur dastur bakalavriat ta’lim
yo’nalishlarida pedagogik va psixologik fanlarni o’qitish doirasida amalga
oshirilishi belgilanadi.
2) “Sanogen fikrlashni o’rganamiz” nomli to’garak mashg’uloti;
3) trening mashg’uloti dasturi (20 soatga mo’ljallangan 10 ta mavzuda);
3) musataqil ta’lim mavzulari blanki;
4) ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasini ishlab chiqish.
3. Operatsion-faoliyatli bosqich maqsadi – bo’lajak o’qituvchilarda sanogen
tafakkurni rivojlantirishga doir aniq vaziyatlar, faoliyat shakllarini yaratish orqali
ularni amaliy faoliyatga jalb etish. Mazkur bosqichda quyidagi muhim vazifalar
amalga oshiriladi:
1) talabalarni yangicha fikrlashga yo’naltirib, ularda sog’lom tafakkurning
rivojlanishiga olib keladigan ta’limiy va tarbiyaviy mazmun bilan boyitilgan real
hayotiy vaziyatlarga kiritish;
2) talabalarning o’z-o’zini rivojlantirish va takomillashtirish vazifalarini ongli
ravishda o’z oldiga qo’yishlariga erishish;
3) pedagogik ta’sir odimlovchi tavsifga ega bo’lishi lozim;
4) o’qituvchi va talaba o’rtasidagi o’quv-bilish faoliyatini tizimli tashkil etish
orqali innovatsion ta’lim muhitini yaratish.
Operatsion-faoliyatli bosqich real pedagogik vaziyatlarni yaratish jarayonida
tashkil qilinadi hamda talabalarning ijtimoiy va ijtimoiy-qadriyatli xususiyat baxsh
etilgan auditoriya va auditoriyadan tashqari faoliyat turlarini – “Nima uchun buni
qilyapsiz?”, “Sizda qanday istak bor?”, “Sizningcha bunday holatda qanday yo’l
tutish kerak?”, “Uning ijtimoiy natijasi qanday?”, “U boshqalarga nima beradi?”,
“Muammoning yechimlarini ishlab chiqing. Bildirgan fikrlaringizni muhokama
qiling?” kabi jihatlarga e’tiborni qaratishni ko’zda tutadi.
Faoliyatli refleksiya, ya’ni faoliyat natijalarini shaxsning o’zi tomonidan
baholanishi (“Buni to’g’ri qildimmi?”, “Nimalarni his qildim?”, “Qanday tarzda
amalga oshirdim?”, “Natijadan qoniqish hosil qildimmi?”) bilan uyg’unlikda amalga
oshiriladi.
96
Mazkur bosqichning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, bunda individual
yondashuv ustivorligiga e’tibor qaratgan holda quyidagi natijadorlikka erishish
mumkin: qayta aloqani amalga oshirish, o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini baholash, o’z-
o’zini loyihalashni pedagogik qo’llab-quvvatlash orqali individual ongni taraqqiy
ettirish.