92
Takrorlanuvchanlik texnologik jarayonning muhim mezoni bo’lib, bunda
muayyan refleksiv texnologiya pedagogik faoliyatning boshqa sub’ektlari tomonidan
turli vaziyatlarda qayta qo’llanilishi va kutilgan natijaga erishishi, faoliyat
tuzilishining
shaffofligi, uning barcha tarkibiy qismlarining refleksiyaning
funktsional tuzilishi bilan tizimli aloqasi ta’minlanadi. Refleksiyaning funktsional
xususiyatlari uning keyingi umumiy faoliyat tuzilishida namoyon bo’ladi
.
Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning
refleksiv
texnologiyasini ishlab chiqishda shu kungacha amaliyotga joriy etilgan tarbiya va
ta’lim texnologiyalariga asoslanildi. Texnologiyani bayon etish uchun dastlab
qo’yilgan maqsad, maqsaddan kelib chiqib kutiladigan natija hamda faoliyat
vazifalari aniqlashtirildi (2.3.1-jadvalga qarang).