• Kutiladigan natija
  • Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi




    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/66
    Sana13.01.2024
    Hajmi2,92 Mb.
    #136647
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66
    Bog'liq
    MONOGRAFIYA M.K.Ismailov xorijda nashr etilgan

    2.3.1-jadval 
    Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning texnologik 
    modeli 
    Maqsad 
    Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning 
    refleksiv texnologiyasini ishlab chiqish va o’z-o’zini 
    takomillashtirishga nisbatan ongli munosabatni shakllantirish. 
     
    Pedagogik vazifalar 
    1)
    sanogen tafakkurni rivojlantirish faoliyatiga nisbatan 
    bo’lajak o’qituvchilarda motivatsion tizimni shakllantirish; 
    2)
    ularda shaxsiy va ijtimoiy hayotda sodir bo’layotgan 
    voqea-hodisalarni analitik tahlil qilish, o’z munosabatini qat’iy 
    bildira olish va tanqidiy bildirilgan fikrlarni qabul qila olish 
    qobiliyatini rivojlantirish; 
    3)
    o’z-o’zini nazorat qilish, o’z-o’zini rivojlantirish va o’z-
    o’ziga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish; 
    4) biror-bir jarayondagi xato va kamchiliklarni to’g’ri anglay 
    bilish, hayotiy muammolarning eng maqbul yechimlarini tanlay 
    bilishga oid refleksiv bilim, ko’nikmalarini rivojlantirish; 
    5) shaxslararo munosabatlarda sog’lom muhitni yarata olishga 
    oid ko’nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish. 
    Kutiladigan natija 
    Talabalarda sanogen va patogen tafakkur, sanogen fikrlash 
    jarayoni, uning asosiy qonuniyat va tamoyillariga oid nazariy 
    hamda inson ongini rivojlantirishga doir amaliy bilim, ko’nikma va 
    malakalarni tarkib toptirish orqali bo’lajak o’qituvchilarda sog’lom 
    tafakkur yuritish tarzi yorqin namoyon bo’ladi.
    Talaba-yoshlarda sog’lom fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish bilan 
    bog’liqlikda o’qituvchi faoliyat modelini ishlab chiqishda, asosiy maqsadni 
    aniqlashda, pedagogik vazifalarni belgilashda mavjud shart-sharoitni, talabalarning 


    93 
    bilim darajasini, ularning qiziqishlarini hisobga olishi, shuningdek, qo’yilgan 
    maqsadga erishishning eng usullarini tanlay bilishi va o’qitish jarayonida qo’llay 
    olish ko’nikmasiga ega bo’lishi lozim. So’ngra, mashg’ulot mavzusi, mashg’ulotda 
    ko’riladigan asosiy masalalar, o’qituvchi va talaba faoliyati mazmuni, mashg’ulotni 
    tashkil etish shakllari, bosqichlari, mashg’ulotda qo’llaniladigan metod, usullar va 
    texnik vositalar faoliyat modelida o’z aksini topadi. 
    Yuqorida bildirilgan mulohazalardan kelib chiqib, bo’lajak o’qituvchilarda 
    sanogen tafakkurni rivojlantirishning refleksiv texnologiyasi ishlab chiqildi (2.3.2-
    jadvalga qarang). 
    Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning refleksiv 
    texnologiyasi quyidagi to’rt bosqichga asoslanadi: motivatsion-diagnostik, axborotli-
    kognitiv, operatsion-faoliyatli va natijaviy-refleksiv. Quyida har bir bosqichga tasnif 
    berib o’tamiz. 

    Download 2,92 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66




    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi

    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish