Sanogen tafakkurni
rivojlantirish
tamoyillari
kasbiy va shaxsiy rivojlantirish; dinamik xarakterdaligi;
integrativlik; refleksivlik va emotsional intellektning yor
qinligi,
iroda erkinligi, ixtiyoriylik, o’z-o’zini rivojlantirish.
Refleksiv ko’nikmalarni shakllantirish
82
Buning uchun mashg’ulotlarda suhbat, debat-munozara, o’z-o’zini tahlil qilish
kabi diagnostik metodlar orqali quyidagi jihatlarni aniqlashga alohida e’tibor
qaratiladi:
1) sanogen fikrlashni o’rganish siz uchun qiziqmi?
2) sanogen fikrlashni shaxsning ham jismoniy, ham ruhiy va aqliy jihatdan
salomatligini ta’minlovchi omil sifatida baholash mumkinmi?
3) sanogen fikrlashning mazmuni, uning tarkibiy qismlari va shaxsiy
rivojlanishni ta’minlovchi imkoniyatlari haqida ma’lumotga egamisiz?
4) oliy ta’lim muassasalarida bo’lajak mutaxassislarni shaxsiy va kasbiy jihatdan
rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan amaliy ishlar hozirgi kun jamiyat
talablariga mosmi?
5) Sizningcha, bo’lajak o’qituvchilarda quyidagi sifatlar qay darajada
rivojlangan: o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini boshqara olish, o’z qobiliyatlarini
rivojlantirishga bo’lgan ehtiyoj va boshqalar?.
Auditoriyadan tashqari mashg’ulotlarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning
ikkinchi mazmunli bosqichida sog’lom tafakkur mazmuniga doir ma’lumotlar
majmui va ularning bo’lajak o’qituvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga alohida e’tibor
qaratilishi talab etiladi. Bunda munozara, debat kabi turli xil usullardan foydalanish
lozim.
“Debat” tushunchasi fransuzcha “debattere” so’zidan olingan bo’lib, “debats” –
bahslashmoq degan ma’noni anglatadi. Debat – qandaydir majlis yoki yig’inlarda
o’zaro fikr almashish jarayonini ifodalaydi. Zamonaviy sharoitda debatlardan
muayyan mavzu, masala yoki muammo yuzasidan qarama-qarshi fikrlar va
qarashlarni ifodalash orqali bahs tashkil etish maqsadida foydalanilmoqda.
Auditoriyadan tashqari ish shakllarida qo’llanilayotgan debatlar ta’limiy-tarbiyaviy
maqsadlarni ifodalay olishi lozim.
Debatlarni tayyorlash va o’tkazish quyidagi bosqichlarga asoslanadi:
1. Talabalarning sanogen fikrlashga nisbatan qiziqishlarini aniqlashga xizmat
qiladigan masala yoki mavzular aniqlanadi.
2. Debat uchun tanlangan mavzular oldindan talabalarga yetkaziladi.
83
3. Ishtirokchilar ikki guruhga bo’linadi va har bir guruh tanlangan mavzu
yuzasidan bir-biridan farq qiluvchi yechimlarni taqdim qilishadi.
4. Har bir guruh o’z yechimining to’g’riligini dalil, hayotiy misollar keltirish
bilan isbotlaydi.
Debatlarning talabalar uchun qiziqarli bo’lgan mavzu yoki masalalar yuzasidan
o’tkazilishi muhim ahamiyatga ega bo’lib, bu esa tarbiyaviy samaradorlikni
ta’minlashga xizmat qiladi. Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen fikrlashga nisbatan
qiziqish va ehtiyojni qaror toptirish jarayonida quyidagi mavzularda debatlarni tashkil
etish maqsadga muvofiq:
1. Qanday qilib sanogen fikrlashga o’rganish va patogen fikrlashdan qutulish
mumkin?
2. Fikrlash tarzi ham muvaffaqiyatga, ham muvaffaqiyatsizlikka erishishning
asosiy sharti sifatida.
3. Sanogen tafakkur - fikrlarni, his-tuyg’ularni boshqarish va nazorat qilish usuli
sifatida.
4. Ko’p vaziyatlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrayman, chunki ….. .
5. Jismoniy, ruhiy va ma’naviy salomatlikka erishish uchun nima qilish lozim?
6. Men doim muvaffaqiyatga erishishga harakat qilaman, chunki …. .
7. Kasbiy muvaffaqiyatga erishish shartlari.
Auditoriyadan tashqari mashg’ulotlarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning
natijaviy-refleksiv bosqichida sog’lom fikr yuritish va refleksiv ko’nikmalarning
rivojlanganlik darajalari tahliliga e’tibor qaratiladi. Ushbu bosqich samaradorligini
ta’minlashda o’z-o’zini tahlil qilish hamda refleksiv texnika mashqlaridan
foydalanish alohida ahamiyatga ega.
Tahlil etish gnoseologiya, psixologiyada bilish va amaliy faoliyatga doir barcha
harakatlarni o’z ichiga oladi, pedagogikada esa tadqiq qilinayotgan narsa-hodisalarni
alohida tarkibiy qismlarga ajratish qonuniyat va usullarini o’zida aks ettiruvchi bilish
jarayoni sifatida e’tirof etiladi. O’z-o’zini tahlil etish falsafa va psixologiyada o’z-
o’zini anglash, o’z-o’zini bilish, o’z-o’zini boshqarish, o’z-o’zini baholashning
tarkibiy qismi sifatida aks ettirilsa ham mustaqil kategoriya sifatida ishlatilmaydi.
84
Biroq, o’z-o’zini anglashning shakllanishi va rivojlanishi o’z-o’zini tahlil etish
asosida amalga oshishini yodda tutish lozim. Chunki aynan bo’lajak o’qituvchilarda
o’z-o’zini tahlil etish ko’nikmalarini rivojlantirilishining ahamiyati ularning o’zi
haqidagi tasavvurlari, qiziqishlari, motiv, ehtiyojlari tizimi sifatida tushuniladigan
shaxsiy va kasbiy “Men kontsepsiyasi”ning rivojlanishiga undovchi ichki omillarning
eng asosiylaridan biri sifatida baholanadi.
O’z-o’zini tahlil etish usullari quyidagilarga e’tibor qaratishni talab etadi:
1) ijtimoiylashuvga yo’naltirilgan o’zaro harakat vaziyatlaridan shaxsiy xulq-
atvor, talaba shaxsi, uning o’ziga xosliklari, qadriyatlari tizimi kabilarni ob’ekt
sifatida ko’rib chiqish;
2) o’z xulq-atvori va shaxsiy fazilatlarini tahlil etish mezonlarini aniqlash;
3) noma’lumdan ma’lumni ajratib olish;
4) qarama-qarshiliklarni aniqlash.
O’z-o’zini tahlil etish o’z-o’zini anglashdan oldin kelib, uning asosida shaxsning
dunyoqarash tizimi, fikrlash tarzi hamda hissiy-emotsional holati umumlashgan
ko’rinishga o’tadi. O’zini anglash natijasida shaxsda o’zini kimligini anglash,
bevosita bajaryotgan xatti-harakatlari va faoliyat turlarini mazmunini tushunish,
boshqalarning ko’z o’ngida qanday inson sifatida gavdalanishini his etish kabilar
shakllanadi. Shaxsning o’z-o’zini anglashi o’z-o’ziga munosabat sifatida
shakllanuvchi hissiy va mantiqiy jihatlarni o’zida aks ettiradi. Ma’lumki, o’z-o’zini
anglash usullari ham mantiqiy, ham emotsional darajada o’z-o’zini tahlil etish
natijasida olingan axborotlarni aniqlashtirish va umumlashtirishni talab etadi.
Xullas, o’z-o’zini tahlil etish va o’z-o’zini anglash shaxsda o’zi va
boshqalarning u haqidagi tasavvuri sifatidagi ijobiy ma’nodagi “Men qiyofasi”ni
shakllanishiga olib keladi.
Auditoriyadan tashqari mashg’ulotlarda bo’lajak o’qituvchilarning sanogen
tafakkurini rivojlantirish talabalarning natijalarga ko’ra o’zlarini, o’z imkoniyatlarini,
xislat-fazilatlarini namoyon etishini va hatto mashg’ulotning boshqa ishtirokchilari
o’rtasidagi o’rnini bilishga asosan muloqot jarayoni hamda real hayotiy vaziyatlar
orqali erishiladi. Shundan kelib chiqib, ta’kidlash lozimki, bo’lajak o’qituvchilarning
85
sanogen tafakkurini rivojlantirishda o’z-o’zini tahlil qilish va o’z-o’zini anglashning
ichki ehtiyoj sifatida namoyon bo’lishiga erishish asosiy shartlardan biri hisoblanadi.
Bizga ma’lumki, auditoriyadan tashqari o’quv mashg’ulotlarini tashkil etishning
bir qancha shakl va turlari ajratib ko’rsatiladi. Auditoriyadan tashqari o’quv
mashg’ulotlarining eng keng tarqalgan shakli bu to’garaklar hisoblanadi. To’garak –
ham ilmiy-nazariy, ham amaliy faoliyat ko’nikmalarini shakllantirish va
rivojlantirishga xizmat qiluvchi, talabalarning ehtiyoji va qiziqishidan kelib chiqib
tashkil etiluvchi o’quv faoliyati shakli sifatida baholanadi.
Oliy ta’lim muassasalarida to’garaklarni tashkillashtirish tartibi va shartlari
quyidagilardan iborat:
1. To’garaklar faoliyati O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi
qonuni hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan
huquqiy-me’yoriy hujjatlar asosida yuritiladi.
2. To’garaklar uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi bo’lib, ta’limning
rivojlantiruvchi vazifasini amalga oshirish bo’yicha davlat va jamiyatning uzviy
hamkorligida ishlab chiqilgan dastur va rejalar asosida o’sib kelayotgan yosh avlodni
ruhiy va ma’naviy jihatdan mustaqil hayotga tayyorlash, jamiyatda munosib o’rin
egallashini kafolatlaydigan, real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga yuqori malakali,
mustaqil fikrlaydigan kadrlar tayyorlash bo’yicha faoliyat yurituvchi hamda ilmiy-
ijodiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni maqsadli hamda tizimli asosda amalga oshiruvchi
amaliy va ilmiy-uslubiy ijodiy uyushmasi hisoblanadi.
3. To’garaklar talaba-yoshlarning optimal yechimlarni izlab topish
ko’nikmalarini va o’quv faoliyatiga nisbatan motivatsiyasini rivojlantirishga
qaratilgan, qiziqishlari bir xil bo’lgan bir guruh talabalarning ma’lum fan yoki kasb
bo’yicha tajribali professor-o’qituvchilar va kasb ta’lim ustalari tomonidan ularning
bilim va mahoratini oshirish uchun xizmat qiladi.
4. To’garaklar – bilim va ta’lim sohalari hamda mutaxassisliklari bo’yicha
ilmiy-ijodiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni maqsadli va tizimli asosda amalga oshirish
uchun talaba-yoshlar qiziqishiga, xohishiga asoslangan holda darsdan bo’sh vaqtlarini
86
mazmunli tashkil etish imkoniyatini yaratadi hamda o’quv-tarbiya jarayonini
to’ldiradi.
To’garak mashg’ulotlari asosan ommaviy, guruhli va individual shakllarda
tashkil etiladi. To’garaklarning o’ziga xos xususiyati shundaki, u o’zida juda katta
didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi imkoniyatlarga ega. Bundan tashqari, tahlillar
shuni ko’rsatdiki to’garak mashg’ulotlari quyidagi vazifalarni ham muvaffaqiyatli
amalga oshirish imkonini beradi:
- emotsional-obrazlilik, ya’ni to’garak mashg’ulotlari ishtirokchilarda
emotsional barqarorlik va obrazlilik sifatlarining rivojlanishiga xizmat qiladi.
- intellektual-ijodiy - talabalarda shu kungacha o’zlashtirilgan ilmiy-nazariy
bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash va real hayotiy vaziyatlarda qo’llash hamda
ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi.
- refleksiv ko’nikmalarni shakllantirish, ya’ni talabalarda amaliy faoliyat va
fikrlash usullarini refleksiya orqali tahlil qilish ko’nikmalarini hosil qiladi.
- korrektsion-rivojlantiruvchi - dasturda belgilangan vazifalarni bajarish va
amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirish jarayonida vujudga kelgan kamchiliklarni tuzatish
hamda yangi sifat ko’rinishiga olib chiqish orqali yanada rivojlantirish.
|