• “HAMMASI O’Z QO’LIMDA”
  • -§. Talabalarning sanogen tafakkurini rivojlantirishda refleksiv texnika




    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/66
    Sana13.01.2024
    Hajmi2,92 Mb.
    #136647
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   66
    Bog'liq
    MONOGRAFIYA M.K.Ismailov xorijda nashr etilgan

    2.5-§. Talabalarning sanogen tafakkurini rivojlantirishda refleksiv texnika 
    mashqlaridan foydalanish 
     
    “Sanogen fikrlashni o’rganamiz” ilmiy-ijodiy to’garak mashg’ulotlarini tashkil 
    etishda S.S.Kashlev tomonidan ajratib ko’rsatilgan quyidagi refleksiv texnikalardan 
    foydalanish tavsiya etiladi: “Tayyorgarlik jadvali”, “Hammasi mening qo’limda”, 
    “O’zaro nazorat”, “Kichik so’rovnoma”, “Kayfiyat daraxti”, “Ochmi yoki to’qmi” 
    didaktik o’yini, “Agar men shunday bo’lsam” “Muhokamani davom ettiring”, “Bahs-
    munozarani yakunlang” “Kompliment”, “Bu kim?” mashqi, “Ma’qul-ma’qul emas” 
    mashqi, “Refleksiv nishon”, “Refleksiv tinglash”, “Nimani bilishni xohlayman” va 
    boshqalar. Quyida har bir refleksiv texnika mashqlarining mazmuniga to’xtalib 
    o’tamiz. 
    “HAMMASI O’Z QO’LIMDA” refleksiv texnika mashqi. 
    Mashqning maqsadi: ishtirokchilarda shaxsiy va o’z-o’zini boshqarishga doir 
    refleksiv ko’nikmalarni shakllantirish. 
    Mashqni bajarish tartibi. Doskaga palma tasviri tushirilgan plakat 
    yopishtiriladi. Tasvirda daraxtning beshta bargi bo’lib, u inson barmoqlariga 
    o’xshatib chiziladi. Har bir barmoq quyidagicha nomlanadi: 
    bosh barmoq – “Men hali ham shu mavzuda ishlashni xohlardim”; 
    ko’rsatkich barmoq – “Menga aniq ko’rsatmalar berilgan”; 
    uchinchi, o’rta barmoq – “Menga umuman yoqmaydi”; 
    to’rtinchi, nomsiz barmoq – “Ruhiy holat – men o’zimni qanday his qilyapman”; 
    beshinchi, kichik barmoq – “Men biror ishni qilishim uchun bular menga yetarli 
    emas. Nimalar to’sqinlik qilishi mumkin .....”. 
    Ishtirokchilar har bir barmoqdan qog’oz varaqlarini oladi va ushbu savollarga 
    javoblarini yozib quti ichiga solishadi. Keyin varaqlar tartib raqam bo’yicha har bir 
    barmoqqa joylashtiriladi va barcha ishtirokchilarga bir-birlarining javoblari bilan 


    110 
    tanishish uchun vaqt beriladi. Tanishib bo’lgach barcha ishtirokchilar o’z fikr-
    mulohazalarini bildirishi mumkin. So’ngra, ish natijalari muhokama qilinib, umumiy 
    xulosalar ishlab chiqiladi. Umumiy xulosalarni shakllantirishda to’garak a’zolarining 
    faol ishtirokini ta’minlash lozim. 

    Download 2,92 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   66




    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. Talabalarning sanogen tafakkurini rivojlantirishda refleksiv texnika

    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish