113
“MUHOKAMANI DAVOM ETTIRING” mashqi.
Maqsad: o’tkazilgan mashg’ulot davomida ishtirokchilarning o’zaro
bir-biriga
pedagogik ta’sir etish samaradorligini aniqlash, guruhda ijobiy psixologik muhitni
yaratish.
Mashg’ulotni tashkil etish tartibi. O’qituvchi ishtirokchilarda mashg’ulotda
o’rganilgan mavzu haqida muayyan bilimlarning hosil bo’lganligini aniqlash
maqsadida mavzuga tegishli qator iboralar hamda muammoli
topshiriqlarga javob
berishni taklif etadi. Masalan, refleksiya, sanogen refleksiya haqidagi matn bilan
tanishib bo’lgandan so’ng, ishtirokchilardan quyidagi tushuncha va savollarga javob
berishini so’rash mumkin:
Refleksiya – bu ……..
Sanogen refleksiya – bu …….
Shaxsiy refleksiya, pedagogik refleksiya – bu …..
Pedagogik faoliyatda refleksiv ko’nikmalarning ahamiyatini qanday baholaysiz?
Bo’lajak o’qituvchi sifatida talabalar o’zlarida qaysi refleksiya turlarini
rivojlantirishi zarur?
Mavzu bilan tanishish jarayonida qaysi jihatlar sizga ma’qul bo’ldi?
Ishtirokchilarning javoblari eshitilgandan so’ng, faoliyat natijalarini baholash
uchun quyidagi vazifalar bajariladi:
Mashg’ulot davomida men quyidagilarga ega bo’ldim: …….
Bu mavzu meni o’ylashga majbur qildi. Chunki, ……..
Mening fikrimcha, pedagogik faoliyat bilan bog’liq muammolarning asosiy
sabablari shundaki, …. .
Mashg’ulot davomida bir qancha jihatlarni o’zlashtirish
men uchun qiyin
kechdi. Masalan, ….. . va boshqalar.
O’qituvchi tugallanmagan iborani yoki topshiriqni aytadi va uni bajarishni taklif
qilgan ishtirokchiga ishora qiladi. O’qituvchi bir xil topshiriq bilan 2-3 ishtirokchiga
ham murojaat qilishi mumkin. Har bir ishtirokchi kamida bitta iborani to’ldirishi
maqsadga muvofiqdir. O’qituvchi savollar mazmunini mavzuga mos holda
o’zgartirishi mumkin.