• Tayyorgarlik va o’tkazish
  • “KAYFIYAT DARAXTI”
  • Kerakli jihozlar
  • Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi




    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/66
    Sana13.01.2024
    Hajmi2,92 Mb.
    #136647
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66
    Bog'liq
    MONOGRAFIYA M.K.Ismailov xorijda nashr etilgan

    “OCHMI YOKI TO’QMI” mashqi 
    Maqsad: refleksiv jarayonni tashkil qilish. Mazkur mashq odatda mashg’ulot 
    so’ngida o’tkazilishi maqsadga muvofiq. Ishtirokchilar mashq davomida olgan 
    bilimlari va ko’nikmalaridan qoniqishlarini aniqlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ushbu 
    mashq tufayli o’qituvchi har bir talabadan aniq fikrlarni eshitish va keyinchalik 
    ularning xohish-istaklarini inobatga olish imkoniyatiga ega. Ushbu mashq 
    ishtirokchilarga guruhning qanchalik muvaffaqiyatli ishlaganligini ko’rsatadi. Bu 
    kabi mashqlar kurs davomida bir necha bor amalga oshirilishi mumkin. 
    Tayyorgarlik va o’tkazish: O’qituvchi bugun o’rganilayotgan mavzuning 
    mazmunini to’liq o’zlashtirgan, ya’ni "to’yingan" deb hisoblagan guruh a’zolarini 
    eshik oldida turishga taklif qiladi; hozircha to’liq o’zlashtirmagan, o’zini "och" his 
    qiladiganlar – deraza oldida joylashadi. 
    Mashqni bajarishdan oldin, ishtirokchilarni to’liq sukut saqlash va 
    muzokaralarga yo’l qo’ymaslik haqida ogohlantirish kerak. Ushbu qismni 
    tugatgandan so’ng, muhokamalar bo’lib o’tadi, ishtirokchilarning har biri o’z 
    imkoniyatlari, uning qaroriga ta’sir qilgan jihatlar haqida suhbat olib boriladi. Bunda 


    112 
    "To’yingan"lardan boshlash tavsiya etiladi. O’qituvchi yoki ekspertlar guruhi 
    "ochlar" tomonidan bildirilgan barcha muhim ehtiyojlarni belgilaydilar va natijada 
    ularning "ochligini" qondirish uchun nima qilish kerakligini muhokama qilib 
    tavsiyalar berishadi. 
    “KAYFIYAT DARAXTI” mashqi. 
    Maqsad: mashg’ulotdan avval va undan keyin yoki o’quv haftasining boshida 
    va oxirida ishtirokchilarning emotsional holat darajasini aniqlash. Mazkur mashqni 
    bajarishda ishtirokchilarning optimal soni 25-30 nafar bo’lishi maqsadga muvofiq. 
    Kerakli jihozlar: doska va unda chizilgan "Daraxt" rasmi, qizil va ko’k 
    rangdagi qog’ozchalar. Bunda qizil rangdagi qog’oz emotsional holatning yomon 
    ekanligini, ko’k rangdagi qog’oz esa hissiy holatning ijobiy ekanligini bildiradi. 

    Download 2,92 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   66




    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi

    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish