• “REFLEKSIV DOIRA”
  • Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi




    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/66
    Sana13.01.2024
    Hajmi2,92 Mb.
    #136647
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   66
    Bog'liq
    MONOGRAFIYA M.K.Ismailov xorijda nashr etilgan

    Mashqni bajarish tartibi. O’qituvchi har bir ishtirokchidan aylana bo’ylab 
    o’tirishini hamda dastlab o’ng tomondagi, so’ngra chap tomondagi ishtirokchiga 
    kompliment bildirishini taklif etadi. Bunda siz ixtiyoriy ravishda biror bir buyum 
    (tabrik kartasi, ruchka)dan foydalanishingiz mumkin. Mashq davomida talaba-
    qizlarning faol ishtirokini ta’minlash lozim, bu qulay aloqa muhitini yaratishga va 
    jarayonning samarali kechishiga xizmat qiladi. 
    Mashq bajarib bo’lingandan so’ng, o’qituvchi ishtirokchilar uchun quyidagi 
    tartibda refleksiv faoliyat algoritmini ishlab chiqadi: 
    - Hissiy-emotsional holatingizni tasvirlab bering? 
    - Komplimentni eshitish jarayonida o’zingizni qanday his qildingiz? 
    - O’zingizdagi ijobiy kayfiyat sabablarini izohlang? 
    - Sherigingizda kechgan emotsional o’zgarishlarning sababini aniqlang? 
    - Kompliment bildirish kimlarda qiyin kechdi va nima uchun? 
    - O’ylab ko’ring, nima uchun bir-birimizga kompliment bildirishimiz kerak? 
    - Nima uchun, salbiy holatlar bizning fikr yuritishimizda ijobiy holatlardan ko’ra 
    tezroq va tez-tez paydo bo’ladi? 
    - Agar, barcha insonlar sog’lom, ijobiy va mustaqil fikr yuritganda uning 
    tafakkuri va dunyo manzarasi qanday bo’lar edi. 
    “REFLEKSIV DOIRA” mashqi 
    Pedagogik o’zaro ta’sirning samarali bo’lishi uchun barcha ishtirokchilar aylana 
    shaklida o’tirishadi. 
    O’qituvchi refleksiv harakatlar algoritmini belgilaydi: 
    - mashg’ulot boshida va so’ngida hissiy-emotsional holatingiz haqida gapirib 
    bering; 
    - qanday yangi ma’lumotlar o’rgandingiz, qaysi jihatlarni to’liq o’zlashtira 
    olmadingiz; 
    - buning sabablarini qanday izohlaysiz; 
    - mashg’ulotdagi ishtirokingizni qanday baholaysiz; 
    - mashg’ulotda ishtirok etish davomida sizga qaysi pozitsiya qulay, 
    pozitsiyalardan birini tanlang va sababini tushuntiring: faollik ko’rsatuvchi, passiv, 


    116 
    hamkorlikda ishlash, yakka tartibda ishlash, yordam beruvchi, yordam oluvchi va 
    boshqalar. 
    Shundan so’ng, barcha ishtirokchilar belgilangan refleksiv harakatlar 
    algoritmiga muvofiq o’z fikrlarini bildiradi. Barcha bir-birini eshitadi. Xulosalar 
    shakllantiriladi. Mashg’ulot so’ngida o’qituvchi ham o’z qikrlarini baldirib, 
    mashg’ulotni yakunlaydi. 

    Download 2,92 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   66




    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi

    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish