119
III BOB. BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA SANOGEN TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGI 3.1-§. Bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishga doir tajriba- sinov ishlari mazmuni Tajriba-sinov ishlari 2018-2021 yillarda Termiz davlat universiteti, Farg‘ona
davlat universiteti, Buxoro davlat universitetlarida amalga oshirildi. Tajriba-sinov
ishlariga pedagogika va psixologiya, boshlang‘ich ta’lim, maktabgacha ta’lim va
jismoniy madaniyat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 455 nafar kunduzgi ta’lim
shaklida tahsil oluvchi talabalari jalb etildi.
Tajriba-sinov ishlari quyidagi bosqichlarda amalga oshirildi:
1.
Asoslovchi tajriba bosqichidabo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen (sog‘lom)
tafakkurni rivojlanganlik darajasining mavjud holatini aniqlashga yo‘naltirilgan
pedagogik faoliyat tashkil etildi. Ko‘zda tutilgan maqsadga erishishda oliy ta’lim
muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning faoliyatini pedagogik kuzatish, suhbat,
anketa so‘rovlari, shuningdek, o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar mohiyatini
yorituvchi hujjatlarni o‘rganish kabi metodlardan foydalanildi. Bularning barchasi
tadqiqotning asosiy yo‘nalishi va dasturini muayyan darajada aniqlash imkonini
berdi. Tadqiqot mavzusiga oid etakchi olimlar, pedagoglarning ilmiy-tadqiqot ishlari
tahlil qilindi.
2.
Shakllantiruvchi tajriba bosqichida sanogen tafakkurni rivojlantirishning
refleksiv texnologiyasi hamda mazkur texnologiya asosida ishlab chiqilgan maxsus
kurs-dasturlariga binoan ta’limiy tajriba-sinov ishlari olib borildi. Bunda professor-
o‘qituvchilar va talabalar faoliyatini bevosita va bilvosita pedagogik kuzatish, ular
ishtirokida refleksiv texnika mashqlarini bajarish, hamkorlikda o‘qitish, “Sanogen
fikrlashni o‘rganamiz” nomli ilmiy-ijodiy to‘garak faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi, o‘z-
o‘zini baholash kabi metodlar yordamida talabalarda sog‘lom tafakkurni
rivojlantirishga qaratilgan umumiy pedagogik ta’sir vositasida sog‘lom tafakkur
yuritish sifatlarining tarbiyalanishiga katta ahamiyat qaratildi. Nazariy tadqiqotlar
natijasida aniqlangan ilmiy echimlar modulli ishlanmalar yaratishda amaliy
120
qo‘llanildi, hamda ular asosida ta’limiy tajriba-sinov mashg‘ulotlari olib borildi.
Tajriba-sinov ishlarining ikkinchi bosqichida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar
qatorida sanogen (sog‘lom) tafakkurni rivojlantirish modeli hamda refleksiv
texnologiyasining mazmuni takomillashtirildi.
3.