“BU KIM?” refleksiv texnika mashqi  Maqsad




Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/66
Sana13.01.2024
Hajmi2,92 Mb.
#136647
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66
Bog'liq
MONOGRAFIYA M.K.Ismailov xorijda nashr etilgan

“BU KIM?” refleksiv texnika mashqi 
Maqsad. Ishtirokchilarda kommunikativ ko’nikmalarni shakllantirish, ijobiy 
muhitni yaratish. Ishtirokchilar soni 15-20 nafar bo’lishi maqsadga muvofiq. 
Kerakli jihozlar. Barchaga yetadigan qog’oz va ruchka bo’lishi lozim. 
Mashg’ulotni bajarish tartibi. Mashg’ulot boshlanishidan avval barcha 
ishtirokchilarga qog’oz va ruchkalar tarqatiladi. Va quyidagicha ko’rsatma beriladi: 
“Har bir kishi o’ziga berilgan qog’ozning old qismiga o’zida mavjud bo’lgan ijobiy 
sifatlarni hamda yoqtirgan narsalari haqida, orqa tomoniga esa o’zidagi salbiy 
xususiyatlar va yoqtirmagan narsalari haqida ma’lumot keltirishi lozim. Har bir kishi 
ma’lumot berishda xolisona yondashishi va ular qisqa, aniq va tushunarli bo’lishi 
kerak. Shuningdek, biror kishi qog’ozga o’z ismi, familiyasi kiritmaydi”. 
Topshiriqni bajarish uchun 5 daqiqagacha vaqt ajratiladi. Ma’lumotlar yozib 
bo’lingandan so’ng, o’qituvchi barcha qog’ozlarni yig’ib oladi va kichik qutiga solib 
aralashtiradi. Shundan so’ng, qutidagi ma’lumotlar yozilgan qog’ozlar ixtiyoriy 
ravishda barcha ishtirokchilarga tarqatib beriladi. Natijada, har bir ishtirokchida 
guruhning boshqa bir a’zosi tomonidan yozilgan ma’lumotlar kelib tushadi. Shundan 
so’ng o’qituvchi ishtirokchilarga yangi ko’rsatma beradi: “Qog’ozda yozilgan 
ma’lumotlar bilan tanishib chiqing. So’ngra, har bir ishtirokchi navbat bilan qog’ozda 
yozilgan ma’lumotlarni o’qib eshittiradi. Boshqa ishtirokchilar esa ma’lumotlarni 
eshitib, mazkur xususiyatlar sohibini topishi talab etiladi”. 
Mashq shu tarzda davom etadi, barcha ishtirokchilarning ma’lumotlari o’qib 
eshittiriladi. Mashg’ulot oxirida bahs-munozara o’tkazilib, unda qog’ozda yozilgan 
salbiy xususiyatlar va yoqtirmagan narsalar muhokama qilinadi. Umumiy xulosalar 
ishlab chiqiladi. 


117 



Download 2,92 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   66




Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“BU KIM?” refleksiv texnika mashqi  Maqsad

Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish