|
Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish texnologiyasiBog'liq MONOGRAFIYA M.K.Ismailov xorijda nashr etilgan“BAHS-MUNOZARANI YAKUNLANG” refleksiv texnika mashqi.
Maqsad: o’rganilayotgan mavzuni retrospektiv tahlil qilish, o’tgan
mashg’ulotlarni individual va guruhli aks ettirish maqsadida olib boriladi.
Ishtirokchilarda shaxsiy va kommunikativ rekleksiyaga oid ko’nikmalar
shakllantiriladi.
Mashqni bajarish tartibi. Mazkur texnika ikki bosqichda amalga oshiriladi va
undan foydalanish so’ngi o’quv mashg’ulotlarida eng samarali hisoblanadi. Bunda
dastlab uch ustundan iborat jadval chiziladi.
Shaxs sifatlari
“Muvaffaqiyat”
“Xohlayman”
Birinchi ustunda insonlarga xos bo’lgan sifatlar nomi yoki tasdiqlangan fikrlar,
ikkinchi ustunda “Muvaffaqiyat”, uchinchi ustunda esa “Xohlayman” so’zlari
keltiriladi. Mazkur jadvalni to’ldirishda ishtirokchilar quyidagi vazifalarni bajarishi
lozim:
a) birinchi ustunda keltirilgan sifatlar yoki tasdiqlangan fikrlar bilan tanishish;
b) keltirilgan fikrlarni ikkinchi va uchinchi ustunlarga ajratish. Mashg’ulot
davomida har bir ishtirokchi birinchi ustunda keltirilgan sifatlardan qaysi biri o’zida
mavjud bo’lsa “Muvaffaqiyat” ustuniga, agar mavjud bo’lmasa “Xohlayman”
ustuniga maxsus belgi qo’yishi lozim.
Mashg’ulotning ikkinchi bosqichida ishtirokchilar qo’yilgan belgilarni hisoblab,
qaysi ustunda ko’proq ekanligini aniqlashadi. So’ngra ularga quyidagi savol bilan
murojaat qilinadi: “Nima uchun aynan “Muvaffaqiyat” yoki “Xohlayman” ustunida
belgilar soni ko’p yoki aksincha kamroq. Sababini tushuntiring?”. Shundan so’ng, har
bir ishtirokchining javoblari tinglanadi. Mashg’ulot shu tarzda davom etadi va
yakunida umumiy xulosalar shakllantiriladi.
“KOMPLIMENT” refleksiv texnika mashqi
Maqsad: kommunikativ va shaxsiy refleksiyaga oid ko’nikmalarni
shakllantirish va ishtirokchilar o’rtasida ijobiy muloqot muhitini yaratish.
|
| |