111
keltirilgan savollarga javob berish talab qilinadi. Savollar quyidagicha ko’rinishda
bo’lishi mumkin:
- Siz qanday bilimlarni o’zlashtirishni xohlaysiz?
- Har bir fanni haftada necha marta o’rganishni xohlar edingiz? (fanlar ro’yxati
keltiriladi).
- Qaysi fanlar siz uchun juda qiziqarli?
- Asosiy fanlardan tashqari yana nimalarni o’rganishni xohlar edingiz?
- Quyidagi qaysi faoliyat turlari bilan shug’ullanish sizga ma’qul: ijodkorlik,
sport, texnologiya va boshqalar.
Kichik so’rovnomalardan turli xil faoliyat shakllarida foydalanish imkoni
mavjud. Masalan, dars mashg’ulotlarining mazmuni, oila, shaxslararo munosabatlar,
muloqot mazmuni asosida tuzish mumkin. Har birida savollar o’zgaradi. Bu kabi
so’rovnomalar erkin fikr yuritishga hamda hissiyotlarning tashqi namoyon bo’lishiga
xizmat qiladi.