Yakunlovchi tajriba bosqichida real hayotiy va pedagogik vaziyatli
topshiriqlar, refleksiv texnikalar metodiga tayangan holda biz tomonimizdan tavsiya
etilayotgan metodikaning samaradorligi, shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarda
sanogen tafakkurning rivojlanganlik dinamikasi aniqlandi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda
sanogen tafakkurni rivojlanganlik darajasini baholash uchun mezonlar ishlab chiqildi.
Shakllantiruvchi tajriba-sinov mashg‘ulotlari o‘tkazildi, tadqiqot natijalari amaliyotga
tatbiq etildi. Tajriba-sinov ishining yakunlovchi bosqichi amalga oshirildi.
Tajriba-sinov ishlarining birinchi (2018-2019) – asoslovchi tadqiqot bosqichida
quyidagi vazifalar belgilab olindi:
– talabalarda sanogen tafakkur rivojlanganligining mavjud holatini tashxis etish;
–
talabalarda
sanogen
tafakkurni rivojlantirishning o‘quv-metodik
imkoniyatlarini aniqlashtirish;
– o‘quv jarayoni natijalari asosida sanogen tafakkurni rivljlanitirish bilan bog‘liq
muammolarni aniqlash va ularni tahlil qilish.
Asoslovchi tadqiqotni o‘tkazishda barcha ta’lim yo‘nalishlarida pedagogik va
psixologik fanlarning o‘qitilishi hamda mazkur fanlarga oid bilimlarning talabalar
tomonidan o‘zlashtirilish darajasiga, shuningdek, ularning auditoriyadan tashqari
amaliy faoliyat turlari mazmuniga e’tibor qaratildi. Chunki ushbu jarayonlar
talabalarda ma’lum darajada sanogen tafakkurga oid ko‘nikmalarning rivojlanganligi
haqidagi xulosaga kelish imkonini beradi.
Tadqiqotchi olimlar tomonidan shaxsda sanogen tafakkurning shakllanganligi
yoki rivojlanganligini ko‘rsatuvchi mezonlar turlicha izohlanada: shaxsda ijobiy
fikrlashning namoyon bo‘lishi, hissiy-emotsional qobiliyatning rivojlanganligi
(N.V.Pavlyuchenkova), refleksiv
ko‘nikmalarning mavjudligi, sanogen
refleksiyaning namoyon bo‘lishi.
121
Shuni alohida qayd etish kerakki, shaxsda sanogen tafakkurning
shakllanganligini diagnostika qilish uchun Yu.Orlov [96] ning maxsus kognitiv-
emotsional testi hamda L.V.Rubtsova [114] tomonidan ishlab chiqilgan psixologik-
pedagogik trening mashg‘ulotlaridan amaliyotda keng foydalanilayotgan bo‘lsada,
bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurning rivojlanganlik darajasini baholashga
doir refleksiv texnikalar majmui va mualliflik metodikalarini ishlab chiqish bo‘yicha
ma’lum bir ishlarni amalga oshirishni taqozo etdi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurning rivojlanganlik darajasini
baholash mezonlarini aniqlashda dissertatsiyaning birinchi bobida qayd etib o‘tilgan
sog‘lom fikrlashning o‘ziga xos xususiyatlari hamda refleksiv faoliyat shakllariga
tayanildi.
Tadqiqot muammosi doirasida olib borilgan ilmiy izlanishlarning ahamiyatini
e’tirof etgan holda, bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurning rivojlanganlik
darajasini baholashga doir quyidagi mezonlar belgilab olindi:
- motivatsion;
- shaxsiy refleksiya darajasi;
- emotsional barqarorlik;
- fikrlarning namoyon bo‘lishi;
- sanogen refleksiya.
Motivatsion mezon – shaxsiy ehtiyojning mavjudligi bilan izohlanib,
talabalarning sog‘lom fikrlashga oid bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga nisbatan
qiziqish darajasini belgilaydi.
Shaxsiy refleksiyaning rivojlanganligi quyidagi jihatlarni o‘zida aks ettiradi:
1) fikrlashdagi ijodkorlik va mustaqillik;
2) shaxsiy bahoning adekvatligi;
3) fikrlarning erkin nazorat qilinishi.
Emotsional barqarorlik o‘zida quyidagilarni ifodalaydi
1) emotsional va aqliy harakatlarning uyg‘unligi;
2) o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonch;
3) improvizatsiya.
122
Fikrlarning namoyon bo‘lish mezoni quyidagi jihatlarni o‘z ichiga oladi.
1) eksteriorizatsiya (fikrning tashqi ifodalanishi);
2) interiorizatsiya (fikrning ichki ifodalanishi);
3) fikriy harakatlarning uyg‘unligi (eshitish, nutq va harakat);
4) fikrlashdagi moslashuvchanlik.
Sanogen refleksiya ko‘nikmasi to‘rtta tarkibiy qismni o‘zida aks ettiradi:
retrospeksiya, introspeksiya, ekstrospeksiya va perspektiv (2.1.1-rasmga qarang).
Mazkur jihatlarni rivojlantirish bilan bir vaqtda fikrlashdagi stereotiplik,
fikrlarni erkin namoyon qilishda qo‘rquvning mavjudligi hamda himoya
refleksiyasining namoyon bo‘lish ko‘rsatkichlarini quyi darajaga tushirishga alohida
e’tibor qaratildi.
Aniqlashtirilgan tarkibiy asoslarga muvofiq, maxsus dastur bo‘yicha sanogen
tafakkurga oid ma’lumotlarni o‘zida aks ettirgan mavzular tarkibi, to‘garak
mashg‘ulotlari dasturi, refleksiv texnika va ijtimoiy-pedagogik trening mashqlari
asosida test savollari, amaliy topshiriqlardan iborat diagnostik vositalar ishlab
chiqildi. Test savollari va amaliy topshiriqlar ishlab chiqilgan pedagogik materiallar
asosida tuzildi.
Tajriba-sinov ishlarining muvaffaqiyatli kechishi quyidagi ob’ektiv va
sub’ektiv omillarning mavjudligi hisobiga ta’minlandi:
1)
bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan
metodik shart-sharoitlarning yaratilganligi;
2)
oliy ta’lim muassasalarining yetarli moddiy-texnik bazaga egaligi, o‘quv va
tarbiyaviy ishlar jarayonida zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan
unumli foydalanish;
3)
talaba-yoshlarning mustaqil ta’lim olishlariga alohida e’tiborning
qaratilganligi;
4)
talabalarda sanogen tafakkurni rivojlantirish jarayoniga nisbatan tizimli
yondoshuvning qaror topganligi.
Tajriba-sinov ishlarining samaradorligini aniqlash maqsadida respondentlar
teng asosda tajriba (229 nafar talaba) va nazorat (226 nafar talaba) guruhlariga
123
biriktirildi. Tajriba guruhida sanogen tafakkurning rivojlanishini ta’minlashga
yordam beruvchi refleksiv texnologiya asosida amaliy faoliyat yo‘lga qo‘yilgan
bo‘lsa, nazorat guruhlarida esa an’anaviy tartibda o‘quv-tarbiya ishlari olib borildi.
Talabalar tomonidan berilayotgan javoblarni baholashda tafakkur va muloqot
jarayonining quyidagi sifatlariga e’tibor qaratildi: fikrning ijodiyligi va mustaqilligi;
fikrlarning tizimliligi va aniqligi; tafakkurning kengligi va ijodiyligi; fikrlarning
to‘liqligi va ifodaviyligi, tafakkurning sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liqligi;
shaxslararo munosabatlarning barqarorligi.
Fikrlashning ijodiyligi shaxs faolligining yuqoriligi, hayotiy faoliyat jarayonida
yuzaga keladigan muammolarga javob topa olishi, muammoning yechimiga
qaratilgan usullar, qoidalar va vositalarni izlab topish, ularni tanlash hamda mazkur
faoliyatda oqilona foydalana olish bilan izohlanadi. Fikrlashning mustaqilligini
insonning shaxsiy tashabbusi bilan o‘z oldiga aniq maqsad va vazifalar qo‘ya bilishi,
ular yuzasidan amaliy va ilmiy xarakterdagi yechimni va natijani ko‘z oldiga keltira
olishi, qo‘yilgan vazifani mustaqil ravishda hal qilishdan iborat aqliy qobiliyat
darajasining rivojlanganligi bilan baholash mumkin.
Fikrlarning tizimliligi va aniqligi deganda nazariy va amaliy bilimlarning shaxs
tomonidan tizimli o‘zlashtirilishi tushunilib, bu ma’lum bir narsalar, faktlar, hodisa
va bildirilayotgan mulohazalarning muayyan tartibda, ichki bog‘lanish va
munosabatlarda aks etishi bilan izohlanadi.
Tafakkurning kengligi va ijodiyligi o‘zida hayotiy voqea-hodisalarning
xususiyatlari hamda muayyan faoliyat tajribasini mujassamlashtirib, o‘tmish, bugun
va kelajak to‘g‘risida mulohazalar, muammolar va tushunchalarni aks ettiradi.
Shuningdek, fikrlarning mazmundorligi, chuqurligi kabi sifatlar bilan muntazam
aloqada bo‘ladi. Chunki, ijodiy fikrlovchi shaxs muammo yuzasidan shaxsiy qarorlar
qabul qilib, uni aniq dalillar bilan asoslay oladi.
Sog‘lom turmush tarzi muayyan muhitni tashkil etib, shaxs dunyoqarashining
shakllanishida asosiy mazmun kasb etadi. Ya’ni, turmush tarzining sog‘lomlik
darajasi va insonning o‘z-o‘zini sog‘lomlashtirishi uning fikrlashini, ongini
rivojlantiradi.
124
Barqarorlik shaxsiy sifat tarzida atrof muhit va ichki olam harakatini
tashkillashtirishdir. Shaxslararo munosabatlarning barqarorligi esa o‘zida talabaning
mustaqil turli hayotiy ziddiyatli vaziyatlarni hal etishi, birgalikda hamkorlikdagi
faoliyatga tayyorligini, insonlar bilan muloqotga kirishishda samarali usullarni
qo‘llay olish ko‘nikmalarini aks ettiradi.
Mazkur ko‘rsatkichlar asosida sanogen tafakkur namoyon bo‘lishining turli
darajalar bo‘yicha tavsifiy belgilari aniqlashtirildi.
1. Yuqori daraja: o‘z-o‘zini rivojlantirishga nisbatan ehtiyojning barqarorligi,
talabaning o‘z kuchiga va imkoniyatlariga ishonishi, shaxsiy tashabbuskorligi,
fikrlashning mustqilligi va ijodiyligi, nutqning boyligi, shaxsiy bahoning adekvatligi,
emotsional va aqliy harakatlarning uyg‘unligi hamda barqarorligi, fikrning rang-
barangligi va mazmundorligi, o‘z faoliyatini mustaqil va tizimli tashkillashtira olishi,
fikrlash jarayonidagi moslashuvchanlik, muloqotchanlik
ko‘nikmalarining
rivojlanganligi, fikrlarning erkin nazorat qilinishi, ijtimoiy stereotiplardan holi va
himoya refleksiyasining quyi darajada ekanligi.
2. O‘rta daraja: o‘z-o‘zini rivojlantirishga nisbatan ehtiyojning namoyon
bo‘lishi, shaxs faolligi va ijodkorligining yaqqol namoyon bo‘lmasligi, muammoni
hal etishning samarali usullarini tanlay bilishi, sodir bo‘lgan voqea-hodisa yuzasidan
mustaqil fikr bildirishi, muloqotchanlik ko‘nikmalarining shakllanganligi, o‘z-o‘zini
sog‘lomlashtirishga intilishning mavjudligi, hamkorlikdagi faoliyatga tayyorligi,
ijtimoiy fikrni hisobga olgan holda qat’iy qaror qabul qilish, aqliy qobiliyatni
rivojlantirishga bo‘lgan intilishning mavjudligi, amaliy topshiriqlarni erkin
o‘zlashtirishi, ular orasidagi sabab-oqibat va bog‘lanishlarni aniqlashi, himoya
refleksiyasining tez-tez namoyon bo‘lishi.
3. Quyi daraja: fikr yuritishdagi mustaqillikning yaqqol namoyon bo‘lmasligi,
muqobil fikrlarni e’tirof etishi, qo‘yilgan vazifani mustaqil hal etishda
qiyinchiliklarning mavjudligi, bildirilayotgan mulohazalarning mantiqan
bog‘lanmaganligi, shaxslararo munosabatlarning sust rivojlanganligi, birgalikdagi
faoliyatga moyilligining yuqori emasligi, hayotiy turmush tarziga e’tiborning sustligi,
125
odamlar orasida shaxsiy fikrini ochiq bayon qila olmaslik, fikrlashda stereotiplik va
himoya refleksiyasining yaqqol namoyon bo‘lishi.
Natijada, respondentlarning qiyosiy taqqoslash, anketa savollariga bergan
javoblari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi (3.1.1-jadvalga qarang):
|