126
3.1.2-jadval
Bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkur xususiyatlarining namoyon bo‘lish
xususiyatlari (dastlabki nazorat kesimi)
Sanogen tafakkur xususiyatlari
Tajriba guruhi (229 nafar)
Nazorat guruhi (226 nafar)
Son va foiz hisobida
Son va foiz hisobida
Yuqori O‘rta Quyi Yuqori O‘rta Quyi
Motivatsion
daraja
45 19,6 80 35,0 104 45,4 42 18,6 82 36,3 102 45,1
Shaxsiy
refleksiya
48 21,0 81 35,4 100 43,6 43 19,0 81 35,9 102 45,1
Emotsional
barqarorlik
42 18,3 84 36,7 103 45,0 41 18,1 81 35,9 104 46,0
Fikrlarning
namoyon
bo‘lishi
38 16,6 80 34,9 111 48,5 40 17,7 84 37,2 102 45,1
Sanogen
refleksiya
31 13,5 90 39,3 108 47,2 30 13,3 88 38,9 108 47,8
O‘rtacha ko‘rsatkich
41 17,8 83 36,2 105 46,0 39 17,3 82 36,8 104 45,8
Nazorat guruhi talabalarida sanogen tafakkur rivojlanganligining “yuqori”
darajasi bo‘yicha 17,3 foiz, “o‘rta” darajasi bo‘yicha 36,8 foizni hamda “quyi”
darajasi bo‘yicha esa 45,8 foiz natijalar qayd etildi.
Talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan diagnostik vositalar sanogen fikrlash
ko‘nikmalarining rivojlanganlik darajasini aniqlash bilan birgalikda patogen
fikrlashga xos bo‘lgan fikr yuritishdagi stereotiplik, fikrlarni erkin namoyon qilishda
ishonchsizlik hamda himoya refleksiyasining namoyon bo‘lish ko‘rsatkichlarini ham
belgilash imkonini berdi. Mazkur xususiyatlar bo‘yicha olingan natijalar quyidagi
jadvalda o‘z aksini topgan (3.1.3-jadvalga qarang).