-§. Tajriba-sinov ishlari natijalari va ularning statistik tahlili




Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/66
Sana13.01.2024
Hajmi2,92 Mb.
#136647
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   66
Bog'liq
MONOGRAFIYA M.K.Ismailov xorijda nashr etilgan

 
3.2-§. Tajriba-sinov ishlari natijalari va ularning statistik tahlili 
Shakllantiruvchi tadqiqot yakunida ishchi farazni tekshirish hamda bo‘lajak 
o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish modeli, pedagogik shart-sharoitlari 


128 
va refleksiv texnologiyasi samaradorligini baholash maqsadida tajriba-sinov 
ishlarining yakuniy nazorat bosqichi o‘tkazildi. 
Tajriba-sinov ishlarining yakuniy bosqichida (2020 – 2021 yy.) quyidagi ishlar 
amalga oshirilishi belgilab olindi: bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurning 
rivojlanganlik darajasini aniqlash bo‘yicha qayta tashxisni amalga oshirish, dastlabki 
va yakuniy nazorat natijalarini qiyoslash; olingan natijalarning ishonchliligini 
asoslash uchun matematik-statistik tahlil ishlarini olib borish. 
Dastlabki nazorat ishlarida taklif etilgan diagnostik materiallar asosida 
talabalarda sanogen tafakkurning rivojlanganlik darajasini aniqlash asosiy maqsad 
sifatida belgilandi. Tanlab olingan diagnostik materiallar (refleksiv texnika 
mashqlari, so‘rovnoma, test savollari) mazmuni dissertatsiyaning ikkinchi bobi 
hamda ilovalarda yoritilgan. Asoslovchi va yakuniy tadqiqot bosqichlarida 
o‘tkazilgan nazorat-tashxis ishlari oralig‘idagi davr bir yildan ko‘proq vaqtni tashkil 
etdi. Ushbu davr oralig‘ida tajriba guruhi talabalarining shakllantiruvchi ta’limiy 
tajriba-sinov ishlarida hamda “Sanogen fikrlashni o‘rganamiz” nomli to‘garak 
mashg‘ulotlarida faol ishtirok etishi ta’minlandi. Mazkur jarayon, to‘garak, refleksiv 
texnika va amaliy mashg‘ulotlar tizimi orqali bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen 
tafakkur ko‘nikmalarini (motivatsion, shaxsiy refleksiya, hissiy-emotsional 
barqarorlik, fikrlarning erkin namoyon bo‘lishi, sanogen refleksiya) rivojlantirish 
mumkinligi haqidaga ishchi farazning amaliy faoliyatda o‘z isbotini topishga 
imkoniyat 
yaratdi. 
Tajriba-sinov ishlarining yakuniy bosqichida bo‘lajak 
o‘qituvchilarda sanogen tafakkurning rivojlanganlik darajasi qayta tashxis etildi. 
O‘tkazilgan qayta tashxis natijalarini 3.2.1-jadvalda keltirib o‘tamiz.

Download 2,92 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   66




Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Tajriba-sinov ishlari natijalari va ularning statistik tahlili

Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish