127
foizni ko‘rsatgan bo‘lsa, nazorat guruhi talabalaridan 45,9 foizi yuqori, 36,9 foizi
o‘rta va 17,2 foizi quyi daraja ko‘rsatkichlari bo‘yicha natijalarni qayd etishgan.
3.1.2- hamda 3.1.3-jadval natijalarini qiyosiy tahlil qiladigan bo‘lsak, sanogen
va patogen fikr yuritish o‘zaro teskari proporsional aloqaga egaligi ma’lum bo‘ladi.
Chunki, talabada qachonki sanogen fikrlash ko‘nikmalari yaqqol namoyon bo‘ladigan
bo‘lsa, patogen fikrlash darajasi quyi ko‘rsatkichni, aksincha, talaba o‘zida patogen
fikrlash ko‘nikmalarini yuqori darajada ifoda etsa, sog‘lom fikr yuritish darajasi
bo‘yicha quyi natijalarni qayd etadi.
Asoslovchi tadqiqot bosqichining ikkinchi vazifasi bo‘yicha talabalarda sanogen
tafakkurni rivojlantirishning o‘quv-metodik imkoniyatlarini aniqlashtirishga doir
ishlar amalga oshirildi. Bunda oliy ta’lim muassasalarida yaratilgan o‘quv-uslubiy
ta’minot, Pedagogika ta’lim sohasining davlat ta’lim standarti va malaka talablari,
o‘quv reja, namunaviy dastur, ishchi o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlari, darsliklar,
o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy majmualar mazmuni tahlil qilinib, auditoriya va
auditoriyadan tashqari o‘quv mashg‘ulotlari kuzatildi.
Asoslovchi tajriba-sinov ishlari tahlili pedagogika ta’lim sohasi bo‘yicha
bakalavriat bosqichida tahsil oluvchi bo‘lajak o‘qituvchilarning sanogen tafakkurini
rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilmaganligini ko‘rsatdi. Shu sababli
tadqiqotning shakllantiruvchi bosqichida (2019-2020 yy.) tajriba guruhi talabalarida
sanogen fikr yuritish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish asosiy vazifa sifatida
belgilandi. Natijada, refleksiv yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning sanogen
tafakkurini rivojlantirish modeli, integrativ-tarkibiy tuzilmasi, pedagogik shart-
sharoitlari hamda refleksiv texnologiyasi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.
Shakllantiruvchi bosqichda amalga oshirilgan ishlar mazmunining to‘liq bayoni
dissertatsiyaning ikkinchi bobida batafsil yoritib berilgan.