• BITIRUV MALAKAVIY ISHI
  • Fizika ta’limi yo`nalishi bitiruvchisi Xudayqulov Pirnazar Mamarayim o’g’lining




    Download 320,89 Kb.
    bet1/13
    Sana11.07.2024
    Hajmi320,89 Kb.
    #267410
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    diplom ishi

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

    5140200-Fizika ta’limi yo`nalishi bitiruvchisi

    Xudayqulov Pirnazar Mamarayim o’g’lining

    “Barqaror energetika ta’minotiga erishish usullari” mavzusidagi

    BITIRUV MALAKAVIY ISHI


    KIRISH
    Hozirgi rivojlanayotgan zamonda mamlakatimizda milliy mafkuran shakllantirish hayotiy zarurat va dolzarb mavzu hisoblanadi. Shuning uchun bugungi kunda inson shaxsini, uning yuksak ma’naviy fazilatlarini kamol toptirish,milliy mafkurani shakllantirish, yosh avlodni boy madaniy merosimiz, tarixiyqadriyatlarimizga hurmat-ehtirom, mustaqil Vatanimizga mehr-muhabbat ruhidatarbiyalash talablarini oldimizga muhim vazifa sifatida qo’ymoqda.
    O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’grisida” gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ga bog’liq bo’lgan yuqori madaniyatli zamonaviy fan va texnika yutuqlarini egallagan, biror kasbga ega bo’lgan, ijodiy fikrlovchi, izlanuvchi, yangilik yaratuvchi soxasida faoliyat ko’rsatadigan yoshlarni tarbiyalashda o’qitish usullariga aloqador bo’lgan , hal qilinmagan va to’liq hal qilinadigan ba’zi muammolar muhim o’rinni egallaydi. O’zbek modelining mantiqiy davomi sifatida Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev rahbarligida 2017 – 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish maqsadida aniq ko’rsatmalarga asoslangan beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi.
    Ma’lumki, talabalarni ilmiy dunyoqarashlarini shakllanishida va modda tuzilishi haqida zamonaviy tasavvurga ega bo’lishlarida yadro fizikasi o’ta muhim rol o’ynaydi. Shu bilan birga yadro fizikasi mavzulari kvant fizikasi bo’limida asosiy ahamiyatga ega bo’lib, ularni o’rganish jarayoni murakkab tushuntiruv apparatlarini qo’llashni va ma’lim darajada murakkab abstraksiyalashga oid ko’nikmalar bo’lishini talab etadi.
    Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi insonhuquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni va Jahon hamjamiyatiga qo’shilishini ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat hamda ochiq fuqarolik jamiyatini qurmoqda. Inson har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlari va mexanizmlarini yaratish, eskicha tafakkur vaijtimoiy xulq-atvor andozalarini o’zgartirish, Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy zamonaviy madaniyati, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiya sohasidagi yutuqlari asosida mutaxassislar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
    Ta’lim tizimida o’z yo’nalishlari bo’yicha dunyoning yetakchi ilmiy – ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o’rnatish, o’quv jarayoniga ilg’or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi ilmiy – ta’lim muassasalarida malakasini oshirish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayapti. Ma’lumki, fizika o’qitishda nazariy va amaliy metodlar mavjud. Amaliy metodlar ichida fizikadan masalalar yechishning ahamiyati salmoqlidir. Masala yechish jarayonida o’quvchilarga bilim berish bilan birga o’quvchilar qobiliyatlarini rivojlantirish, o’quvchilarga tarbiya berish kabi muhim masalalar hal qilinadi. Fizikadan masalalar echish jarayonida o’quvchilarning mantiqiy fikrlashlari kengayadi, ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi. Fizik hodisalarning tub mohiyatini kengroq tushunadilar, fizikadagi qonunlarning amalda qollanilishini chuqurroq anglaydilar. Ko‘pgina fizik o‘lchov asboblarining vazifasi, tuzilishi, ishlash prinsiplari bilan tanishadilar. Barqaror energetika ta’minotiga erishish usullarini topib amaliy tarzda tadbiq qilish Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligidan dalolat beradi.

    Download 320,89 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 320,89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fizika ta’limi yo`nalishi bitiruvchisi Xudayqulov Pirnazar Mamarayim o’g’lining

    Download 320,89 Kb.