• Issiqlik elektr stansiyalarida suv tayyorlashning dolzarb masalalari
  • Issiqlik elektrostansiyasida atrof-muhitni muhofaza qilish




    Download 320,89 Kb.
    bet8/13
    Sana11.07.2024
    Hajmi320,89 Kb.
    #267410
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    diplom ishi

    Issiqlik elektrostansiyasida atrof-muhitni muhofaza qilish
    Energetika – bu yuqori sur’atlarda rivojlanib borayotgan ishlab chiqarish tarmog‘idir. Sanoat taraqqiy etib borayotgan zamonaviy dunyomizni elektr energiyasiz tasavvur etib bo‘lmaydi, barcha ishlab chiqarish jarayonlari, shu jumladan butun insoniyatning hayot ta’minoti elektr energiyasi hisobiga amalga oshirilmoqda.
    Gaz bilan ishlaydigan 1000 MVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasi atmosferaga yiliga 13 ming tonna va ko‘mir bilan ishlaydigan issiqlik elektrostansiyasi 165 ming tonna zararli modda chiqaradi. 1000 MVt quvvatga ega Issiqlik elektrostansiyasi yiliga 8 million tonna kislorod yutadi.
    “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasidagi elektr va issiqlik energiyasining eng yirik ishlab chiqaruvchisi va yetkazib beruvchisi hisoblanadi hamda iqtisodiyot tarmoqlari va aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq ta’minlab kelmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 85 foizidan ortig‘i “Issiqlik elektr stansiyalari” hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.Tabiatni muhofaza etish faoliyati iqtisodiyotni boshqarishda muhim o‘rin egallaydi hamda korxonalar ishlab-chiqarish-iqtisodiy mexanizmining ajralmas tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi.
    Issiqlik elektr stansiyalarida suv tayyorlashning dolzarb masalalari
    Dunyodagi hozirgi ekologik vaziyat insonlarning kundalik hayotida – ham maishiy maqsadlarda, ham sanoat maqsadlarida, xususan issiqlik elektr energetikasida zarur bo‘lgan suvning sifatiga ham so‘zsiz ravishda ta’sir ko‘rsatmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, issiqlik elektr stansiyalarida bir gigavatt elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun 32-42 kub metr suvdan foydalaniladi, misol uchun, faqatgina issiqlik elektr stansiyasi energiya bloklaridan birining turbinasi kondensatorini sovutish uchun bir soatda 6 ming dan 10 mingacha kub metr suv sarflanadi. Issiqlik elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarishning yagona manbai suv ekanligi inobatga olinsa, suv tayyorlash energetikaning mazkur sohasi texnologiyasida eng asosiy va eng muhim jarayon hisoblanadi. Suvning talab darajasida tayyorlanishi hamda suv rejimiga qatiy rioya etilishi har bir issiqlik elekr stansiyasining ishonchli, uzoq muddat hamda tejamkor ravishda ekspluatatsiya qilinishining kafolati ekanligini jahon amaliyoti yaqqol ko‘rsatmoqda.

    Download 320,89 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 320,89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Issiqlik elektrostansiyasida atrof-muhitni muhofaza qilish

    Download 320,89 Kb.