• O’zbekistonda barqaror energetika ta’minotiga erishish masalalari yechimi
  • Energetika manbalari orqali 1 birlik energiya olish namunaviy masalalari orqali, ularnin o’zaro taqqoslash




    Download 320,89 Kb.
    bet11/13
    Sana11.07.2024
    Hajmi320,89 Kb.
    #267410
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    diplom ishi

    Energetika manbalari orqali 1 birlik energiya olish namunaviy masalalari orqali, ularnin o’zaro taqqoslash.
    Umumiy, hamma energiya manba’larini taqqoslash va ularning mamlakatimizdagi imkoniyatlarini baxolab , ekologiya va salomatlikka zarari kata bo’lgan tabiiy qazilmali yonilg’i manba’lari foydalanmay, zangori energetika va yadro energetikasidan foydalanish eng optimal yo’l ekanini talabalarga turli innovatsion o’quv texnologiyalari yordamida yuqorida keltirilgan holatlarni va yangi avlod energetic qurilmalari ish tamoillarini namoyishli tarzda o’qitishni yo’lga qo’yish lozim. Ayniqsa, bir birlik energiya ishlab chiqarish uchun turli manba’lar qancha xom-ashyo talab etishi va atmosferaga qancha zararli gaz chiqarishini solishtirish ham yadro energetikasi foydasi tomon bo’lishini turli masalalar yechish orqali yechib ko’rsatish maqsadga muvofiq bo’ladi.
    Quyida biz bir birlik energiya olish uchun asosiy energetika manbalarini energiya sarfini o’zaro solishtirish orqali, bular orasidagi farqni taqqoslab, eng afzal manbani masala orqali ajratib olamiz.
    1-na’munaviy masala. Atom elektrostansiyasida 1 g uran panchalanganda hisoblashlarga ko’ra 1 million kkal issiqlik ajralad . 1 kilovatt soat = 860 kkal ga teng ekanligidan, biz 1 kilovatt soat energiya olish uchun qancha uran parchalanishi kerakligini proporsiya orqali tushuntiraman. η =40% , η-foydali ish koeffitsiyenti(AES).
    η=( mf/mu)*100% , mu -topilsa
    1g ------ 106 kkal mu=100 mf / η (1)
    mf ------- 860 kkal mf=0,00086 g, (1)
    ifodaga ko’ra: mu=0.00086*100/40=0.00215 g. Bu yerda, mf -elekrt energiyaga aylanish uchun bo’lingan foydali massa. mu-umumiy bo’lingan massa.
    Demak, mu =0.00215 uran moddasi parchalansa 1 kwt soat elektr energiyasi hosil bo’ladi.
    O’zbekistonda barqaror energetika ta’minotiga erishish masalalari yechimi
    Bugungi kunda yurtimizda elektr energiyaga bo’lgan talab tobora ortib bormoqda. Bunga asosiy sabab qilib yurtimizni tez suratda rivojlaniyotgani, sanoat va ishlab chiqarish korxonalarining borgan sari ko’payib borayotgani, axoli sonining ortishi va hokazo sabablarni keltirsak boladi . Oxirgi 10 yil, balki elektr energiyasi ishlab chiqarilib boshlashidan hisob kitob qilsak, yurtimizda asosan Issiqlik ekektrostansiyasi va Gidroelektrostansiya bizga elektr tokini ishlab chiqargan. Shundan 85 % i issiqlik ekektrostansiyasiga , 15% ni esa gidroelektrostansiya hisobiga to’g’ri keladi.
    Bugungi kunga qadar O‘zbekistonda elektr stansiyalarining umumiy o‘rnatilgan quvvati 14,1 million kVt dan oshadi, shu jumladan, issiqlik elektr stansiyalari 12,5 million kVt yoki yagona energiya tizimi o‘rnatilgan quvvatining 86 foizini tashkil etadi. “Issiqlik elektr stansiyalari” tomonidan 2023-yilning 1-choragi davomida 14,6 mlrd kVt.soat elektr energiyasi va 2 mln Gkall issiqlik energiyasi ishlab chiqarilib yagona energotizimga uzatildi. Bu haqda jamiyat axborot xizmati rahbari Muhammadjon Bekmuhammedov ma’lum qildi. Investitsiya dasturiga asosan 6 ta loyiha doirasida 21,1 mln. AQSH dollari o‘zlashtirilib, belgilangan choraklik reja 112,6%ni tashkil etdi. Hozirgi vaqtda “Toshkent IEM"da har birining quvvati 32 MVtga teng bo‘lgan ikkita gaz turbina qurilmasini qurish va “Tolimarjon IES"ning quvvatini kamida 900 MVtga oshirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, 2023−2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 13 ta energoblok, 31 ta qozon qurilmasi, 9 ta bug‘-gaz qurilmasi va 1 ta gaz-turbina qurilmasini mukammal, o‘rta va joriy ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan. O’zbekistonda energiya ta’aminotini barqarorligi yechimi sifatida rivojlanib borayotgan yashil energetika va Atom elektrostansiyasi birgalikda elektr energiyasi ishlab chiqishi natijasida erishish mumkin. Bu 2030-yilga borib amalga oshishi ko’zda tutilgan. Bu davr oralig’ida esa Issiqlik elektrostansiyasidan foydalanib borilsa maqsadga muvofiqdir, chunki birdaniga bu manbadan kechish, energiya ishlab chiqishda birdaniga pastlashga va rivojlanishning orqaga ketishiga, korxonalar faoliyati va hokazolarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bosqichma- bosqich (tadrijiy) yo’l bilan bularni hammasi o’z yechimini topadi va yurtimizda energiyaga bo’lgan talab to’laqonli bartaraf etiladi.

    Download 320,89 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 320,89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Energetika manbalari orqali 1 birlik energiya olish namunaviy masalalari orqali, ularnin o’zaro taqqoslash

    Download 320,89 Kb.