|
Zangori energiya manbalari afzallik va kamchiliklari
|
bet | 5/13 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 320,89 Kb. | | #267410 |
Bog'liq diplom ishiZangori energiya manbalari afzallik va kamchiliklari.
Zangori energiyani boshqacha, qayta tiklanuvchan energiya deb ham nomlanadi. Xalqaro agentlik ma‘lumotlariga ko‘ra, umumiy energiya ko‘lamida zangori energetikaning ulushi tobora ortib borishi kuzatilmoqda , Alternativ turdagi manbalarga quyosh, shamol, geotermal elektrostantsiyalar, kichik gidroelektr stantsiyalar, bioenergetik qurilmalar, chiqindilarni qayta ishlovchi komplekslar, dengiz va okeanlar yuqori to‘lqinlari oqimini kelishi va qaytishi energiyalari kiradi. Bunda qayta tiklanuvchi energiyalarni to‘rtdan uch qismi quyosh va shamol energiyasiga to‘g‘ri keladi. Bulardan ko‘rinadiki, hamma energiya manbalari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ulardan foydalanishda barcha sabab va oqibatlarni xar tomonlama baholash orqaligina eng optimal variantlari tanlanishi kerak.
Zangori energetikaning asosiy afzalliklari
1. Shamol va quyosh energiya manba‘lari ekologik toza va eng arzon. Global isishga olib keluvchi karbon gazini va turli zaxarli komponentalarni chiqarmaydi.
2. Zangori energiyani olish davomiyligini tugamasligi. Ularni bir marta qurib qo‘yilgach, qo‘shimcha yonilg‘i yoki boshqa xom ashyo sarflanmay tekinga energiya olinaveradi.
3. Texnologik rivojlanish doimo ularni tannarxini pasayishi va samaradorligini ortishiga olib kelib, investorlarni o‘ziga jalb etib boraveradi.
4. Quyosh batareyalari uchun mamlakatimizni serquyoshligi.
5. Kichik gidrostantsiyalari, quyosh va shamol energetik manba‘larini yaratilishida ijtimoiy xayrixoxlik yuqori bo‘lib jamiyatni olqishlamaydigan kayfiyatiga uchramaydi va energiya importini kamayishiga ulush qo‘shadi.
6. Kichik gidrostantsiyalar uchun butun dunyodagi suv oqimlari yashirin quvvat imkoniyatlarini ko‘pligi.
7. Kichik gidrostantsiyalarni katta mablag‘ sarflamasdan tezda yaratish imkoniyatini mavjudligi.
8. Zangori energiyalar ichida gidrostantsiyalarni energiya mustaqilligiga erishishda salmoqli ulush qo‘sha olishi.
9. Ulkan gidrostantsiyalar sanoat ishlab chiqarish extiyojlarini barqarorlikda ta’minlay olishi.
10. Ulkan gidrostantsiyalar dambalari favqulotda suv toshqinlari oqim kuchini kamaytiradi.
|
| |