|
Fizika ta’limi yo`nalishi bitiruvchisi Xudayqulov Pirnazar Mamarayim o’g’lining
|
bet | 3/13 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 320,89 Kb. | | #267410 |
Bog'liq diplom ishiQuyosh energetika qurilmasi — quyosh radiatsiyasi (nuri)ni yutib, uning energiyasini issiqlik yoki elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilma. Issiklik va elektr quyosh energetika qurilmalari bor. Issiqlik quyosh energetika qurilmasida issiq suv, texno-logik bugʻ, chuchuk suv yoki sunʼiy sovuq hosil qilinadi. Elektr Quyosh energetika qurilmasi energiyani oʻzgartirish prinsipiga qarab, fotoelektrik (quyosh batareyasi), termoelektrik, termoemission yoki mashina siklli quyosh energetika qurilmalari boʻlishi mumkin. Yuqori quvvatli (bir necha MVt li) quyosh energetika qurilmasi koʻpincha quyosh energetika stansiyasi deb ataladi
Geotermal elektrstansiyasi yer ostidagi issiqlikni elektr energiyasiga aylantiradigan bugʻ turbinali Elektr stansiyasi dir. Vulqonli hududlarda 2000–3000 m yer ostidagi suvlarning temperaturasi 100° dan yuqori boʻladi. Geotermal elektrstansiyasida suv-bugʻ aralashmasi yer sirtiga chiqarilib, separator qurilmasiga beriladi va suvdan bugʻ ajratiladi. Bugʻ turbinaga, issiq suv isteʼmolchilarga beriladi. Bunday stansiyalar Rossiya, Italiya, Yangi Zelandiya, AQSH va Yaponiyada ishlatiladi.
Shamol elektrstansiyasi (SHES) — shamol oqimining kinetik energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi kurilma. Shamol dvigateli, elektr toki generatori, generator va dvigatelning ishini boshqaruvchi avtomatik qurilma hamda ular oʻrnatiladigan inshootlardan iborat. Shamol elektrstansiyasidan, koʻpincha, shamol oqimining oʻrtacha yillik tezligi yuqori (5 m/sek dan katta) boʻlgan va markazlashtirilgan elektr taʼminot tarmoqlaridan uzoqda joylashgan hududlarda (masalan, Oʻrta Osiyoda — dasht, cho’l va chala cho’llarda) elektr energiyasi manbai sifatida foydalaniladi.
Oʻzbekistonda bunyod etilgan birinchi gidroelektr stansiya Boʻzsuv GES-1 hisoblanadi. Mazkur GES Toshkent shahrining Yunusobod tumani hududida joylashgan. 1923-yil 26-may kuni maxsus tuzilgan komissiyaning qaroriga muvofiq, mamlakatimizda ilk GESning qurilishi jadallik bilan boshlab yuboriladi. GESning qurilishi 1923-yilda boshlangan boʻlib, asosan xalq hashari yoʻli bilan bunyod etilgan. Taʼkidlash joizki, Boʻzsuv GES qisqa muddatda qurilib bitkazildi. Toʻgʻon 94 sutka mobaynida, GES binosi va gidroinshootning asosiy qismi esa 9 oy davomida qurilgan. Boʻzsuv GES 1926-yil 1-mayda ishga tushirilgan boʻlib, quvvati 4 ming kVt.soat ga teng edi. XX asrning 30 yillarida uning quvvati Oʻzbekistonda mavjud boʻlgan barcha GESlardan yuqori boʻlgan. GES Toshkent shahrining sanoat korxonalari, shahar transporti va yaqin hudud aholisini elektr energiyasi bilan taʼminlashda katta ahamiyatga ega boʻlgan. Boʻzsuv GES toʻla avtomatlashtirilgan boʻlib, yagona dispetcherlik punktidan boshqariladi. 1926-yil – Oʻzbekistonda energetikani yanada rivojlantirish bilan tavsiflanadi.
Birlashgan Arab Amirliklarining «Masdar» kompaniyasi Zarafshonda shamol elektrstansiyasini qurishni boshladi. . Mazkur stansiya Navoiy viloyatining Zarafshon tumanida joylashadi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati. 2024 yilning oxirigacha foydalanishga topshirilishi kutilayotgan mazkur stansiya 1,5 mln xonadonga yetarli hajmda elektr energiyani ishlab chiqarishi ko‘zda tutilgan. «Masdar» kompaniyasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi o‘rtasida qurilayotgan elektr stansiyasining loyihaviy quvvatini 500 MVtdan 1,5 GVtgacha oshirish bo‘yicha bitim imzolandi.Dastlab 600 mln dollarga baholangan loyiha kengaytirilgandan so‘ng qariyb 1,8 mlrd dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi kutilmoqda.
2022 yilda Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasi uchun ikkita energoblokdan iborat majmua qurilishi boshlanadi. Ushbu loyihani amalga oshirishda “Rosatom” ishtirok etadi. Yevrosiyo taraqqiyot bankining hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlar orasida o‘zining energetika sohasi uchun eng ko‘p sarmoya jalb qilgan mamlakatdir. Ko‘p tomonlama taraqqiyot banklari (KTB) O‘zbekiston energetika sohasiga 4,7 milliard dollar sarmoya kiritgan bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Yevroosiyo taraqqiyot banki hisobotiga ko‘ra, mintaqaning suv-energetika kompleksiga (SES) KTB investitsiyalarining 46,3 foizi respublika hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistondagi AESning birinchi energobloki 2028 yil oxiriga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
|
| |