• 1.1. Energetika manbalari va ularning turlari Energetika
  • Bitiruv malakaviy ishining maqsadi




    Download 320,89 Kb.
    bet2/13
    Sana11.07.2024
    Hajmi320,89 Kb.
    #267410
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    diplom ishi

    Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Energetika manbalari, turlari haqida chuqur bilimga ega bo’lish. Ularni ekologiyaga ta’siri, insonlar va tabiatga bog’liqligini o’rganish, ularni kelajagi haqida mulohaza qilish, energerikani barqarorlikka erishish yo’llarini topish Bitiruv malakaviy ishining asosiy vazifalari deb belgilab olindi.
    Bitiruv malakaviy ishining predmeti: Barqaror energetika ta’minotiga erishish usullari mazmuni, shakli, omillari, imkoniyatlari va yo’llaridan iborat.
    Ishning strukturasi: Bitiruv malakaviy ishi 94 betdan iborat bo`lib, kirish,uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
    Bitiruv malakaviy ishining e’lon qilinganligi ,, Barqaror energetika ta’minotiga erishish usullari “ mavzusidagi tezis. Yusupov D. A. NamDU katta o‘qituvchisi, Xudayqulov P.M. NamDU 4-kurs talabasi ,,Yarimo’tkazgichlar fizikasi va ular asosidagi qurilmalarning zamonaviy muammolari’’ mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani, Namangan, 12-aprel, 2023-yil.
    Maqolalar ,, Barqaror energetika ta’minotiga erishish usullari “ mavzusidagi ilmiy maqola. Qo’chqarov X.O. NamDU dotsenti (f-m. f .n), Yusupov D. A. NamDU katta o‘qituvchisi, Xudayqulov P.M. NamDU talabasi. Multidisciplinary Scientific journal impact factor, ISSN: 2181-3191, April 2023.
    ,,Gibrid energiya manbalarini loyixalashda turli xildagi energiyamanbalarini xarakterli kursatgichlaridan foydalanish“ Qo‘chqorov X.O. NamDU dotsenti (f-m. f .n), Hamdamova.M, Vazirova.E NamDU Fizika fakulteti magistrantlari , XudoyqulovP.M. NamDU 4-kurs talabasi, Namangan Davlat Universiteti ilmiy axborotnomasi- 2023-yil 1- son /ISSN 2181-0427 journal namdu.uz.
    1.1. Energetika manbalari va ularning turlari
    Energetika — energiyaning har xil turlarini hosil qilish, ularni bir turdan ikkinchi turga oʻzgartirish, muayyan masofaga uzatish va yetkazib berish, ulardan barcha sohalarda foydalanishni hamda shular bilan bogʻliq nazariy va amaliy muammolarni hal qilishni oʻz ichiga olgan xalq xoʻjaligi, fan va texnika sohasi.
    Elektr stansiyasi — elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun moʻljallangan uskunalar, jihozlar va apparatlar, buning uchun zarur inshootlar va binolar majmui, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. Energiya manbalariga qarab, Issiqlik elektrstansiyalari (IES, bugʻ turbinali, gaz turbinali, dizelli), Gidroelektrstansiya(GES), Shamol elektr stansiyasi(ShES), Gidroakkumulyatsiyalovchi elektrstansiyasi, Koʻtarilish suv elektrstansiyasi va Magnitogidrodinamik generatorli elektrostansiyalarga boʻlinadi. Atom elektr stansiyasi, Geotermal (yer issiqligidan foydalanuvchi) stansiyalari va Gelioenergetika stansiyalari Issiqlik elektrstansiyasi jumlasiga kiradi.
    Energetikaning taraqqiyoti koʻp jihatdan mamlakat energiya rusurslari bilan qanchalik taʼminlanganligiga chambarchas bogʻliq. Koʻmir, neft, tabiiy gaz, torf, oʻtin, slanets, suv, elektr va yadro energiyasi, shamol va quyosh energiyasi energetika resurslari hisoblanadi. Energetika resurslari yoqilgʻi (koʻmir, neft, gaz, yadro, torf, slanets, oʻtin) va yoqilgʻi boʻlmagan vositalar (suv, shamol, quyosh energiyasi va boshqalar) ga boʻlinadi. Yoqilgʻi bilan bogʻliq energetika resurslari tiklanmaydigan, yoqilgʻi bilan bogʻliq boʻlmaganlari esa tiklanadigan resurslar hisoblanadi.
    Jahon miqyosida turli yoqilgʻi energetika resurslari miqdorini taqqoslash uchun shartli yoqilgʻi birligi (1 kg yoqilgʻi yonganda 7000 kkal issiqlik ajralishi) qabul qilingan. Jahondagi barcha yoqilgʻi resurslarining (yadro energiyasidan tashqari) potensial zaxiralari 25000 mlrd. tonna shartli yoqilgʻiga teng . Uning 95% i yoqilgʻining qattiq turlariga toʻgʻri keladi. Yadro energiyasining asosiy manbai boʻlgan uran va toriyning zaxiralari dunyo okeani suvlaridagi zaxiralar bilan birga 69000 mlrd. tonna shartli yoqilgʻiga teng .
    Har bir energetika manbasining o’ziga yarasha afzalliklari va shu bilan bir qatorda inson omiliga aloqasi bo’lmagan kamchiliklari ham bor. Shu o’rinda aytib o’tish kerakki, energiya manbalari o’zi qanaqa turlarga bo’linadi? Bu savolga esa quidagi 1-chizma orqali javob topamiz
    Energiya
    Qayta tiklanadigan
    1.Quyosh 2.Shamol 3.Oqar suv manbalaridan foydalanish 4.Bioenergiya 5. Geotermal 6.Dengiz to’lqin energiyasi
    Qayta tiklanmaydigan
    1.Neft 2.Ko’mir 3.Gaz 4.AES
    1-Chizma.Tabiatdagi energiya turlari
    Gidroelektrostansiya (GES) -suv oqimining energiyasini gidravlik turbinalar yordamida elektr energiyasiga aylantirib beradigan gidrotexnika inshootlari va energetika jihozlari majmui. Gidrotexnika inshootlari toʻgʻon yonidagi, derivatsion va aralash turlarga boʻlinadi. Toʻgʻon yonidagi gidroelektrostansiyalarda toʻgʻon yordamida suv sathi koʻtarilib, kerakli bosim hosil qilinadi. Gidroelektrostansiya binosi 3 xil joylashtiriladi: 1) toʻgʻon yonida; 2) toʻgʻondan chetrokda; 3) toʻgʻondan pastda, daryo oʻzanida. Toʻgʻon yonida va daryo oʻzanida quriladigan gidroelektrostansiyalarda suv bosimini toʻgʻon hosil qiladi. Bunday gidroelektrostansiyalar suvi koʻp boʻlgan, tekis oqadigan togʻ daryolariga, soyliklarning toraygan joyiga quriladi.
    Issiklik elektrstansiyalari (IES) — qattiq, suyuq va gaz holatdagi organik yoqilgʻilarning issiqlik energiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan qurilmalar majmui. Asosiy energetik agregatlar qatoriga suv yuradigan quvurlar (trubalar) batareyasidan iborat qozon tizimi, bugʻ turbina (bugʻ dvigatel) lari va turbogeneratorlar kiradi. Qozon tizimiga yuborilgan suv yuqori bosimli bugʻga aylantirilib turbina parraklariga beriladi. Natijada turbina bilan mexanik bogʻlangan generator tegishli tezlikda aylantirilib, mexanik energiya elektromagnit induksiya qonuniga binoan generatorda elektr energiyasiga aylanadi. Issiklik elektrstansiyalarida ishlatiladigan yoqilgʻi issiqlik energiyasining faqat 30% gina foydali elektr energiyasiga aylantiriladi, yaʼni issiklik elektrstansiyalarining foydali ish koeffitsiyenti 30% ga tengdir.
    Atom elektr stansiyasi (AES) — texnologik sxemasi jihatidan issiqlik elektr stansiyalari turiga kiruvchi elektr stansiya. Oddiy issiqlik elektr stansiyalari (TES)da koʻmir, neft, qoramoy (mazut) va gaz yoqilsa, atom elektr stansiyasida yoqilgʻi sifatida uran ishlatiladi. Atom elektr stansiyasining asosiy qismi atom qozoni, yaʼni atom reaktori. Atom elektr stansiyasida, koʻpincha, atom reaktorlarining. 4 tipi qoʻllaniladi: 1) Suv-suvli (bunda susaytirgich moda oʻrnida ham, issiqlik eltuvchi modda oʻrnida ham oddiy suv ishlatiladi); 2) Grafit-suvli (suv — issiqlik eltuvchi, grafit esa susaytiruvchi boʻladi); 3) Ogʻir suvli (oddiy suv issiqlik eltuvchi, ogʻir suv esa susaytiruvchi); 4) Grafit-gazli (gaz — issiqlik eltuvchi, grafit — susaytiruvchi). Zamonaviy atom energetikasida asosan uran235 dan foydalaniladi.

    Download 320,89 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 320,89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruv malakaviy ishining maqsadi

    Download 320,89 Kb.