Turkiyada Yevropaning eng yirik gibrid elektr stansiyasi foydalanishga topshirildi




Download 320,89 Kb.
bet7/13
Sana11.07.2024
Hajmi320,89 Kb.
#267410
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
diplom ishi

Turkiyada Yevropaning eng yirik gibrid elektr stansiyasi foydalanishga topshirildi
Turkiyaning Bingo‘l shahrida Yevropaning eng katta gibrid elektr stansiyasi foydalanishga topshirildi. «Aşağı Kaleköy» deb nomlangan stansiya suv va quyosh energiyasidan foydalangan holda 450 ming xonadonning yillik ehtiyojini qoplovchi 580 megavatt energiya ishlab chiqarish quvvatiga ega.Kalehan Energy Group shirkati tomonidan Murod daryosida qurilgan elektr stansiyasi Turkiyadagi gibrid – aralash usulda ishlovchi ilk inshoot sanaladi. «Aşağı Kaleköy» stansiyasining ochilish marosimida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on videokonferens aloqa vositasida qatnashdi. Turkiya rahbari ehtiyoj yil sayin oshib borayotgan energiya talabini qondirishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari muhim o‘rin tutishi, shu sabab milliy resurslar hisobiga arzon va sifatli energiya ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. 1 million kvadrat metr maydonni egallagan inshoot qurilishi 1 million metrdan ziyod kabel ishlatilgan. Yangi stansiyada 200 ming Quyosh paneli o‘rnatilgan. Mazkur faktlarning o‘zi elektr ishlab chiqaruvchi inshootning mahobatini tasavvur qilish uchun kifoya qiladi. Tahlillarga qaraganda, Turkiya energetika tizimida qayta tiklanuvchi, ya’ni yashil energiya ulushi oshib bormoqda. Masalan, joriy yilning yanvar-iyul oylarida mamlakatda 188,8 mlrd kilovatt/coat energiya ishlab chiqarilgan bo‘lsa, uning 8 mlrd kilovatt-soati quyosh energiyasi sanaladi. Shu tariqa quyosh elektr stansiyalarining umumiy energiyadagi ulushi 4,2 foizga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 9-noyabr kuni prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ayni paytda qurilayotgan «Akkuyu» atom elektr stansiyasi ortidan yana ikkita AES qurish rejasi borligini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, AES elektr taqchilligini bartaraf etib qolmay, iqlim o‘zgarishlarining oldini olish borasidagi sa’y-harakatlarga ham munosib hissa sanaladi. «Akkuyu» – Turkiyada «Rosatom» bilan hamkorlikda qurilayotgan birinchi atom elektr stansiyasidir. 22 milliard dollarli loyiha 4 ta blokni o‘z ichiga oladi. Birinchi blok 2023-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Download 320,89 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Download 320,89 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Turkiyada Yevropaning eng yirik gibrid elektr stansiyasi foydalanishga topshirildi

Download 320,89 Kb.