Energetika manbalarini barcha xarakteristikalarini taqqoslash orqali ularni eng afzalini aniqlash




Download 320,89 Kb.
bet10/13
Sana11.07.2024
Hajmi320,89 Kb.
#267410
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
diplom ishi

Energetika manbalarini barcha xarakteristikalarini taqqoslash orqali ularni eng afzalini aniqlash.
Energiya manbalarini ichida, bizga yuqori sarmoya berayotgan energiya manbalarini alohida ajratib,ularni asosiy energetika manbalari deb ataymiz. Bularga Atom elektrostansiyasi (AES), Gidroelektrostansiya (GES), Issiqlik elektrostansiyasi (IES), Quyosh elektrostansiyasi (QES), SHamol elektrostansiyasi (SHES) kiradi. . Bu energetika manbalarining umumiy energiyadagi ulushi anchayin salmoqlidir. Barcha energiya manba’larini taqqoslash va ularning mamlakatimizdagi imkoniyatlarini baholab , ekologiya va salomatlikka zarari kata bo’lgan tabiiy qazilmali yonilg’i manba’lari foydalanmay, zangori energetika va yadro energetikasidan foydalanish eng optimal yo’l ekanini talabalarga turli innovatsion o’quv texnologiyalari yordamida yuqorida keltirilgan holatlarni va yangi avlod energetic qurilmalari ish tamoillarini namoyishli tarzda o’qitishni yo’lga qo’yish lozim. Energiya ta‘minoti bo‘yicha eng muhim ko‘rsatgichlar: barqarorlik, uzoq muddatlilik, yetarli quvvat bilan ta‘minlay olish, ekologik havfsizlik, qurilishni o‘rtacha harajati kabilar orasida yadro, gidro, shamol, quyosh energiyalari manba‘larini boshqalariga nisbatan afzalligi bor. Shu manba‘larni rivojlantirilishini dunyo miqiyosida ko‘rilganda quyosh va shamol energiya manba‘lari tannarxi yil sayin tushib borishi va foydali ish koeffitsientini ortib borishi evaziga ularni soni keskin ortmoqda. Shamol va quyosh energetikasi rivojlangan mamlakatlar qatoriga Xitoy, AQSH, Yaponiya, Italiya, Ispaniya, Germaniya, Angliya va Frantsiyani kiritish mumkin. Bu mamlakatlarda qayta tiklanuvchan energiya manba‘larini har tomonlama qo‘llab quvvatlash va shamol generatorlari bilan quyosh batareyalari tayyorlash texnologiyasini mukammallashuvi va tannarxini pasayishi hisobiga ularning umumiy energiyadagi ulushi keyingi to‘rt yilda ikki martaga oshdi. Shamol energiyasini kamchiligi esa, shamol tezligiga bog‘liqligi bo‘lib, dengiz va okean yaqinidagi davlatlarda potentsial imkoniyat katta bo‘ladi. Quyosh elektrostatsiyalarini kamchiligi kunlar, fasllar davomidagi o‘zgarishlarga va ob-xavoga bog‘liqligi sanaladi. Shuning uchun serquyosh o‘lkalarda ularning potentsial imkoniyatlari katta. Gidroeenergetika istiqbollari o‘z-o‘zidan ma‘lumki, qayerda suvning harakat energiyasi katta bo‘lsa, shu joylarda ulardan yuqori quvvatli manba‘lar olish mumkin. Shuning uchun sokinlikda oqadigan daryolarda potentsial imkoniyatlar kam bo‘ladi.

Download 320,89 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 320,89 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Energetika manbalarini barcha xarakteristikalarini taqqoslash orqali ularni eng afzalini aniqlash

Download 320,89 Kb.