Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi




Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/66
Sana13.01.2024
Hajmi2,92 Mb.
#136647
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   66
Bog'liq
MONOGRAFIYA M.K.Ismailov xorijda nashr etilgan

 
 
 
 
 


136 
UMUMIY XULOSA 
Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish muammosining 
nazariy jihatdan anglanishi bugungi kunda jadal amalga oshmoqda. Nazariy nuqtai-
nazardan sanogen tafakkur mazmuni sog’lom fikr yuritish, inson tafakkur tarzining 
ijobiy yo’naltirilganligi bilan izohlanadi. Zamonaviy sharoitda amalga oshirilayotgan 
tadqiqotlarda sanogen tafakkur insondagi salbiy hissiy kechinmalarni nazorat qilish, 
uning salomatligini ta’minlash, o’quv faoliyati samaradorligini oshirish hamda shaxs 
refleksiv ko’nikmalari bilan bog’liqlikda ko’rib chiqilmoqda. 
Tahlil natijalari ko’ra, sanogen tafakkur - bu insonning o’z bilimlaridan to’g’ri 
foydalana olishi va shaxs resurslarining (imkoniyatlari) o’sish dinamikasini 
ta’minlovchi individual-psixologik xususiyat. Sanogen tafakkur sog’lomlashtiruvchi, 
qo’llab-quvvatlovchi va ruhlantiruvchi fikrlash tarzi bo’lib, sanogen fikrlash shakli 
bu ma’lum bir algoritmdan foydalangan holda fikr yuritish va o’rganishning shaxsiy 
patogen (nosog’lom fikrlash) streotiplarini qayta ko’rib chiqish va tartibga 
keltirishdan iborat. Shuningdek, muayyan faoliyat davomida yuzaga keladigan 
muammo va qiyinchiliklarni to’g’ri aks ettirish qobiliyati. 
Sanogen tafakkur tushunchasi pedagogik jihatdan tahlil qilinganda, ta’lim-
tarbiya jarayoni bilan bog’liq holda yuzaga keladigan pedagogik muammolar va 
hissiy kechinmalarga nisbatan kognitiv baholash ustuvorligi tezisiga asoslanadi, bu 
talaba o’z fikrlarini his-tuyg’ularga ta’sir qilish uchun ishlatishi va kognitiv baholarni 
o’zgartirish orqali pedagogik faoliyat bilan bog’liq muammolarni hal qilishning 
konstruktiv usullariga oid ko’nikmalarni egallash jarayoni hisoblanadi. 
Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish o’ziga xos 
psixologik-pedagogik xususiyatlarga ega bo’lib, mazkur jarayon samaradorligini 
ta’minlashda ob’ektiv (ijtimoiy muhit), sub’ektiv (psixologik) va pedagogik omillar 
ta’sirini inobatga olish lozim. 
Sanogen tafakkurning rivojlantirilishi bo’lajak o’qituvchilarning shaxsiy va 
kasbiy jihatdan muvaffaqiyatga erishishini, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning 
samarali mexanizmlarini o’zlashtirishini ta’minlaydi. 
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, insonning tafakkuri qanchalik 


137 
sog’lom bo’lsa, uning ruhiyati, jismi shunchalik sog’lom ezgulikka yo’nalgan 
bo’ladi. Insonning fikrlash tarzi qancha sof, erkin bo’lsa, u shuncha zararsiz fikrlaydi. 
Bugungi kunda go’zal xulq, to’g’ri aqida asosida tarbiyalangan, ehtiyotkor, sog’lom 
fikrlay oladigan inson hayotda aql-idrok bilan ish tuta oladi. Iymon e’tiqodda sobit 
turadi, erkin va mustaqil fikrlay oladi, har xil aldovlarga uchmaydi hamda g’arazli 
tashviqotlarga berilmaydi. Bunday sifatlarga ega bo’lgan shaxs sog’lom tafakkur 
egasi hisoblanadi. Shu jihatdan olganda, yoshlarda sanogen tafakkurni shakllantirish 
va rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. 


138 

Download 2,92 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   66




Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi

Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish