76
fikrlar, tasavvurlar, his-tuyg’ular, tajribalar, tushunchalar va shu kabi holatlarni o’z
ichiga olgan ong faoliyati sifatida namoyon bo’luvchi fikriy ko’nikmalardir. Demak,
ushbu komponent bizga insonning ichki dunyosi va ma’naviyati haqidagi yangi
tasavvurlarga ega bo’lishimizga imkon beradi.
Ekstrospektsiya (lot. extra - tashqi va spectare - kuzatuv) –
bu ongni tashqi
dunyo ob’ektlariga yo’naltirish, yoki harakat usulini aks ettirish shakli. Ushbu
komponentni yana quyidagicha izohlashimiz mumkin: bizning boshqa sub’ektga
nisbatan hamda boshqa bir sub’ektning esa bizga nisbatan qanday munosabatda
bo’layotganligini tushunishimiz va tahlil qilishimizda namoyon bo’ladi. Shuningdek,
bunda shaxs boshqalarga o’z ta’sirining imkoniyatlari natijalarini tahlil qiladi. Shu
jihatdan, bo’lajak o’qituvchilarning kelgusidagi o’quvchi va shaxslar bilan o’zaro
muloqoti faoliyatida ekstrospektiv ko’nikmalar muhim ahamiyat kasb etadi.