• 1.2-§. Bo’lajak o’qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar va uning o’ziga xos xususiyatlari
  • Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi




    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/66
    Sana13.01.2024
    Hajmi2,92 Mb.
    #136647
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
    Bog'liq
    MONOGRAFIYA M.K.Ismailov xorijda nashr etilgan

    Birinchidan, yaqin vaqtgacha sanogen tafakkur muammosi va uning 


    29 
    o’quvchilarda shakllanishi jarayoni asosan psixolog olimlar tomonidan ko’rib 
    chiqilgan. Ammo zamonaviy voqelik nuqtai-nazaridan, uning pedagogik jihatlarini 
    o’rganish va uni rivojlantirish uchun jiddiy ehtiyoj mavjud. 
    Ikkinchidan, sanogen tafakkur shaklining pedagogik hodisa sifatida mohiyatini 
    ochib berish, uning tarkibiy qismlarini aniq belgilash, shaxsning sog’lom fikrlashga 
    nisbatan barqaror munosabatlarini belgilovchi omillarni aniqlash lozim. 
    Uchinchidan, pedagog kadrlarni tayyorlash xalqaro dasturida talabalar 
    faoliyatini rivojlantirishning “fikriy amaliyot”ga (reflective practitioner) 
    yo’naltirilgan taktikasini takomillashtirish masalasi bo’lajak o’qituvchilarda sanogen 
    tafakkur xususiyatlarini rivojlantirishga hissa qo’shadigan pedagogik shart-
    sharoitlarni aniqlashtirishni va ilmiy tadqiq etishni talab etadi. 
    1.2-§. Bo’lajak o’qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirishga ta’sir 
    etuvchi omillar va uning o’ziga xos xususiyatlari 
     
    Yangi O’zbekiston “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” tamoyili asosida 
    taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo’ydi. Yangi davr shiddati va talablari 
    ta’lim-tarbiya tizimiga ham o’zining aniq, qat’iy talablarini qo’ymoqda. Zero, - “… 
    bu ikki jarayon o’zaro uyg’un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy 
    fazilatlarga ega, yuksak ma’naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va 
    jismonan sog’lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi 
    bo’lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi”
    6
    . Shundan kelib chiqqan holda 
    aytish mumkinki, zamonaviy oliy ta’lim tizimida o’quv-tarbiya jarayoni shaxsiy 
    insonparvar yondashuv tamoyili asosida tashkil etilishi hamda talabalarda yangicha 
    innovatsion fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilishi lozim. 
    Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish jarayoni murakkab, 
    ko’p qirrali ko’rinishga ega bo’lib, bunda avvalombor, sanogen tafakkurning tarkibiy 
    komponentlari, o’ziga xos xususiyatlari va uni rivojlantirishga ta’sir ko’rsatuvchi 
    omillarni alohida-alohida ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Boshqacha aytganda, 
    6
    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya 
    kontseptsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1059-son Qarori 1-ilovasi. // Qonun 
    hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2020 y., 09/20/1059/4265-son. 3 b. 


    30 
    «sanogen va patogen tafakkur nima?», «ular qanday o’ziga xosliklarga ega?», 
    «sanogen tafakkur qanday xususiyatlarga ega?», “sanogen tafakkur qanday tarkibiy 
    komponentlardan iborat?” kabi savollarga javob topish talab etiladi.
    Shu o’rinda haqli bir savol tug’iladi: “Nima uchun bo’lajak o’qituvchilarda 
    sanogen tafakkurni rivojlantirish kerak?”, “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining 
    tafakkuri, fikrlash tarzi, ularning yosh va individual psixologik o’ziga xosliklari 
    mazmuni qanday?”. 
    Biz bo’lajak o’qituvchilar deganda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi 
    talabalarni tushunamiz. Yosh davrlari va pedagogik-psixologiyada bu davr o’spirinlik 
    davri deb nomlanadi. O’spirinlik davri, asosan, unda mustaqil hayotning boshlanishi 
    bilan xarakterlanadi. Hayotdagi bu o’zgarishlar talaba shaxsiga, uni o’zini anglashiga 
    ta’sir ko’rsatadi. O’spirinlik davrida bilishga oid qiziqish ko’lami tobora amaliy 
    xususiyat kasb etib boshlaydi. O’spirinlarda sezgirlik, kuzatuvchanlik yanada 
    rivojlanib boradi, mantiqiy xotirasi, eslab qolishning oqilona yo’li sifatida ta’lim 
    jarayonida yetakchi vazifani ado eta boshlaydi. Oliy ta’limda o’qish davomida 
    tafakkurning rivojlanishi bilan birgalikda talabalarning nutq boyligi ham rivojlanadi. 
    O’spirin turli janrdagi adabiy asarlarni o’qishi, tushunishi orqali mustaqil fikr 
    yuritish, mulohaza qilish va munozaraga kirishishga o’rganib boradi. 
    Talabalik yillarida yoshlarning hayoti va faoliyatida o’zini o’zi kamolotga 
    yetkazish jarayoni muhim rol o’ynaydi, lekin o’zini boshqarishning tarkibiy qismlari 
    (o’zini-o’zi tahlil qilish, nazorat etish, baholash, tekshirish va boshqalar) ham alohida 
    ahamiyat kasb etadi. Mazkur yosh davrida ideal (yuksak, barqaror, barkamol) 
    «Men»ni real (aniq, haqiqiy) «Men» bilan taqqoslash orqali o’zini-o’zi 
    boshqarishning tarkibiy qismlari amaliy ifodaga ega bo’ladi. Talabaning nuqtai 
    nazaricha, ideal «Men» ham muayyan mezon asosida yetarli darajada tekshirib 
    ko’rilmagan, shuning uchun ular goho tasodifiy, g’ayritabiiy his etilishi muqarrar, 
    binobarin, real «Men» ham shaxsning haqiqiy bahosidan ancha yiroqdir. Talaba 
    shaxsining takomillashuvida bunday ob’ektiv qarama-qarshiliklar o’z shaxsiyatiga 
    nisbatan ichki ishonchsizlikni, o’qishga nisbatan esa salbiy munosabatni vujudga 
    keltiradi. Bu esa, talabalarda sanogen tafakkurni rivojlantirish masalasini ijtimoiy 


    31 
    zaruriyat sifatida belgilaydi. Shundan kelib chiqib, dastlab sanogen fikr yuritish 
    mazmunini ilmiy asosda o’rganish va bo’lajak o’qituvchilarda sog’lom tafakkurni 
    rivojlantirish jarayoniga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashtirish lozim. 
    Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish murakkab jarayon 
    bo’lib, mazkur jarayonda bir qator omillar ta’sir ko’rsatishini inobatga olish lozim. 
    Sanogen tafakkur muammosini tadqiq etuvchi tibbiy-falsafiy yo’nalishda sog’lom 
    turmush tarzi bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy gigienik qoidalar yig’indisi, tibbiy 
    terapiya vositalari va ma’naviy hamda moddiy olam uyg’unligi omil sifatida 
    baholansa, pedagogik-psixologiya yo’nalishidagi ilmiy tadqiqot ishlarida esa 
    ijtimoiy-pedagogik omillarni tadqiq etishga alohida e’tibor qaratiladi. 
    Sh.Shodmonova tomonidan amalga oshirilgan tadqiqot ishida talabalarda 
    mustaqillik tafakkurini rivojlantirishning pedagogik-psixologik omillari va 
    vositalarini ajratib, mazkur jarayonda ta’sir etuvchi tarbiyaviy munosabatlar va 
    tarbiyaviy jarayonlarning mavjudligiga e’tibor qaratgan (inson-inson, inson-tabiat-
    inson, inson-texnika-inson, inson-san’at-inson munosabatlari).
    Pedagog olim B.Xodjayev o’zining tadqiqot ishida umumta’lim maktabi 
    o’quvchilarining tarixiy tafakkurini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarni uyg’un 
    holatda o’rganib, to’rt guruhga ajratib ko’rsatadi: ijtimoiy-siyosiy, milliy-ma’naviy, 
    psixologik va pedagogik. Shu o’rinda ta’kidlab o’tishimiz lozimki, tadqiqotchi 
    tomonidan tasnif etilgan tarixiy tafakkurni rivojlantirishga ta’sir etuvchi psixologik 
    va pedagogik omillar bo’lajak o’qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirish 
    jarayoniga ham taalluqli hisoblanadi. 
    Sanogen tafakkur o’zida mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini ham taqozo etadi. 
    J.Musayev shaxsda mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishni ta’minlovchi 
    quyidagi omillarga o’z e’tiborini qaratgan: 
    • nazariy bilimlarning mavjudligi; 
    • mavjud muammolarni tahlil eta olish ko’nikmalarining shakllanganligi; 
    • o’zgalar fikrini tinglay olish ko’nikmasiga egaligi; 
    • o’z faoliyatini maqsadli tashkil eta olishi; 
    • orttirilgan tajribalarga tayana olishi; 


    32 
    • atrof-muhit bilan ishchan muloqot o’rnata olishi.
    Inson tafakkurini shakllantirish va rivojlantirishga doir amalga oshirilgan 
    ilmiy-tadqiqot ishlari tahlili asosida bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni 
    rivojlantirishga ta’sir etuvchi asosiy aspektlarni (omillar) shartli ravishda uch guruhga 
    tasniflash belgilab olindi: ob’ektiv, sub’ektiv va pedagogik omillar.
    Bizga ma’lumki, inson tafakkurining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi ob’ektiv 
    (tashqi, ijtimoiy muhit) omillar alohida ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan, bo’lajak 
    o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishda ob’ektiv omillar sifatida oila, ota-
    ona munosabatlari, oiladagi sog’lom tarbiya va sog’lom muhit, tengdoshlar jamoasi, 
    ijtimoiylashuv jarayoni kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratish lozim (1.2.1-rasm). 

    Download 2,92 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bo’lajak o’qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi

    Download 2,92 Mb.
    Pdf ko'rish