8
bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning refleksiv
texnologiyasini ishlab chiqish.
Tadqiqotning ob’ekti sifatida bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni
rivojlantirish jarayoni belgilandi.
Tadqiqotning predmetini pedagogik-psixologik fanlarni o‘rganish jarayonida
bo‘lajak o‘qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirish mazmuni, shakl, metod
va vositalari tashkil qiladi.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqotda muammoga doir adabiyotlarni qiyosiy-
tanqidiy o‘rganish va tahlil etish; sotsiometrik metodlar (suhbat, anketa, so‘rovnoma,
intervyu, test); pedagogik-psixologik metodikalar, modellashtirish, pedagogik
eksperiment; natijalarni matematik va statistik tahlil etish kabi ilmiy-tadqiqot
metodlaridan foydalanildi.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilarda o‘z aksini topgan:
bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurning rivojlanganlik darajasini
belgilashga doir diagnostik vositalar ishlab chiqilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan
“Sanogen fikrlashni o‘rganamiz” nomli to‘garak mashg‘ulotlari dasturi ishlab
chiqilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning refleksiv texnika
va usullari majmui ishlab chiqilgan;
“Bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi” nomli
metodik qo‘llanma nashr ettirilgan.