• I BOB. BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA SANOGEN TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
  • Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati




    Download 2.92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/66
    Sana13.01.2024
    Hajmi2.92 Mb.
    #136647
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
    Bog'liq
    MONOGRAFIYA M.K.Ismailov xorijda nashr etilgan
    Bank ishi, Таржимаи ҳол бланкаси, MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI Hasan А.У.Е , Умумий психология, 007 2 KURS ALGEBRA Mavzu 9, Insoniyat tarixidagi 100 eng nufuzli shaxs - Vikipediya, Shahloxon, moliya, DAY 10 ARTICLE WORDLIST, Ona tili darslarida qo’llaniladigan samarali metodlar Reja (1), O’zbekistonning eng yangi tarixi, 2-маъруза (1), xirurgiya mustaqil ish, INGLIZ TILIDA ENG KOP ISHLATILADIGAN SO, Bo\'ronov Nuriddinning matematik analiz fanidan kurs ishi
    Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining 
    ilmiy ahamiyati ta’limni axborotlashtirish sharoitida talabalarda sanogen tafakkur va 
    talabalar tafakkurini rivojlantirishga doir ma’lumotlarning talqiniga oid zamonaviy 
    mulohazalar ko‘lamining kengaytirilganligi, pedagogik-psixologiyaning yangi 
    xulosalar bilan boyitilganligi, ya’ni bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni 
    rivojlantirish jarayonining umumiy refleksiv ko‘nikmalar bilan o‘zaro uyg‘unligi 
    dinamikasining aniqlanganligi, uning qirralari ifodalanganligi va talqin qilinganligi, 
    bo‘lajak o‘qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirishda refleksiv yondashuv 



    modernizatsion vositasi ekanligi empirik asoslanganligi, oliy ta’lim muassasalari 
    talabalarida sanogen tafakkurni rivojlantirish jarayoni texnologik yondashuvga 
    asoslangan holda tashkil etishga bog‘liqligi nazariy materiallar asosida boyitilganligi 
    bilan izohlanadi. 
    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati refleksiv yondashuv asosida bo‘lajak 
    o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish modeli, auditoriyadan tashqari 
    mashg‘ulotlar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish 
    yo‘llarining ishlab chiqilganligi bilan belgilanadi. Tadqiqot natijalaridan pedagogika 
    ta’lim sohasi malaka talablari, o‘quv dasturli, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini 
    yaratish, auditoriyadan tashqari tadbirlarni loyihalash, pedagog kadrlarni qayta 
    tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida foydalanish mumkin. 


    10 
    I BOB. BO’LAJAK O’QITUVCHILARDA SANOGEN TAFAKKURNI 
    RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI 
    1.1-§. Sanogen tafakkur muammosining pedagogik-psixologik tadqiqotlarda 
    o’rganilishi 
     
    Ma’lumki, har qanday jamiyatning ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiyotini inson 
    tafakkuri va aqliy salohiyati, ma’naviyati va madaniyati belgilab beradi. Insondagi 
    ushbu hislatlar bevosita ta’lim dargohlarida shakllanadi va rivojlanadi. Shu bois ham 
    yosh avlodga ta’lim – tarbiya berish, ularning intellektual bilimlarini, tafakkurini
    rivojlantirish va ularni qo’llab quvvatlash dolzarb ijtimoiy ehtiyojlardan sanaladi. 
    Mazkur masala esa, O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimi oldida turgan 
    asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. 
    Dunyo sivilizatsiyasi rivojlanishining hozirgi sur’ati, tabiiy va ijtimoiy 
    genezisning tobora ortib borayotganligi, inson hayoti dinamikasining intensivligi, 
    mamlakatimizda sodir bo’layotgan qayta qurish va islohotlar jarayonlarining 
    murakkabligi shaxsda turli xil hissiy-emotsional va ruhiy zo’riqish omillari bo’lib 
    xizmat qiladi. SHu sababli, zamonaviy ta’limning muhim vazifasi bu kabi omillarga 
    bardosh bera oladigan, pozitiv va dialektik fikrlay oladigan, sodir bo’layotgan 
    voqealarni to’g’ri idrok eta oladigan, real optimistik prognozlarga, ya’ni sanogen 
    tafakkurga ega bo’lgan shaxsni tarbiyalashdir. 
    Zero, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: 
    “Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish 
    uchun avvalo ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat kerak. Ilm yo’q joyda qoloqlik, jaholat 
    va albatta, to’g’ri yo’ldan adashish bo’ladi. Sharq donishmandlari aytganidek“Eng 
    katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta 
    qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!”
    5
    . Shu sababli barchamiz uchun zamonaviy 
    bilimlarni o’zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo’lish 
    uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. 
    O’zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida izchillik bilan amalga 
    5
    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil uchun mo’ljallangan mamalakatni 
    rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlar bo’yicha Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil 28 yanvar. 


    11 
    oshirilayotgan ta’lim-tarbiya sohasidagi strategik vazifalarning asosiy yo’nalishi 
    sog’lom fikr yurita oladigan, jamiyat va shaxs manfaatlari uchun zarur bo’ladigan 
    rivojlanish istiqbollarini aniq belgilaydigan mutaxassislar tayyorlash masalalariga 
    qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Bu esa, talabalarning sanogen fikrlash 
    ko’nikmalarini rivojlantirish va uning innovatsion pedagogik asoslarini ishlab chiqish 
    zaruratini yuzaga keltiradi. SHu sababli, bo’lajak o’qituvchilarning sanogen 
    tafakkurini rivojlantirish muammosini o’rganish, zarur pedagogik-psixologik shart-
    sharoitlarni tadqiq etish va mazkur jarayonga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashtirish 
    asosiy vazifalar sifatida belgilanishi lozim. 
    An’anaga ko’ra, pedagogika va psixologiyada tafakkur jarayoni ko’pincha 
    ma’lum bir muammoni hal qiladigan aqliy harakatlar majmui bilan bog’lab 
    ko’rsatiladi. Qoida tariqasida, fikrlash tashqi narsalar bilan bog’liq. Biroq, ichki 
    muammolar, masalan, kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatsizlik, xafagarchilik, shaxsiy 
    va ijtimoiy-psixologik to’siqlar, turli xil muammo va boshqalar inson uchun ko’proq 
    ahamiyatga ega. Shuning uchun ham bu kabi salbiy holatlarni oldini olish va bartaraf 
    etish muhim hisoblanadi. Ammo muammo shundaki, ta’lim jarayonida bunday 
    fikrlash o’rgatilmaydi. Bundan tashqari, ko’pincha o’qituvchilarning o’zi ichki 
    nizolarni yengishga qodir bo’lmagan insonlar sifatida namoyon bo’lishadi. Shu 
    munosabat bilan ta’lim muassasalarida qulay shart-sharoitlar yaratish zarur bo’lib, 
    unda o’quv jarayonining ishtirokchilari yangi tafakkur turini - fikrlash faoliyatini 
    jonlantiradigan, ichki ziddiyatni bartaraf etadigan, ijobiy munosabatni 
    shakllantirishga xizmat kiladigan yangicha fikrlash tarzini o’zlashtirishi kerak. Ilmiy 
    adabiyotlarda bunday fikrlash “sanogen tafakkur” deb ataladi. Dastlab, inson 
    tafakkurining shakllanishi va rivojlanishi masalasiga to’xtalamiz. 
    Inson tafakkuri muammosi ko’pgina fan sohalarining tadqiqot ob’ekti bo’lib 
    hisoblanadi. Jumladan, falsafa fani materiya bilan tafakkurning o’zaro munosabatini, 
    shuningdek, tafakkur yordami bilan olamni bilish (anglash) yo’llari va 
    imkoniyatlarini o’rganadi. Formal logika esa tafakkur formalari (tushuncha, hukm, 
    xulosa chiqarish)ni tekshiradi. Tafakkurning sotsiologik aspektida uning jamiyatning 
    turli formatsiyalariga sotsial strukturasiga bog’liq ravishda tarixiy taraqqiyot jarayoni 


    12 
    tahlil qilinadi. Fiziologiya fanida tafakkurni yuzaga keltiruvchi miya mexanizmlari 
    tadqiq etiladi. Kibernetika fanida EHMlarda insonlarning fikrlash faoliyati 
    informatsion jarayon tariqasida umumiy va xususiy jihatlari yoritib beriladi.
    Psixologiyada tafakkur voqelikni umumlashtirish darajasiga, muammoni 
    yechish vositasi xarakteriga, ob’ektning sub’ekt uchun yangiligi, shaxsning faollik 
    ko’rsatish darajasiga ko’ra bir necha turlarga ajratib tadqiq qilinadi. Bunda tafakkur 
    fikrlash faoliyati sifatida qaralganda, inson tomonidan muammoning (topshiriq) 
    yechimini topish nazarda tutiladi. Bu borada topshiriq shartlari va sub’ekt oldiga 
    qo’yiladigan shartlar, qo’yilgan shartlar mohiyatining shaxs tomonidan anglanilishi, 
    qabul qilinishi va boshqa jihatlar sinchkovlik bilan kuzatiladi hamda o’rganiladi. Shu 
    o’rinda, topshiriqning yechimini topish shaxsning ehtiyoji va motivlari bilan bog’liq 
    holda olib qaraladi, fikr yuritish faoliyatida muammo yechimini qidirishni 
    boshqarishda insonning hissiy kechinmalari alohida rol o’ynaydi. Shuningdek, 
    psixologiya tafakkurning filogenetik, ontogenetik, kognitiv, tarixiy, operatsional va 
    funktsional jihatlarini ham tadqiq etadi. 
    Pedagogik fanlar doirasida esa shaxs dunyoqarashini shakllantirish, uning ongini 
    o’zgartirish, tafakkur yuritish qonuniyatlarini falsafiy-pedagogik jihatdan asoslash, 
    aqliy va jismoniy tarbiyani olib borish, ijtimoiylashuv muammolarini o’rganish bilan 
    bog’liqlikda tafakkurni rivojlantirish jarayonining pedagogik-psixologik tamoyillari, 
    qonuniyatlari, tashkil etish shakllari, metod va vositalarini aniqlashtirishdan iborat. 
    Sanogen tafakkurning rivojlanish tarixini tadrijiy o’rganish uning uzoq yillar 
    avval shakllanib boshlaganini ko’rsatadi. Ta’lim jarayonida shaxs dunyoqarashi va 
    tafakkurini barqaror rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari eng qadimgi 
    yozma manbaalar hamda Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, 
    A.Navoiy, A.Avloniy kabi Sharq mutafakkirlarining qomusiy asarlarida yoritib 
    berilgan. 
    “Avesto” ko’plab qo’lyozma manbaalar singari qomusiy mohiyatga ega bo’lgan 
    asar hisoblanib, unda inson tafakkuri bilan bog’liq va boshqa ko’plab masalalar 
    xususida falsafiy mushohadalar yuritiladi. Zardushtiylik ta’limoti asosan “Andeshai 
    nek” (pok e’tiqod, yaxshi fikr), “Guftori nek” (to’g’ri, rost so’z), “Kirdori nek” 


    13 
    (yaxshi amal)ga suyanadi. Ushbu axloqiy uchlik g’oyasi eng qadimgi davrlardan 
    boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yaratilgan barcha 
    ma’rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo’lgan. Shu bilan birga, unda 
    insonning inson sifatida ma’naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur 
    bo’lgan muayyan talablar o’z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida Sharq, balki 
    G’arb xalqlarining ham muhim ma’naviy merosi bo’lib hisoblanadi. 
    “Avesto”ning tub ma’no-mohiyatini belgilab beradigan uch asosiy g’oya “ezgu 
    fikr, ezgu so’z, ezgu amal” degan tamoyilda hozirgi kun uchun ham behad ibratli 
    bo’lgan saboqlar borligini ko’rish mumkin. “Ezgu niyat, so’z va ish birligini jamiyat 
    hayotining ustivor g’oyasi sifatida talqin etish bizning bugungi ma’naviy ideallarimiz 
    bilan naqadar uzviy bog’liq, nechog’li mustahkam hayotiy asosga ega ekani, ayniqsa 
    e’tiborlidir”, deb ta’kidlagan edi O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti 
    I.A.Karimov. 
    Birgina “Yaxshi fikr” iborasining mazmuni o’zida ilohiy qonun ruhidagi 
    g’oyalarga ega bo’lish, yaqin kishisiga nisbatan mehribonlik ko’rsatish, fikrlashdagi 
    sog’lomlik, yovuzlikni qoralash, yomon fikr yuritmaslik, kishilarning baxt-saodati 
    yo’lida harakat qilish, ahillik, barcha insonlar bilan birga do’stlik va hamjihatlikda 
    yashashga intilish ruhidagi niyat va fikrlar musaffoligini aks ettiradi.
    Sog’lom fikr yuritish bilan bog’liqlikda “Avesto”da quyidagi fikr keltirilgan: 
    “Inson fikran ham boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Ezgu niyatli kishi darg’azab 
    bo’lmaydi, jaholatlarga berilmaydi. Zero, bunday ruhiy holatda bo’lmagan inson 
    yaxshilik haqida o’ylamaydi, burch va adolat haqida unutadi hamda nojo’ya 
    harakatlar qiladi”. 
    “Avesto”dagi uchlikning asosiy mazmuniga yondashiladigan bo’lsa, fikr, so’z 
    va ishning birligiga har bir insonda bo’lishi lozim bo’lgan xususiyatlar sifatida qarash 
    mumkin. Shuningdek, har bir shaxsning ongi, dunyoqarashi, axloqi va hayot haqidagi 
    tasavvurlari o’zi mansub bo’lgan jamoa bilan uzviy bog’langan. Xullas, “Avesto”da 
    insonning barkamol bo’lib yetishishida uning so’zi, fikri hamda ishi ezgu bo’lishi va 
    ezgulikning tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e’tibor beriladi. 


    14 
    Markaziy Osiyo mutafakkirlarining asarlarida shaxs kamoloti haqidagi fikrlari, 
    axloqiy yetuklik va mukammallik haqidagi g’oyalari ilm-fan, madaniyat, san’at, 
    adabiyot, falsafa, diniy fikrlar taraqqiyoti insoniyat tafakkur xazinasiga qo’shilgan 
    katta hissa bo’lib, asrlar mobaynida dunyo xalqlarini o’zining sermazmunligi, 
    universalligi va insonparvarligi bilan hayratga solgan. 
    Buyuk olim Abu Nasr Forobiy aql orqali tafakkur yordamida bilishning o’ziga 
    xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qilgan. Tafakkur mavhumlikka, umumiylik, 
    bilvositalilikka, ya’ni sezgilar orqali bilish xususiyatlariga ega deb tushuntiradi. 
    Avvalo, har qanday insonning mohiyati uning aqlida ekanligiga alloma diqqatni 
    qaratib, quyidagi fikrni keltirib o’tgan: “Inson mohiyati aqlda, aqlning mohiyati 
    harakatda namoyon bo’ladi”. Forobiy ta’limotiga ko’ra, tafakkur orqali inson 
    materiyaning sezgilarga noma’lum bo’lgan tomonlarini, umumiy qonuniyatlarini, 
    mohiyatini biladi, san’at, ilm-fan to’g’risidagi bilimlarga ega bo’ladi. Forobiyning 
    ijodiy fikr yuritish, tafakkur xususiyatlari haqidagi fikrlari hozirgi kunda ham o’z 
    ahamiyatiga ega. 
    Sanogen tafakkur bilan bog’liq nazariy-metodologik masalalarni hal qilishda 
    Abu Rayhon Beruniy hamda Ibn Sinolarning fikrlariga alohida e’tibor qaratish lozim. 
    Beruniy – ta’lim va tarbiya masalalariga chuqur qiziqqan. Insonning boshqa 
    mavjudotlardan uning tafakkuri ajratishini ta’kidlab, o’z g’oyalarini ilgari suradi. 
    Beruniy o’zining mashhur “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida 
    ma’naviy mamnuniyat konsepsiyasini ilgari suradi. Unga ko’ra: “Oqil kishi hamma 
    narsani aql-idrok va farosat bilan his qilgandagina ma’naviy mamnuniyat sezadi, 
    holbuki, beg’am odam jismoniy lazzatnigina tan oladi”.
    Inson tafakkurining qudrati shundaki, uning yordamida voqea va hodisalarni bir-
    biriga solishtirish, tahlil qilish orqali rostni yolg’ondan, adolatni adolatsizlikdan, 
    yaxshini yomondan, haqiqatni esa nohaqlikdan ajratish mumkin. Shundan kelib 
    chiqqan holda, Beruniy tafakkurning analiz, taqqoslash, solishtirish kabi 
    operatsiyalarini ilgari suradi va tafakkurning ushbu xususiyatlarini rivojlantirish 
    lozimligini ta’kidlaydi. Bu esa talabalarning sanogen tafakkurini rivojlantirishda 
    muhim ahamiyat kasb etadi. 


    15 
    Abu Ali Ibn Sino o’zining “Tush ta’biri”, “Tib qonunlari” asari va “Tayr” 
    (qush), “Hayy ibn Yaxson” kabi qissalarida insonlarni bilim olishga chaqiradi: “Bir-
    biringizdan bilim o’rganib, kamol topishingiz uchun dil pardasini ochib tashlanglar”.
    “Hayy ibn Yaxson” qissasida dunyoni va insonlarning fe’l atvorini, tabiatini 
    chuqurroq tushunish uchun ilmni, mantiqni bilishga da’vat etadi. Chunki bu ilm kishi 
    didini o’stiradi, fikr doirasini kengaytiradi. Ibn Sino bu haqida shunday deydi: 
    “Farosat ilmi foydasi naqd ilmlardandur. Bu ilmni bilib olsang, u senga kishilarning 
    pinhoniy fe’l – atvorini bildiradi. Farosat ilmidan bahramand bo’lsang, juda o’tkir 
    bo’lib ketasan”. 
    Ibn Sino o’zining qator asarlarida insonni o’rganish orqali ko’p narsalarga 
    erishish mumkinligini va bunda albatta aql, farosat, tafakkur qo’llanilishi lozim 
    ekanligini bayon etadi. Bemor shaxsini, uning mijoz toifasini, fe’l-atvorini bilish 
    uchun aql, farosat darkor bo’lishini ta’kidlaydi. Buning uchun esa avvalo insonda 
    tana salomatligi, ruh salomatligi va aql salomatligi lozim ekanligini uqtiradi. 
    Milliy davlatchiligimiz asoschisi, o’z davrining mohir siyosatchisi Amir Temur 
    qimmatli fikrni zarurat tug’ilganda maqsadga muvofiq tadbiq etishni ta’kidlaydi. 
    Buyuk sarkardaning o’giti sifatida bizga qoldirgan merosi – kengashish, muzokara 
    qilish, mulohaza yuritish, fikr almashinish mashqlari - fikrlashni 
    takomillashtirishning asosi bo’lib hisoblanib, bizningcha, mazkur jihatlar bo’lajak 
    o’qituvchilarda mustaqil fikrlash, to’g’ri xulosa va yechimga kelish hamda sanogen 
    fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirishning asosiy mexanizmlari bo’lib xizmat qiladi. 
    Alisher Navoiy ijodi falsafiy-badiiy majmua xazinasining aynan o’zginasidir. 
    Bu ijodiyot xalq ijtimoiy hayotining turli jabhalaridan umumlashgan bo’lib, u 
    umumiydan xususiyga va xususiydan umumiyga aylanib turadi. Xalqning ijtimoiy 
    hayoti va yakka shaxsning biror xususiyati yo’qki, u buyuk alloma diqqatini o’ziga 
    tortmagan bo’lsin, jumladan, inson tafakkuri haqida ham “Farhod va Shirin” 
    dostonida u shunday yozadi: 
    “Har ishki qilmish odamizod, 
    Tafakkur birla bilmish odamizod”.
    A.Navoiy inson tafakkurining buyuk qudratga ega ekanligini ta’kidlashdan 


    16 
    tashqari uning “aqlli” va “aqlsiz” odamlar tasnifiga bergan ekspert bahosi alohida 
    e’tiborga molik. Navoiy asarlarida bu tushuncha 27 o’rinda ishlatilgan bo’lib, uning 
    27 darajasi va 27 sifati haqida fikr yuritgan. Xususan, aqlning turli sifatlari
    quyidagicha tavsiflangan: aql aqli – xushyor ong egalari; aql vosvosi – aql vasvasasi, 
    aql to’lqini; aql dehqoni – ongli tushuncha, mulohaza, tajribali, ongli kishi; aql kuyi – 
    aql – idrok yo’li; aql mezoni – ong, aql o’lchovi, aql tarozisi; aql muhandislari – 
    donishmandlar, olimlar, bilimdonlar; aql oldida – ongli tushunish bo’yicha, aqlan; aql 
    piri – tafakkur ustozi, farosatli kishilar; aql sarrofi – aql zargari, aql baholovchisi; aql 
    uyi – miya, fikri-hayol; aql xirmoni – aql mujassamligi; aql chiri – aql kuchi, aql 
    quvvati; aql eshigi – aql yo’li, ongli yo’l; aql o’ti – zehn o’tkirligi, hushyorlik; aql 
    qushi – aqlning tezkorligi; aql hisobi – ong doirasi, chegarasi; aqldan begona - telba; 
    aqli javohirshunos – yetuk, komil va so’zning yashirin sirlarini yaxshi tushunuvchi; 
    aqli zoyil – aqli ketgan kishi; aqli zulmoniy – xira aql, o’tmas zehn; aqli kul – yeng 
    yetuk aql; aqli maslahatbin – maslahst ko’rsatuvchi, to’g’ri yo’l va to’g’ri fikrga 
    yo’llovchi aql; aqli musharraf – sof, sharafli aql; aqli mustaqim – ikkilanmaydigan, 
    to’g’ri aql egasi, qat’iy fikrli odam; aqli musoxib – fahm-farosatli kishi; aqli oz – 
    aqlidan adashmoq; aqli saloh – sog’lom fikrli; aqli sarkash – itoatsiz, o’jar, qaysar 
    aql; aqli sitamkaro – jabr-zulm qiluvchi, ziyon yetlazuvchi; aqlu fahmi xurdadon – 
    nozik aql-fahm; aqli xudbin- faqat o’zini o’ylovchi shaxs; aqli nekbin (xudabin) – 
    o’tkir, sezgir, nozik aql egasi. 
    Shunday qilib, mutafakkir aqlni rangbarang jihatlarga ajratib, ularga asoslangan 
    holda ikki toifali aql sohiblari bo’lishi mumkinligini ta’kidlaydi: nekbin aql egalari va 
    xudbin aql egalari. Nekbin aql egalari insoniyatga ezgulik keltirib, o’z sohibini ham 
    baxtli qilsa, xudbin aql egasi – aksincha, o’z manfaati yo’lidagina aql ishlatib, 
    o’zgalarga ziyon yetkazadilar, xolos. Demak, mutafakkir orzu qilgan komil inson 
    jismonan sog’lom, nekbin aql egasi va ma’naviyati yuksak bo’lish kabi 
    xususiyatlarga ega bo’lishi lozim. 
    Abdulla Avloniy yoshlarni o’qitish va tarbiyalash kabi muhim hayotiy 
    masalalarni ko’tarib chiqqan, ularni to’g’ri hal qilishga uringan. “Fikr tarbiyasi, - deb 
    yozadi adib “Turkiy guliston yohud axloq” asarida, - eng keraklisi, ko’p zamonlardan 


    17 
    beri tanqid qilib kelingan, muallimlarning diqqatlariga suyangan, vijdonlariga 
    yuklangan vazifadir. Fikr insonning ma’rifatli, g’ayratli bo’lishiga sabab bo’ladi”. 
    Olimning fikricha, bolaning aqliy rivojlanishi, ma’naviyati yuksalishida avvalo oila 
    va o’qituvchilarning o’rni beqiyosdir. 
    Qaysi davrda yashashidan qat’iy nazar sharq allomalari va ma’rifatparvarlari o’z 
    asarlarida insonning aql-zakovati, tafakkurini rivojlantirishga katta e’tibor qaratgan 
    va buni o’z asarlarida chuqur tahlil qilganlar. Yosh avlodda mustaqil, ijodiy va 
    sog’lom tafakkurni rivojlantirish asrlar davomida ham dolzarb muammo bo’lib 
    kelgan. 
    Inson tafakkurini o’rganish muammosi XIX asr oxiri va XX asr boshlariga kelib 
    eng keng targ’ib qilinadigan, tadqiqotlar va tortishuvlarga sabab bo’ladigan 
    muammoga aylandi. Chet el va vatanimiz olimlari o’z tadqiqotlarida tafakkur 
    muammosiga har tomonlama yondashishgan va o’z tadqiqotlari predmetiga 
    aylantirganlar. Quyida xorij va Vatanimiz olimlarining inson tafakkurini 
    shakllantirish, sanogen tafakkur muammosini o’rganish doirasida olib borgan 
    tadqiqot ishlari natijalarini keltirib o’tamiz. 
    Sh.Shodmonova, J.Musayev, B.X.Xodjayev, M.G.Davletshin, E.G’.G’oziyev, 
    V.M.Karimova, Z.T.Nishonova va boshqalar fikrni tarbiyalash, mantiqiylik, ijodiy, 
    tanqidiy va mustaqil fikrni ifodalash, tarixiy tafakkur, mustaqil va ijodiy fikrlashni 
    shakllantirish muammolarini uyg’unlashtirgan holda o’z tadqiqotlarida yoritib 
    bergan. 
    Psixolog olim M.G.Davletshin o’quvchilarda mustaqil tafakkur rivojlanishiga 
    katta e’tibor beradi. Olimning ta’kidlashicha, - “Hozirgi maktablarning asosiy 
    vazifasi ta’lim metodlarini takomillashtirishdir. Maktabning vazifalari haqida gap 
    borganda kishining hozir o’qitilayotgan fanni, hozirgi ijtimoiy – siyosiy 
    munosabatlarni tushunib olishga ancha mos tushadigan tafakkur saviyalari haqida 
    to’xtalib o’tish mumkin. Bu talablarga tafakkurning ilmiy-nazariy (dialektik) saviyasi 
    javob beradi”. 
    E.G’.G’oziyev O’zbekistonda tafakkur psixologiyasini keng yoritgan olimlardan 
    biridir. Uning tadqiqotlarida aqlning eng muhim sifatlaridan – tafakkurning 


    18 
    mustaqilligi ajratib ko’rsatiladi. Muallif tafakkurning bu muhim sifatini quyidagicha 
    belgilaydi: “Tafakkurning mustaqilligi deganda, kishining shaxsiy tashabbusi bilan 
    o’z oldiga konkret maqsad, ya’ni vazifalar qo’ya bilishi, ular yuzasidan amaliy va 
    ilmiy xarakterdagi faraz(gipoteza)lar qilish, natijani ko’z oldiga keltira olishi, 
    qo’yilgan vazifani hech kimning ko’magisiz, ko’rsatmasisiz, o’zining aqliy izlanishi 
    tufayli turli yo’l, usul va vositalar topib mustaqil ravishda hal qilishdan iborat aqliy 
    jarayonni tushunish kerak”. 
    Z.T.Nishonova shaxs ijodiy fikrlashining quyidagi xususiyatlarini ajratib 
    ko’rsatadi: mazmundorlik, mantiqiylik, dinamiklik, keng qamrovlilik, pog’onaviylik, 
    to’g’ri va teskari yo’nalganlik, uzluksizlik. Muallif fikricha, mustaqil ijodiy fikrlash 
    quyidagi tuzilishga egadir: 
    1) muammo mohiyatiga kirish motivi; 
    2) shaxsiy ahamiyat kasb etuvchi motiv; 
    3) muammo yechimini topish uchun aqliy va uslubiy vositalarni tanlash; 
    4) saralangan aqliy va uslubiy vositalarni amaliyotga tadbiq etish; 
    5) yechish vositalariga o’zgartirishlar va tuzatishlar kiritish; 
    6) yechim to’g’riligini baholash va tekshirish; 
    7) fikrlashdan qoniqishning shaxsiy ma’naviy ahamiyat kasb etishi; 
    8) yakka bilishdan uzluksiz xususiyatga ega bo’lgan shaxs sifatiga aylanishi.
    Pedagog olim J.Musayev o’zining “O’quvchilarning mustaqil fikrlash 
    salohiyatini rivojlantirish” nomli monografiyasida quyidagi fikrlarni bildiradi: 
    “O’quvchilarning mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirishda aynan ijtimoiy-
    gumanitar ta’lim jarayonining imkoniyatlari kengroq hisoblanadi. Shu bois, bu 
    fanlarning o’quvchilarda mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirish jarayonidagi 
    ahamiyatini his etgan holda, o’quv jarayonlariga ijodiy yondashish o’zining samarali 
    natijalarini beradi”. 
    Inson tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish o’ziga xos murakkab va uzoq 
    muddatli jarayon bo’lib, bunda o’zaro uyg’unlik kasb etuvchi ta’limiy-tarbiyaviy 
    faoliyatni maqsadli tashkil etish zaruriyat hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, 
    ko’plab pedagog olimlar inson tafakkuri muammosiga, asosan o’quvchi-yoshlarda 


    19 
    muayyan tafakkur shaklini rivojlantirish, faoliyat samaradorligini ta’minlovchi 
    pedagogik shart-sharoitlarni aniqlashtirish hamda uning didaktik ta’minotini ishlab 
    chiqishga alohida e’tibor qaratishgan. 
    Xususan, o’quvchilarda tanqidiy, mantiqiy va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini 
    rivojlantirish (F.O.Xadjiyeva, Sh.O.Toshpo’latova, J.Musayev), o’quvchilarda tarixiy 
    tafakkurni (Q.R.Shonazarov, B.X.Xodjayev) va kreativ tafakkurni rivojlantirishning 
    pedagogik asoslari (D.D.Murodova) o’rganilgan. 
    Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib tafakkur tushunchasining quyidagi 
    ta’rifini keltiramiz: Tafakkur – bu inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sifatida
    real olamni aks ettirishning umumlashgan bevosita usuli bo’lib, ob’ektlar orasidagi 
    bog’liqlik, bilish jarayoni, yangi bilimlarni ochish, ijodiy, muammoli masalalar 
    yechimiga qaratilgan bilish jarayoni.
    Inson tafakkuri muammosi doirasida ko’plab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan 
    bo’lsada, o’sib kelayotgan yosh avlodning aqliy, ruhiy va jismoniy salomatligi 
    muammolari pedagog va psixolog olimlar uchun tadqiqot ob’ekti bo’lib qolmoqda. 
    Ilmiy pedagogika hamda salomatlik psixologiyasida “sanogen tafakkur”ni 
    rivojlantirish masalasi alohida yo’nalish sifatida ajratilgan. 
    Barchamizga ma’lumki, hayotiy faoliyatimiz davomida har birimiz qayta-qayta 
    astenik (yoqimsiz) tuyg’ularni boshdan kechirish uchun sharoit yaratadigan 
    vaziyatlarga duch kelamiz: muvaffaqiyatsizlik, xafagarchilik, uyat, sharmandalik, 
    umidsizlik, sabrsizlik va boshqalar. Ba’zilarimiz shu kabi haqiqiy his-tuyg’ular oldida 
    o’zimizni yo’qotib qo’yamiz va aqlimiz ishlamay qoladi. Boshqalar esa - o’zlari bilan 
    tezda kelishib, bunday noqulay holatlarni tezda yengib, xursand bo’lish va hayotda 
    munosib, o’ziga qulay vaziyatlarni yaratishga qodir. Bu nimaga bog’liq? Qanday 
    shaxsiy fazilatlar sizga eng yaxshi usulni tanlashingizga yordam beradi? Bunday 
    vaziyatlarda inson tafakkurining individual o’ziga xosligi ahamiyatlimi? Psixologiya, 
    tibbiyot va pedagogika sohasidagi mutaxassislar ushbu va boshqa ko’plab savollarga 
    javob topishga harakat qilishmokda. Zamonaviy pedagogik-psixologiyada mazkur 
    muammolar sanogen fikrlash muammosining ajralmas qismi hisoblanadi. 
    Inson tafakkuri, fikrlari asosan tashqi narsalarga, ya’ni “ob’ekt”ga qaratilgan 


    20 
    bo’ladi. Ammo faoliyatni amalga oshirish uchun inson tashqi dunyoga e’tibor 
    qaratishi yetarli emas. U o’zini, his-tuyg’ularini, xatti-harakatlarini boshqarishi, ya’ni 
    o’zini o’zi yaxshi bilishi kerak. Shu munosabat bilan professor Yu.M. Orlov 
    shaxsning o’z-o’zini anglashga, o’zini o’zi boshqarishga qaratilgan fikrlashini tahlil 
    qilish uchun: sanogen (sog’lom) va patogen (nosog’lom) fikrlash turlarini farqlab 
    ko’rsatadi. 
    Sanogen tafakkurning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqqan professor 
    Yu.M.Orlov insonning ruhiy salomatligi masalasiga to’xtalib, quyidagi fikrni bildirib 
    o’tadi: “Sanogen tafakkur yuritish hayot falsafasining, ong va tana salomatligining 
    eng ishonchli yo’llaridan biridir. Ushbu metodika yangi hissiy-aqliy odatlarni yuqori 
    darajada o’zlashtirishga imkon beradi, o’tmishdagi patogen fikrlash tajribasini 
    to’playdi. Sanogen tafakkur inson ongini sog’lomlashtirishning samarali usuli 
    hisoblanadi. Ya’ni, insonning hayotiy faoliyati davomida yuzaga kelgan inqirozli 
    holatlarini ruhiy qo’llab-quvvatlash yordamida, hissiy-emotsional o’z-o’ziga ta’sir 
    ko’rsatish orqali bartaraf etish usuli”. 
    Sanogen tafakkur nazariyasi va amaliyoti nuqtai nazaridan, sanogen fikrlash 
    anglash yo’li bilan hissiyotlarni boshqarish va shunga mos ravishda uni avtomatik 
    ravishda keltirib chiqaradigan aqliy operatsiyalarni boshqarish vositasi sifatida 
    qaraladi. Bunda sanogen tafakkur o’tmish tajribasini konstruktiv qayta anglash va 
    mulohaza qilish, ilmiy asoslardan yiroq bo’lgan kundalik falsafaga xizmat qiladigan, 
    samarasiz refleksiv (aks ettirish) strategiyalarini aniqlashdan iborat bo’lgan ijobiy, 
    ya’ni, real fikrlashdir. 
    Sanogen fikrlash hissiy holatlar bilan ishlashga yo’naltirilgan bo’lib, 
    Yu.M.Orlov nazarida, sanogen va patogen fikrlash tarzi ular keltirib chiqaradigan 
    oqibatlar bilan farq qiladi. Fikrlashning bir usuli muvaffaqiyatsizlik, xafagarchilik, 
    Sanogen tafakkur (lotincha: “sanus” – sog’lom va yunon tilida – “genezis” - rivojlanish) 
    his-hayajon, ichki kechinmalar, fikrlarni va emotsiyalarni boshqaruvchi, 
    sog’lomlashtiruvchi tafakkur.
    Patogen tafakkur bu insonning salomatligiga zarar yetkazuvchi salbiy qarashlar 
    yig’indisi bo’lib, u shaxsning o’z-o’zi va shaxslararo munosabatlar jarayonida vujudga 
    keladigan emotsional beqarorlik va ichki nizolar bilan izohlanadi.


    21 
    aybdorlik, irodasizlik, ishonchsizlik yoki boshqa hissiyotlarning salbiy ta’sirini 
    kamaytirishga, ikkinchisi hayotning oddiy patogen falsafasini shakllantirgan holda 
    kechinmalarni kuchaytirishga yo’naltirilgan. Ikkala fikrlash ham bir xil aqliy faoliyat 
    shakllari - tahlil, sintez, taqqoslash, mavhumlashtirishga asoslangan. Va bu ma’noda 
    ikkala fikrlash ham mutlaqo to’g’ri, ammo shunga qaramay, hatto to’g’ri fikrlash ham 
    sog’liq uchun zararli bo’lishi mumkin. 
    Yu.M.Orlov fikriga ko’ra, sanogen tafakkurning asosi insonning ichki olamidagi 
    qarama-qarshiliklarni hal qilishdir. Olim bu fikrlashni «zo’ravonliksiz», 
    “zo’riqishsiz” fikrlash deb ataydi. O’z mulohazalarini davom ettirib, quyidagi 
    fikrlarni qat’iy ta’kidlaydi: sanogen tafakkurning asosiy ahamiyati o’z-o’zini 
    kamolga yetkazish maqsadlariga erishish uchun sharoit yaratish, ya’ni fe’l-atvor 
    hamohangligi, o’z-o’zi va atrofdagilar bilan kelishish, shuningdek yomon odatlarni 
    bartaraf etish, o’z his-tuyg’ularini boshqarish, o’z ehtiyojlarini nazorat qilish, deb 
    hisoblaydi. 
    Tadqiqotchi S.Ataxanova sog’lom tafakkur muammosini o’rganib quyidagi 
    fikrni bildiradi: Sog’lom tafakkur insonning aqliy va hissiy faoliyatlari bilan bog’liq 
    bo’lib, u sog’lom fikrga yo’naltirilsa sog’lom tafakkur shakllanadi. Aqliy faoliyat 
    mavjud bilim va malakalarni egallash vazifasi bo’lib, hissiy faoliyat esa sog’lom 
    turmushga bo’lgan hissiy munosabatni anglatadi. 
    S.Ataxanova o’zining ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati davomida sog’lom tafakkur 
    tushunchasining psixologik, pedagogik va falsafiy mazmunini ochib bergan hamda 
    sog’lom tafakkur insonning ichki hissiy va aqliy faoliyati bilan bog’liqligini, u 
    sog’lom fikrga yo’naltirilsa sog’lom tafakkur shakllanishini ta’kidlagan. Aqliy 
    faoliyat mavjud bilim va malakalarni egallash vazifasidir. Hissiy faoliyat esa sog’lom 
    turmushga bo’lgan hissiy munosabatni anglatadi. 
    Tadqiqotchining fikricha, sog’lom tafakkur ilmiy-pedagogik ta’rifga ko’ra, 
    quyidagi bir necha muhim bo’g’inlardan tashkil topadi: 
    - Birinchi bo’g’in – sog’lom tafakkur tushunchasi; 
    - Ikkinchi bo’g’in – zarur ijtimoiy muhit tushunchasi; 
    - Uchinchi bo’g’in – pedagogik maqsad va natija tushunchasi; 


    22 
    - To’rtinchi bo’g’in – sog’lom turmush tarzi tushunchasi hisoblanadi. 
    Muallif sog’lom tafakkur tushunchasining psixologik, pedagogik va falsafiy 
    mazmunini ochib bergan bo’lsada, lekin uning tarkibiy komponentlarini aniq ajratib 
    ko’rsatmagan. 
    O’quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik 
    muammolarini tadqiq etgan Z.A.Abdiraxmonovaning fikricha, sanogen tafakkurni 
    rivojlantirish fikrlashdagi refleksivlik va o’z-o’zini rivojlantirishga nisbatan 
    ehtiyojning yuqoriligi bilan belgilanib, o’smir yoshdagi o’quvchilarda sanogen 
    tafakkurni rivojlantirish, shaxs xususiyatlari va xulq-atvoriga ta’sir etuvchi 
    ko’rsatkichlar ta’lim jarayoni, shaxslararo munosabatlar, kasbiy kamolot kabi 
    ijtimoiy omillar bilan bog’liq. 
    S.N.Morozyuk oliy ta’lim muassasalari talabalarining shaxsiy va xarakter 
    xususiyatlarini psixodiagnostik jihatdan tahlil qilib, “sanogen refleksiya”ni sog’lom 
    tafakkurning tarkibiy qismi sifatida belgilaydi.
    S.N.Morozyuk o’z tadqiqot ishida birinchilardan bo’lib oliy ta’limda tahsil 
    olayotgan talabalarning xarakter xususiyatlarini shakllantirishda refleksiya 
    jarayonining qonuniyatlari va mexanizmlarini tavsiflab, uning o’quv faoliyati 
    samaradorligini oshirishda asosiy omil ekanligini ilmiy asoslagan bo’lsada, lekin 
    aynan talabalarda sanogen refleksiya hamda sog’lom tafakkurni rivojlantirishning 
    bosqichlari va ushbu jarayonga ta’sir etuvchi omillar, shart-sharoitlar mazmuni 
    haqida batafsil to’xtalmagan. 
    Individual o’qitish va tarbiyalash asoslarini o’rgangan O.S.Grebenyuk sanogen 
    fikrlashni bola shaxsining individual rivojlanishi kontekstida ko’rib chiqadi. Rus 
    olimlari O.S.Grebenyuk va T.B.Grebenyuklar mazkur fikr yuritish shakllarini 
    quyidagicha izohlaydi: 
    Sanogen refleksiya – bu turli xil vaziyatlarda to’g’ri xulq-atvor usullarini 
    tanlashga imkon beruvchi, insonning o’z-o’zini, hissiy kechinmalarini, fikrlari 
    va muammolarini ob’ektiv aks ettirish va baholash qobiliyati. 


    23 
    - sanogen fikrlash ichki nizo, zo’riqish va xavotirni kamaytiradigan fikrlash tarzi 
    bo’lib, u fiklarni, his-tuyg’ularni, ehtiyoj va istaklarni boshqarishga imkon beradi va 
    shunga ko’ra kasalliklarning oldini oladi. 
    - patogen fikrlash bu muayyan faoliyat davomida yuzaga keladigan 
    muammolarni noto’g’ri aks ettirish hisoblanadi. Shuningdek, faoliyatning og’ir 
    sharoitlarida va hissiy-emotsional jarayonlarni tartibga solishda asossiz refleksiv 
    streotiplardan foydalanish bo’lib, bu oxir-oqibat muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. 
    T.N.Vasilyeva o’qituvchining sanogen fikrlashiga bolani sanogen tarbiyalash 
    vositasi sifatida jiddiy e’tibor beradi hamda o’quvchilarda sanogen fikrlashni 
    shakllantirishga xizmat qiluvchi korrektsion-rivojlantiruvchi o’yinlar va mashqlar 
    to’plamini ishlab chiqadi. 
    A.B.Rossoxin sanogen fikrlash usulining quyidagi ijobiy xususiyatlarini ajratib 
    ko’rsatadi: sog’lom fikrlash ko’nikmalarini o’zlashtirish shaxsda ko’plab ijobiy 
    o’zgarishlarni ta’minlaydi; sanogen fikrlash aqliy faoliyatning xilma-xilligi va 
    mustaqilligini ta’minlash vositasi sifatida xizmat qiladi. Hamda shaxs xavotirlanish 
    ko’rsatkichlarining barqaror normallashuvida, shaxsiy xususiyatlarni sezilarli 
    darajada korrektsiyalashda hamda sub’ektiv nazorat darajasining kuchli o’sishida 
    namoyon bo’ladi
    Yu.N.Kraynova emotsional kompetentlik va sanogen refleksiya muammosini 
    tadqiq etar ekan, emotsional kompetentlik bu his-tuyg’ularni, salbiy hissiy 
    kechinmalarni tushunish, to’g’ri ifoda etish va boshqarish qobiliyati bo’lsa, sanogen 
    refleksiya sog’lom fikr yuritishning muhim tarkibiy komponenti bo’lib, uni 
    talabalarda emotsional kompetentlikni rivojlantirishning ichki omili sifatida baholash 
    mumkin, degan xulosaga keladi. 
    Sanogen refleksiya muammosini tadqiq etgan olima L.A.Kananchukning 
    fikricha: o’zaro ijtimoiy munosabatlar jarayonida insonlarning ma’lum bir tarzda 
    to’g’ri harakat qila olmasliklari, sub’ektlarning kutilgan va haqiqiy xatti-harakatlari 
    o’rtasida hamda bir-birini tushunishdagi nomuvofiqliklar jiddiy qiyinchiliklarni 
    keltirib chiqaradi. Bizning fikrimizcha, bu kabi qiyinchiliklarni sanogen refleksiya 
    orqali bartaraf etish mumkin. 


    24 
    Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning 
    muvaffaqiyatli ijtimoiy-psixologik moslashuvi ularda sanogen refleksiya 
    qobiliyatining qanchalik yuqori darajada rivojlanganligi bilan uzviy bog’liq 
    hisoblanadi. Zero, sanogen refleksiya kognitiv mexanizm sifatida talabalarning oliy 
    ta’limda o’qish jarayonida ijtimoiy-psixologik moslashishi zaruriyati va millatlararo 
    munosabatlardagi inqirozlarni, turli xil muammolarni konstruktiv hal qilishga qulay 
    shart-sharoit yaratib beradi. 
    Sanogen tafakkur tushunchasini L.A.Kananchuk hissiyotlarni idrok etuvchi va 
    shunga muvofiq ravishda vujudga keluvchi aqliy hatti-harakatlarni boshqarish 
    vositasi sifatida baholaydi hamda uning mohiyatini o’tgan tajribani konstruktiv 
    ravishda qayta ko’rib chiqishda ilmiy asoslardan yiroq bo’lgan, azob-uqubatlarga olib 
    keladigan, oddiy hayot falsafasiga xizmat qiladigan samarasiz refleksiv 
    strategiyalarni aniqlashdir, deb izohlaydi. Demak, tadqiqotchi sanogen refleksiya 
    muammosini o’rganishda sanogen tafakkurning faqatgina ikki jihatiga, ya’ni hissiy 
    kechinmalarni shaxsiy idrok etish va samarasiz refleksiv ko’nikmalarni aniqlash 
    xususiyatlariga alohida e’tibor qaratgan. Zero, shaxsda sanogen tafakkurning yuqori 
    darajada rivojlantirilishi ko’plab ijobiy natijalarga erishishni ta’minlaydi. 
    A.L.Rudakov og’ir stressli vaziyatlarda insonning xatti-harakatlarini tahlil qilib, 
    “sanogen fikrlash” tarzini quyidagicha izohlaydi: “…. atrofdagi dunyoga e’tibor 
    berish, hozirgi ongni idrok etish, zaruriy qaror qabul qilish va ular haqida mulohaza 
    yuritishdir”. 
    Sanogen tafakkur muammosini shaxs refleksiv qobiliyati bilan bog’liqlikda 
    o’rgangan tadqiqotchilardan biri bu N.V.Pavlyuchenkova hisoblanadi. Uning 
    fikricha, sanogen refleksiya shaxsiy rivojlanish, moslashuvchanlik va salbiy hissiy 
    holatlarni nazorat qilishga ta’sir etuvchi omil bo’lib, u shaxsning hayotiy qiyin 
    vaziyatlarga nisbatan qarshi kurashish qobiliyatidir. 
    Sanogen tafakkur yuritish insonga jamiyat hayotida sodir bo’layotgan voqea-
    hodisalar va o’zida kechayotgan fikriy jarayon ob’ektlariga o’z diqqatini qaratish va 
    konsentratsiyalash (jamlash, uyg’unlashtirish) imkonini beradi. Bu esa, barcha hodisa 
    va jarayonlarni bevosita kuzatishga, tahlil etishga hamda aqliy va hissiy-emotsional 


    25 
    jihatdan uyg’un holda amaliy vizuallashtirishga xizmat qiladi. Sanogen fikrlash 
    ko’nikmasining rivojlanganligi asosan quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo’ladi. 
    Bular: 
    1)
    shaxsning o’zida mavjud bo’lgan salbiy fikrlar va hissiy kechinmalarning 
    mustaqil nazorat qilinishi (Orlov Yu.M.); 
    2)
    o’z-o’zini tahlil qilish va imkoniyatlarini to’g’ri baholash, ya’ni shaxsiy 
    refleksiyaning ustuvorligi (Morozyuk S.N.); 
    3)
    hissiy-emotsional jihatdan barqarorlik (Kraynova Yu.N.); 
    4)
    muammolarni konstruktiv hal etish, shuningdek fikrlashdagi stereotiplik va 
    patogenlik (nosog’lom) xususiyatlarini kamaytirish; 
    5)
    fikrlashdagi refleksivlik va o’z-o’zini rivojlantirishga nisbatan ehtiyojning 
    yuqoriligi (Abdiraxmonova Z.A.) va boshqalar. 
    Xorijlik olimlardan K.E.Izard, Dj.Dyui, X.Geyvin, R.J.Sternberg, K.Sternberg, 
    N.V.Pil, K.Xorni, A.Yu.Hilman, O.Yu.Osadko, І.F.Arshava, S.Maddi, 
    V.E.Klochkolar shaxsning hissiy kechinmalari, tafakkurning psixologik-pedagogik 
    xususiyatlari, o’z-o’zini tushunish qobiliyati, kognitiv jarayon, pozitiv fikrlashni va 
    talabalarda sanogen tafakkurni shakllantirishning psixologik muammolarini tadqiq 
    etishgan. 
    N.V.Pil pozitiv (ijobiy) tafakkurni omadsizlikni yengish, ishonchga, 
    muvaffaqiyatga va baxtga erishish usuli sifatida foydalanishni taklif etadi. U o’zining 
    mashhur optimizm (nekbinlik) formulasini taklif etadi-ki, uni o’z hayotining oddiy va 
    samarali falsafasi qilib olgan ko’plab odamlar qo’llashgan. 
    M.Djeyms sanogen fikrlashning asosini ongning hozirgi zamonda nima sodir 
    bo’layotganini tushunish qobiliyati sifatida qarashni taklif qiladi. O’z fikrlarini 
    davom ettirib shunday deydi: “o’zini qanday tutishini yoki o’zini qanday his 
    qilayotganini bilmagan odam hissiy-emotsional jihatdan tez charchaydi hamda o’ziga 
    bo’lgan ishonchini yo’qotadi va bunday odam tezda ichki qarama-qarshi kuchlar 
    o’rtasida qiyin, noqulay holatga tushadi. Aksincha, sanogen tafakkur yuritish tarzidan 
    xabardor bo’lgan inson esa o’zining ichki hissiyotlarini, xayolotlarini biladi, undan 


    26 
    qo’rqmaydi va undan uyalmaydi, aql va tana “shu yerda va hozir” tamoyiliga mos 
    ravishda harakat qiladi. 
    M.Djeymsning tadqiqot ishlarini o’rgangan olim F.Gelmut o’z qarashlarini 
    umumlashtirib, quyidagi xulosaga keladi: sanogen tafakkurning asosida sodir 
    bo’layotgan voqealarni tushunish qobiliyati sifatidagi anglash yotadi. Qanday yo’l 
    tutishini yoki nimani his qilishini anglay olmaydigan shaxs ko’plab kichik 
    muammolarga o’ralashib qoladi. Ikkilanuvchan, yagona qarorga kelishga 
    qiynaladigan shaxs ichki ixtilofli kuchlar o’rtasida sarson bo’ladi. Osongina qisqa 
    fursatda tushunadigan va anglay oladigan shaxs o’zining hislari, orzu-hayollari 
    dunyosini biladi, undan qo’rqmaydi va uyalmaydi, uning fikri vaziyatga mos ravishda 
    javob beradi.
    G.Miner mazkur kontseptsiyani - “hissiy fikrlash” qobiliyati sifatida tushunadi. 
    Ushbu tafakkurning o’ziga xos xususiyatlarini tavsiflab, olim bunda kognitiv jarayon 
    ikkinchi darajaga tushurilganligini va fonga surilganligini ta’kidlaydi. Tuyg’ular 
    odamni boshqaruvchi mexanizm sifatida namoyon bo’ladi.
    D.Fontana, stressli vaziyatda insonning xatti-harakatlarini tahlil qilib, uning 
    ta’kidlashicha “sanogen fikrlash” tarzi atrofdagi dunyoga e’tibor berish, hozirgi ongni 
    idrok etish, zaruriy hukm qabul qilish va ular haqida mulohaza yuritishdir. 
    Anna Hilman sanogen fikrlash muammosini o’rganib, mazkur fikr yuritish 
    tarzini talabalarning o’z ruhiy holatini, o’zini o’zi tartibga solish va kelajakdagi 
    kasbiy pedagogik faoliyati uchun to’g’ri ko’rsatmalarni ishlab chiqishga xizmat 
    qiluvchi vosita sifatida baholaydi.
    O.Yu.Osadko va І.F.Arshavalar shaxsning jismoniy, psixologik salomatligi 
    hamda samarali ijtimoiy moslashuvi uning sanogen fikr yuritish potentsialiga 
    bog’liqligini e’tirof etishsa, S.Maddining fikricha, sanogen tafakkur aqliy va ruhiy 
    sog’lomlikka erishishni ta’minlaydi. 
    Fikrlashda ma’lum bir muammo (asosan tashqi maqsadlar) hal etiladigan aqliy 
    harakatlar majmui sifatida fikrlashning an’anaviy tushunchasidan farqli o’laroq, 
    «sanogen fikrlash» atamasi ichki muammolarning yechimini aks ettiradi (masalan, 
    ichki ishonchsizlik, shaxsiy bahoning pastligi, moslashaolmaslik, norozilik, 
    muvaffaqiyatsizlikni boshdan kechirish va h.k). 


    27 
    Sanogen (sog’lom) tafakkur tushunchasi pedagogik jihatdan tahlil qilinganda, 
    ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog’liq holda yuzaga keladigan pedagogik muammolar 
    va hissiy kechinmalarga nisbatan kognitiv baholash ustuvorligi tezisiga asoslanadi, 
    bu talaba o’z fikrlarini his-tuyg’ularga ta’sir qilish uchun ishlatishi va kognitiv 
    baholarni o’zgartirish orqali pedagogik faoliyat bilan bog’liq muammolarni hal 
    qilishning konstruktiv usullariga oid ko’nikmalarni egallash jarayoni hisoblanadi. 
    Pedagog olima Sh.Abdullayeva muallifligidagi “Umumiy pedagogika” nomli 
    o’quv qo’llanmada “sanogen tafakkur” tushunchasi quyidagicha izohlanadi – 
    (lotincha: “sanus” – sog’lom va yunon tilida – “genezis” - rivojlanish) his-hayajon, 
    ichki kechinmalar, fikrlarni va emotsiyalarni boshqaruvchi, sog’lomlashtiruvchi 
    tafakkur. 
    Mazkur ta’riflarda “sog’lom” va “tafakkur” tushunchalari ajratib 
    ko’rsatilmoqda. Demak, dastlab ushbu tushunchalarning asl ma’no-mazmunini bilish 
    talab etiladi. “Sog’lom” so’zi: 
    - dard-kasaldan holi, sog’; 
    - sog’liqni saqlash talablariga to’la javob beradigan; 
    - beg’ubor, toza, sof va pok; 
    - zararli ta’sirdan, salbiy xislat, illat va shu kabilardan holi
    - ruhiy jihatdan shikast yetmagan, raso; 
    - g’oyaviy va ma’naviy jihatdan toza, pok degan ma’nolarni beradi.
    “Tafakkur” so’zi arabcha “fikr” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, o’ylash, 
    muhokama, mushohada va fikr yuritish degan ma’nolarni bildiradi. 
    Mualliflik yondashuvi asosida aytishimiz mumkinki, “sanogen tafakkur" bu 
    talabaning sodir bo’layotgan voqea-hodisalar mazmunini anglashi va hissiy-
    emotsional tajribalarni aks ettirish jarayoni bo’lib, ularni yuqori darajada kuzatish va 
    individual shaklda monitoring qilib borishdir. Shuningdek, sanogen (sog’lom) 
    tafakkur talabalarning ijobiy (pozitiv) fikr yuritishi bilan bog’liq aqliy faoliyat 
    ko’nikmalari majmuini o’zida aks ettiradi. 
    Shunday qilib, insonning ichki dunyosida o’zini o’zgartirish, o’z-o’zini 
    tarbiyalash, o’z-o’zini rivojlantirish, bunda hissiy kechinmalarni boshqarish va 


    28 
    nazorat qilish, atrofdagi hamma narsani mohiyatini anglashida falsafiy-ijtimoiy va 
    pedagogik-psixologik nazariyalarni o’zida aks ettirgan sanogen tafakkur tarzi juda 
    muhimdir. Olingan ma’lumotlarga asoslanib “sanogen (sog’lom) tafakkur” 
    tushunchasi mazmunini quyidagicha talqin etishimiz mumkin: sog’lom tafakkur 
    insonga o’rganayotgan bilimlarini analiz-sintez qilish imkonini beradi. To’plagan 
    bilimlar asosida esa mushohada yuritish, yangiliklarni, g’oyalarni, yangi bilimlarni 
    anglash va muammolarni hal etishda eng to’g’ri, qisqa va samarali yo’lni topishga 
    yordam beradi.
    Sanogen tafakkur talaba – yoshlarda qaror qabul qilishda mustaqillik, 
    javobgarlik, o’zining g’oya va fikrlarini shakllantirishda, ijtimoiy hayotda sodir 
    bo’layotgan voqea – hodisalarga munosabat bildirishida namoyon bo’ladi. Shaxs 
    tuzilishidagi o’zgarishlarning samaradorligi insonning o’ziga bog’liq. O’z-o’zini 
    rivojlantirish - bu shaxs kamolotga intilishining asosiy usuli, uning asosiy 
    ehtiyojlaridan biridir. 
    Inson fikrlash tarzining alohida shakli sifatida o’rganilayotgan “sanogen 
    tafakkur” ya’ni sog’lom tafakkurni rivojlantirishga oid ilmiy-falsafiy, pedagogik va 
    psixologik manbalarda keltirilgan ma’lumotlarni qiyosiy tahlil etgan holda quyidagi 
    mulohazalar shakllandi: 
    x “sanogen” tushunchasi ham ruhiy, ham jismoniy “sog’liqni tug’dirish”, ya’ni 
    yuzaga keltirishni anglatadi. Asosan, sanogen tafakkurga muayyan vaziyatlarda inson 
    xulq-atvori va hayotini boshqara oladigan aqliy hatti-harakatning alohida bir shakli 
    sifatida qarash mumkin.
    x pozitiv (ijobiy) va salbiy holat, noxush vaziyat, jismoniy sog’lomlik va kasallik 
    biz qanday o’ylashimizga va fikrlash tarzimizga bog’liq. 
    x sanogen tafakkur yuritish ko’nikmasini egallagan inson o’z fikrlarini nazorat 
    qilishni, o’z his-hayajonlarini boshqarishni, ular ustidan mulohaza qilishni, o’zining 
    ongsiz hatti-harakatini anglashni va baholashni o’rganadi. 
    Sanogen tafakkur muammosini tadqiq etishga oid ilmiy ishlarning tahlili 
    quyidagi xulosalarni ishlab chiqishga imkon beradi: 

    Download 2.92 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




    Download 2.92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati

    Download 2.92 Mb.
    Pdf ko'rish