ILOVALAR
1-ilova
Bo‘lajak o‘qituvchilarning sanogen tafakkurga oid nazariy bilimlari va
qiziqish darajasini aniqlashga doir so‘rovnoma
1. “Sanogen tafakkur” tushunchasi mohiyatini Siz qanday sharhlagan bo‘lar
edingiz?
2. Sog‘lom fikr yuritish va sog‘lom turmush tarzi o‘rtasidagi uzviy aloqadorlikni
qanday izohlash mumkin?
3. Refleksiya hodisasi va sanogen refleksiya deganda nimani tushunasiz?
4. Sizningcha, sog‘lom tafakkurni rivojlantirishga ta’sir etuvchi qanday omillar
ajratib ko‘rsatiladi?
5. Sanogen tafakkurni rivojlantirishda oilaning o‘rni qanday darajada?
6. O‘zingizga, atrofdagilarga va voqea-hodisalarga nisbatan tanqidiy
munosabatda bo‘la olasizmi?
7. Talabalarning sanogen tafakkurini rivojlantirishda o‘qituvchining o‘rni qay
darajada deb hisoblaysiz?
8. Sanogen tafakkur sifatlari va tamoyillari haqida ma’lumotga egamisiz?
9. Oilada, shaxslararo munosabatlarda o‘z fikringizni, mulohazalaringizni erkin
va asosli bayon qila olasizmi?
10. Bundan keyingi hayotingizni qanday tasavvur qilasiz?
11. Muhim qaror qabul qilishda Sizga qanday omillar to‘sqinlik qiladi?
12. Sizning hayotingizda qay jihat ustivor ahamiyatga ega: mustaqillik yoki
hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish
13. Sanogen fikrlashni shaxsiy va kasbiy muvaffaqiyat omili sifatida baholash
mumkinmi?
14. Tana va aql salomatligi deganda nimani tushunasiz va bunda Siz qaysi
mezonlarga amal qilasiz?
15. Sanogen fikrlashni o‘rganish siz uchun zarur deb hisoblaysizmi va
javobingizni izohlang?
154
2-ilova
Bo‘lajak o‘qituvchilarda sog‘lom tafakkurning rivojlanganligini aniqlash
so‘rovnomasi
Hurmatli talabalar, savolnomaga javob berishda quyidagi ko‘rsatmalarga amal
qilishingiz so‘raladi: “Sizlarga 16 juft tasdiqlangan fikrlar va savollar taklif etiladi.
Har bir juftdan o‘zingizga hammasidan ham maqbul va to‘g‘ri keladigan “a”, “b”
yoki “s” javob variantidan bittasini tanlashingiz kerak. Javob berishda uzoq vaqt
o‘ylamaslikka harakat qiling, bu yerda to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javoblar yo‘q”.
Savolnomada quyidagi ta’kidlar o‘z aksini topgan:
1. a) agar biror vazifani bajara olmasam, o‘zimdan xafa bo‘laman yoki o‘zimdan
ko‘nglim to‘lmaydi;
b) agar biror vazifani eplay olmasam o‘z o‘zimni kuchli tanqid qilaman;
c) odatda bunday vaziyatlar uchun ko‘p qayg‘urmayman, o‘zimga bo‘lgan
ishonch pasayadi.
2. a) shu kungacha o‘zlashtirilgan hayotiy faoliyat tajribasini erishilgan
muvaffaqiyatlar omili sifatida baholayman;
b) o‘zlashtirilgan faoliyat tajribasi yangi muvaffaqiyatlarga erishishni
ta’minlamaydi, deb o‘ylayman.
c) yangi muvaffaqiyatlar faqatgina qulay shart-sharoit va imkoniyatlarga
bog‘liq, bunda faoliyat tajribasi ham talab etiladi.
3. a) kursdoshlarim tomonidan bildirilgan fikrlar men uchun ahamiyatli va ularni
doim tushunishga harakat qilaman.
b) har kim o‘z fikriga ega bo‘lishi kerak, bunda bir-birini tushunish shart emas.
c) boshqalar fikrini eshitish va tushunish bilan bog‘liq holda menda doim
qiyinchiliklar paydo bo‘ladi.
4. a) men uchun eng asosiysi jismoniy salomatlik, uni asosiy muvaffaqiyatlar
omili sifatida baholayman.
b) menimcha, jismoniy salomatlikning o‘zini shaxsiy muvaffaqiyatlar omili
sifatida baholab bo‘lmaydi.
155
c) mening o‘ylashimcha, _________________________________________
_________________________________________________________________.
5. a) kursdoshlarim men tomonimdan bildirilgan tashabbuslarni doim qo‘llab-
quvvatlashadi.
b) kursdoshlarim mening tashabbuslarimni qo‘llab-quvvatlashi shart emas.
c) mening tashabbuslarim qo‘llab-quvvatlanmasa, odatda men ulardan xafa
bo‘laman.
6. a) men nimanidir bilmasligimni yoki bajara olmasligimni tan olishim qiyin
kechadi, ba’zan buni xohlamayman.
b) men nimanidir bilmasligimni yoki bajara olmasligimni osongina tan olaman
va bu meni qiynamaydi.
c) men o‘z kamchiliklarimni bilaman va doim meni tanqid qilishadi.
7. a) atrofdagilarga o‘z his-tuyg‘ularim, fikrlarim va qiziqishlarim haqida
gapirish men uchun qiyin, odatda buni xohlamayman.
b) mening fikrlarim va qiziqishlarim boshqalar uchun ahamiyatsiz deb
o‘ylayman.
c) o‘z his-tuyg‘ularim, fikr va qiziqishlarim haqida yaqinlarimga aytishga
qo‘rqaman.
8. a) noqulay vaziyatlarda o‘z xatti-harakatlarimni nazorat qilish va boshqarish
menga qiyinchilik tug‘diradi.
b) noqulay vaziyatlardan chiqib ketishim qiyin va bunda menga boshqalarning
yordami zarur.
c) noqulay vaziyatlarda o‘z xatti-harakatlarimni nazorat qila olaman va menda
doim yechim topiladi.
9. a) o‘y-hayollarim va fikrlarimni tartibga solishga qiynalaman.
b) fikrlarimni nazorat qila olaman, lekin erkin bayon qilish men uchun qiyin.
c) fikrlarimni erkin bayon qilaman va bu men uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi.
10. a) mendagi muvaffaqiyatsizliklar sababini odatda atrofdagilardan izlayman.
b) muvaffaqiyatsizliklarim sababchisi sifatida faqatgina o‘zimni aybdor deb
bilaman.
156
c) muvaffaqiyatga erishishim mumkin ekanligini oldindan his qilaman va
buning uchun menda imkoniyatlar yetarli.
11. a) oliy ta’limda o‘qish men uchun qiyinchiliklar tug‘diradi.
b) oliy ta’limda o‘qish qiyin bo‘lsa-da, o‘z mutaxassisligimni mukammal
o‘zlashtirishim lozim.
c) har qanday qiyinchilik maqsadga erishishimga to‘sqinlik qilmaydi.
12. a) mustaqil fikr bildirishdan ko‘ra boshqalarning fikrini ma’qullash men
uchun osonroq.
b) mustaqil fikrim bo‘ladi, lekin uning boshqalar tomonidan qabul
qilinmasligidan qo‘rqaman.
c) muayyan muammo yuzasidan jamoaviy fikrlash men uchun eng maqbuli
hisoblanadi.
13. a) odatda, men bajarmoqchi bo‘lgan ishlarimni oldindan rejalashtiraman.
b) odatda, bajarmoqchi bo‘lgan ishlarni oldindan rejalashtirish kerak deb
o‘ylayman, lekin bu men uchun qiyinchilik tug‘diradi.
c) bajarmoqchi bo‘lgan ishlarimni oldindan rejalashtirishga odatlanmaganman.
14. a) o‘quv faoliyatidagi kichik muvaffaqiyatsizlik ham menda bezovtalikni va
xavotirlanishni keltirib chiqaradi.
b) o‘quv faoliyatidagi kichik xatolarga ko‘nikman, odatda ularga iloji boricha
e’tibor qaratmayman.
c) o‘quv faoliyatidagi kichik xatolar muvaffaqiyatga erishishda asosiy to‘siqlar
deb o‘ylayman va odatda ularga ko‘p e’tibor qarataman.
15. a) atrofdagilar va o‘qituvchilarim bilan bo‘ladigan muloqotda o‘zimni erkin
his qila olmayman.
b) talabalar va o‘qituvchilar bilan bo‘ladigan muloqot jarayoni men uchun juda
qiziq va o‘zimni erkin his qilaman.
c) kursdoshlarim va o‘qituvchilarim bilan muloqotga kirishishdan ko‘ra, odatda
ko‘proq ularni eshitish men uchun qulay.
16. a) ko‘pchilik oldida o‘zimni yo‘qotib qo‘yaman va menda kuchli
hayajonlanish paydo bo‘ladi.
157
b) asosan, yolg‘iz qolgan vaqtlarimda o‘zimni erkin his etaman.
c) ko‘pchilik oldida fikr bildirishga qiynalmayman va bu men uchun odatiy
holatlardan biri hisoblanadi.
|