|
Mavzu: O’zgarishlarni boshqarish Reja
|
bet | 1/9 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 68,78 Kb. | | #245623 |
Bog'liq uzgarish Mavzu: O’zgarishlarni boshqarish Mavzu: O’zgarishlarni boshqarish Reja: 1. Oʼzgarishlar strategiyasining turlari. 2. Kompaniyani boshqarish tizimlarini qayta tashkil etish va qayta qurish. 3. Tashkilot, ishchi guruhlar va individual ish pozitsiyalarini diagnostika qilish jarayoni 4. Oʼzgarishlarni boshqarish usullari va vositalari. 5. Oʼzgarishlarni amalga oshirish va risk. 6. Xulosa. 7. Foydalanilgan adabiyotlar. Oʼzgarishlar strategiyasining turlari. Boshqaruv usullari bu boshqaruv sub’ektining boshqaruv ob’ektiga maqsadli yo’naltirilgan ta’sir o’tkazishning usullari, ya’ni boshqaruvchining u boshqarayotgan ishlab chiqarish jamoasiga qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida uning faoliyati muvofiqlashuvini ta’minlashdir. Boshqaruv usullari vositasida iqtisodiy jarayonlarga va ishlab chiqarish qatnashchilariga moddiy, moliyaviy, energiya, mehnat resurslarini imkoni boricha kam sarf qilib yuqori natijalarga erishish maqsadida ta’sir etiladi. Ishlab chiqarish samaradorligi ko’p jihatdan boshqaruv usullari mukammalligi va to’g’ri shakllanganligi bilan uzviy bog’liqdir. Boshqaruv usullari boshqaruv fanida muhim o’rinni egallab, boshqaruv qonun va tamoyillari bilan uzviy bog’liqdir. Mehnat jamoasiga ta’sir etish usullari orasida boshqaruv mexanizmi uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv ob’ektiv qonunlari talablariga muvofiq keluvchilarigina eng maqbul va maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Buning mohiyati shundaki, boshqaruv usullari bozor iqtisodiyotiga mansub qonunlar tizimi bilan uzviy bog’liqdir. Boshqaruv usullari tashqi va ichki omillar ta’sirida o’zgaradi. Tashqi omillarga: tashqi va ichki sharoit o’zgarishi, iqtisodiyotni boshqarishda tub islohatlarni amalga oshirish, xalq xo’jaligining texnikaviy qurollanganlik darajasini boshqarish tizimida o’zgarishlar (iqtisodiy islohatlar, iqtisodiyotni boshqarishning tarmoq tizimidan hududiy tizimiga o’tish va x.k.) kiradi. Oʼzgarishlar strategiyasining turlari. Boshqaruv usullari bu boshqaruv sub’ektining boshqaruv ob’ektiga maqsadli yo’naltirilgan ta’sir o’tkazishning usullari, ya’ni boshqaruvchining u boshqarayotgan ishlab chiqarish jamoasiga qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida uning faoliyati muvofiqlashuvini ta’minlashdir. Boshqaruv usullari vositasida iqtisodiy jarayonlarga va ishlab chiqarish qatnashchilariga moddiy, moliyaviy, energiya, mehnat resurslarini imkoni boricha kam sarf qilib yuqori natijalarga erishish maqsadida ta’sir etiladi. Ishlab chiqarish samaradorligi ko’p jihatdan boshqaruv usullari mukammalligi va to’g’ri shakllanganligi bilan uzviy bog’liqdir. Boshqaruv usullari boshqaruv fanida muhim o’rinni egallab, boshqaruv qonun va tamoyillari bilan uzviy bog’liqdir. Mehnat jamoasiga ta’sir etish usullari orasida boshqaruv mexanizmi uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv ob’ektiv qonunlari talablariga muvofiq keluvchilarigina eng maqbul va maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Buning mohiyati shundaki, boshqaruv usullari bozor iqtisodiyotiga mansub qonunlar tizimi bilan uzviy bog’liqdir. Boshqaruv usullari tashqi va ichki omillar ta’sirida o’zgaradi. Tashqi omillarga: tashqi va ichki sharoit o’zgarishi, iqtisodiyotni boshqarishda tub islohatlarni amalga oshirish, xalq xo’jaligining texnikaviy qurollanganlik darajasini boshqarish tizimida o’zgarishlar (iqtisodiy islohatlar, iqtisodiyotni boshqarishning tarmoq tizimidan hududiy tizimiga o’tish va x.k.) kiradi.
|
| |