|
Oʼzgarishlarni amalga oshirish va risk
|
bet | 7/9 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 68,78 Kb. | | #245623 |
Bog'liq uzgarish Oʼzgarishlarni amalga oshirish va risk. O’zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotining rivojlanishi, jahon bozoriga integratsiyalanishi va globalizatsiya sharoitida investitsion faoliyatning rivojlanishi uchun kunlik hayotida risklar bilan to’qnashishiga to’g’ri keladi. Davlat tomonidan investitsion faoliyatning qo’llab-quvvatlanishi albatta ijobiy samara beradi, lekin shunga qaramay investitsiya loyihalarini amalga oshirish turli xil risklar bilan bog’liq bo’ladi. Va ayni shunda yuzaga kelish ehtimoli bo’lgan yutuq-foydani va yo’qotishlarning kompleks tahlilini olib borishda, risk 45 va tavakkalchilikni baholash uchun riskni yuzaga keltiruvchi barcha manbalarni va ularning ichida eng asosiylarini aniqlash muhimdir. Bu borada investitsiya risklarini tahlil qilishning analitik va sintetik usullaridan keng ko’lamda foydalanish talab etiladi. Agar loyiha bo’yicha kutilayotgan foyda yoki vujudga kelishi mumkin bo’lgan zararlar ichida miqdoriy yoki yuzaga kelish ehtimoli bo’yicha boshqalarga qaraganda eng katta solishtirma og’irlikka ega bo’lgan bitta turdagisi ajralib chiqsa, u holda risk darajasini miqdor bo’yicha baholash uchun ayni shu turini qabul qilish mumkin bo’ladi. Investitsiya loyihalari bo’yicha vujudga kelishi mumkin bo’lgan zarar va yo’qotishlarni pasaytirish va etarli asoslash maqsadida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan risklarni va ularning omillarini tahlil qilish va baholash uchun maxsus iqtisodiy yondashuv, uslubiyot va vositalar ishlab chiqilishi lozim. Investitsiya loyihalariga ta’sir etadigan risklarni baholash, nafaqat, zararlarni pasaytirish imkonini beradi, balki strategik to’g’ri riskni salbiy oqibatlarini uzoq davomga pasaytirish uchun to’g’ri qaror qabul qilishi uchun ham yordamlashadi. Riskning muqarrarligini vaqtida aniqlash, unga ta’sir etishi mumkin bo’lgan yoki uni pasaytirish yo’llarni vaqtida o’rganib, o’zi uchun ma’qulligini tanlashiga imkon beradi. Bu o’z navbatida, analitikning investitsiya riskiga asosli tarzda yondashishini ta’minlaydi. Investitsiya loyihalarida risklarni boshqarishni takomillashtirishda ma’lumotlarning shaffofligi va ishonchliligi muhim o’rin tutadi. Chunki, ma’lumotlar ishonchli va shaffof bo’lmasa, olingan xulosalar soxta bo’lishi mumkin. Investitsiya loyihalarida risklarni boshqarishda u yoki bu faoliyatidagi risklarni muntazam ravishda tahlil qilish, ularni baholashga imkon beruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish, qo’llash, identifikatsiyalash va pasaytirish yo’llarini takomillashtirish asosiy omillardan hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, investitsiya loyihalarida risklarni samarali baholashda, ilg’or texnologiyalardan foydalana olishi ham qiyinroq bo’ladi. Chunki bu ularning “cho’ntagi”ga har doim to’g’ri kelavermaydi. Shuning uchun risklarni baholashda birinchi navbatda ularni moliyaviy hisobot asosida 46 identifikatsiyalash maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Bunda korxona balansi va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot ma’lumotlaridan foydalanilsa bo’ladi. Bunday yondoshuvning afzalligi uning soddalashgan tartibi, qo’shimcha ravishda ma’lumotlar va mablag’larni yig’ish kerak emasligi, xalqaro amaliyotga va hisob standartlariga uyg’unligidadir. Unga muvofiq investitsiya loyihalarida barcha risklarni analitik va sintetik usulda identifikatsiyalash maqsadga muvofiqdir Operatsion risklar opreatsion faoliyat (ichki va tashqi moliyaviy resurslarni jalb qilish asosida real ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish hamda vujudga keltirilgan zaruriy asosiy va aylanma kapital hisobiga takror ishlab chiqarish jarayonining davomiyligi hamda uzluksizligini ta’minlash) natijasida ular foydasining shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi.
|
| |