|
Mavzu: O’zgarishlarni boshqarish Reja
|
bet | 8/9 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 68,78 Kb. | | #245623 |
Bog'liq uzgarishRiskning muqarrarligini vaqtida aniqlash, unga ta’sir etishi mumkin bo’lgan yoki uni pasaytirish yo’llarni vaqtida o’rganib, o’zi uchun ma’qulligini tanlashiga imkon beradi. Bu o’z navbatida, analitikning investitsiya riskiga asosli tarzda yondashishini ta’minlaydi. Investitsiya loyihalarida risklarni boshqarishni takomillashtirishda ma’lumotlarning shaffofligi va ishonchliligi muhim o’rin tutadi. Chunki, ma’lumotlar ishonchli va shaffof bo’lmasa, olingan xulosalar soxta bo’lishi mumkin. Investitsiya loyihalarida risklarni boshqarishda u yoki bu faoliyatidagi risklarni muntazam ravishda tahlil qilish, ularni baholashga imkon beruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish, qo’llash, identifikatsiyalash va pasaytirish yo’llarini takomillashtirish asosiy omillardan hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, investitsiya loyihalarida risklarni samarali baholashda, ilg’or texnologiyalardan foydalana olishi ham qiyinroq bo’ladi. Chunki bu ularning “cho’ntagi”ga har doim to’g’ri kelavermaydi. Shuning uchun risklarni baholashda birinchi navbatda ularni moliyaviy hisobot asosida 46 identifikatsiyalash maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Bunda korxona balansi va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot ma’lumotlaridan foydalanilsa bo’ladi. Bunday yondoshuvning afzalligi uning soddalashgan tartibi, qo’shimcha ravishda ma’lumotlar va mablag’larni yig’ish kerak emasligi, xalqaro amaliyotga va hisob standartlariga uyg’unligidadir. Unga muvofiq investitsiya loyihalarida barcha risklarni analitik va sintetik usulda identifikatsiyalash maqsadga muvofiqdir Operatsion risklar opreatsion faoliyat (ichki va tashqi moliyaviy resurslarni jalb qilish asosida real ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish hamda vujudga keltirilgan zaruriy asosiy va aylanma kapital hisobiga takror ishlab chiqarish jarayonining davomiyligi hamda uzluksizligini ta’minlash) natijasida ular foydasining shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. XULOSA Investitsiya loyihalari risklarini boshqarish va baholash yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida quyidagi xulosalarni olish mumkin: investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, amalga oshirish, ular miqdorining o’sib borishi har bir mamlakat ihtisodiyoti uchun, qolaversa, jahon iqtisodiyoti uchun ham katta ahamiyatga ega. Loyihalarni amalga oshirishga jalb etiladigan investitsiyalar samaradorligini ta’minlashda eng asosiy va bosh omil loyihaning sifatli, putxa, haqqoniy ishlab chiqilganligi, to’g’ri, aniq va chuqur o’rganib chiqilganligi hamda tahlil etilganligidir. Bunda loyiha risklarni baholash va ularni pasaytirish yo’llari yoki boshqarish vositalarining ishlab chiqilganligi ham muhim ahamiyatga ega;
|
| |