|
Mavzu: O’zgarishlarni boshqarish Reja
|
bet | 6/9 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 68,78 Kb. | | #245623 |
Bog'liq uzgarish Boshqaruv usullari bevosita ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga ta’sir etuvchi ishlab chiqarish usuli rivojlanishi va jamiyat ishlab chiqarish kuchlari o’sishi bilan o’zgarib boradi. Iqtisodiyot muvaffaqiyatli rivojlanishda boshqaruv usullarini to’g’ri tanlash ham muhim ahamiyatga ega. Boshqaruv usullarini iqtisodiyotning ma’lum aniq sohalarida amal qilishning turli yo’llari orasidagi umumiy hodisa sifatida ajratish mumkin. Masalan, boshqaruv darajalari bo’yicha boshqaruv usullari (davlat sektorini boshqarish usullari, fabrika, korxona, birlashma, mintaqani boshqarish usullari), yoki tarmoqlarni boshqarish usullari (sanoat, transport, qishloq xo’jaligini boshqarish usullari) haqida so’z yuritish mumkin. Shuningdek, turli sub’ektlri tomonidan qo’llaniladigan boshqaruv usullarini ajratib ko’rsatish mumkin. Davlat boshqaruvi usullari jamoat tashkilotlarini boshqarish usullari. Yoki iqtisodiyotning ayrim sohalarida qo’llaniladigan boshqaruv usullarini (ishlab chiqarishni, moliyaviy sohani, fan va maorifni boshqarish usullari)ni ham ko’zda tutish lozim. Xalq xo’jaligini boshqarishda quyidagi usullardan foydalaniladi: iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, psixologik va huquqiy. Boshqaruvning bu usullari o’zaro uzviy bog’liqdir, shu sababli ularning birortasiga ortiqcha ahamiyat berish butun ishlab chiqarishning normal borishi buzilishiga olib keladi. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyotini boshqarishning iqtisodiy usullari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oʼzgarishlarni amalga oshirish va risk. O’zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotining rivojlanishi, jahon bozoriga integratsiyalanishi va globalizatsiya sharoitida investitsion faoliyatning rivojlanishi uchun kunlik hayotida risklar bilan to’qnashishiga to’g’ri keladi. Davlat tomonidan investitsion faoliyatning qo’llab-quvvatlanishi albatta ijobiy samara beradi, lekin shunga qaramay investitsiya loyihalarini amalga oshirish turli xil risklar bilan bog’liq bo’ladi. Va ayni shunda yuzaga kelish ehtimoli bo’lgan yutuq-foydani va yo’qotishlarning kompleks tahlilini olib borishda, risk 45 va tavakkalchilikni baholash uchun riskni yuzaga keltiruvchi barcha manbalarni va ularning ichida eng asosiylarini aniqlash muhimdir. Bu borada investitsiya risklarini tahlil qilishning analitik va sintetik usullaridan keng ko’lamda foydalanish talab etiladi. Agar loyiha bo’yicha kutilayotgan foyda yoki vujudga kelishi mumkin bo’lgan zararlar ichida miqdoriy yoki yuzaga kelish ehtimoli bo’yicha boshqalarga qaraganda eng katta solishtirma og’irlikka ega bo’lgan bitta turdagisi ajralib chiqsa, u holda risk darajasini miqdor bo’yicha baholash uchun ayni shu turini qabul qilish mumkin bo’ladi. Investitsiya loyihalari bo’yicha vujudga kelishi mumkin bo’lgan zarar va yo’qotishlarni pasaytirish va etarli asoslash maqsadida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan risklarni va ularning omillarini tahlil qilish va baholash uchun maxsus iqtisodiy yondashuv, uslubiyot va vositalar ishlab chiqilishi lozim. Investitsiya loyihalariga ta’sir etadigan risklarni baholash, nafaqat, zararlarni pasaytirish imkonini beradi, balki strategik to’g’ri riskni salbiy oqibatlarini uzoq davomga pasaytirish uchun to’g’ri qaror qabul qilishi uchun ham yordamlashadi.
|
| |