• Kombinzon old, ort bo‘lak yelka, yon qirqimlari qanday chok bilan tikiladi
  • «O‘G‘IL BOLALAR KOMBINZONINING MAYDA BO‘LAKLARINI TIKISH»BO‘YICHA TEXNOLOGIK XARITA
  • Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi o‘quv amaliyoti cdr




    Download 8,77 Mb.
    bet108/170
    Sana21.02.2024
    Hajmi8,77 Mb.
    #159861
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   170
    Bog'liq
    Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi oquv amaliyoticover

    TEST SAVOLLARI:




    1. Yoqa o‘miziga mag‘iz qanday chok bilan tikiladi?


    1. bostirma;

    2. ag‘darma;

    3. biriktirma;

    4. mag‘iz.

    1. Kombinzon old, ort bo‘lak yelka, yon qirqimlari qanday chok bilan tikiladi?


    1. ag‘darma;

    2. bostirma;

    3. biriktirma;

    4. bukma.

    1. Chizmadan yengil kiyimlarda tikiladigan qoplama cho‘ntakni aniqlang?












    A)

    B)

    C)

    D)




    1. Qoplama cho‘ntak asosiy bo‘lakka qanday chok bilan tikiladi?

    1. qo‘sh chok;

    2. mag‘iz;

    3. bukma;

    4. bostirma.

    1. ilova


    Kasb kodi va nomi: 3.53.10.08 - Tikuvchilik O‘quv amaliyot nomi: Bolalar kiyimini tikish.

    Amaliy mashg‘ulot: Maktabgacha yoshdagi bolalar kombinzonining mayda bo‘laklariga ishlov berish


    Maqsad: O‘quvchilarni “Bolalar kiyimini tikish” o‘quv amaliyotida o‘zlashtirgan bilimlarini tekshirish hamda ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash va rivojlantirish


    «O‘G‘IL BOLALAR KOMBINZONINING MAYDA BO‘LAKLARINI TIKISH»BO‘YICHA TEXNOLOGIK XARITA





    Texnologiya asosida faoliyat turlari

    Tavsiya etiladigan moslama va
    uskunalar

    Chizma



    Standart asosida operatsiyani bajarish tartibi

    I

    II

    III

    IV

    A) Kombinzon qoplama cho‘ntagini tikish

    1. Qoplama cho‘ntak yon, tag, burchaklarini tikish

    UM



    Qoplama cho‘ntak tepa qismida yordamchi buklash chizig‘i belgilanib, o‘ng tomoniga bukish chizig‘idan buklanadi. So‘ngra cho‘ntakning ikkita yon tomon burchak qirqimidan
    0.7 sm kenglikda ag‘darma chokda tikiladi. Qoplama cho‘ntakning pastki burchagini tikishda cho‘ntak o‘ngi ichkariga qaratib o‘rtadan buklanib, qiya holatda
    ag‘darma chokda tikiladi.

    2. Qoplama cho‘ntak burchaklarini o‘ngiga ag‘darish va
    qirqimlarini

    UM




    Cho‘ntak burchaklari kesilib chok haqqi orasi yorib dazmollanadi. So‘nra o‘ngiga ag‘dariladi va burchaklari dukcha yordamida
    to‘g‘rilanadi. Cho‘ntak

    buklab dazmollash.






    tomonlari bukish chizig‘idan buklab nam mato yordamida dazmollanadi.

    3. Cho‘ntak yuqori qismini bostirib tikish

    UM,
    dazmol




    Qoplama cho‘ntakning yuqori qismi buklab ko‘klanadi. So‘ngra universal mashinada buklangan ziydan 0.1-0.2 sm kenglikda bostirib tikiladi.

    B) Old va ort bo‘laklarini tayyorlash

    1. Old va ort bo‘lak yon chokida joylashgan cho‘ntak o‘rniga cho‘ntak qopini tikish

    UM,
    dazmol




    Old bo‘lak yon chokida joylashgan cho‘ntak o‘rniga kertimga obtachkani o‘ngini o‘ngiga qo‘yib 0.5 sm da biriktirib tikiladi va orasi yorib dazmollanadi.

    2. Cho‘ntak ziylariga bezak baxyaqator yuritish.

    UM




    Cho‘ntak xalta o‘ngiga ag‘dariladi va old bo‘lakdan ziy chiqarib shakli to‘g‘rilanib ko‘klanadi. So‘ngra modelga asoslanib universal mashinada 2 ta parallel 0.1-0.5 sm bezak baxyaqator yuritiladi. Bezak ip modelga asoslanib tanlanadi. Bezak baxyaqator yuritib bo‘lingandan so‘ngra ko‘klangan iplar olib
    tashlanadi.




    3. Old bo‘lak ko‘rinmani biriktirib tikish

    UM




    Ko‘rinmaning o‘ngiga old bo‘lakni qo‘yib, ziylar va kertimlari to‘g‘rilanib surilib ketmasligi uchun to‘g‘nog‘ich to‘g‘nab qo‘yiladi. So‘ngra cho‘ntak qopi va ko‘rinma qirqimlari to‘g‘rilanib bir-biri bilan 0.7 sm kenglikda biriktirib tikiladi. To‘g‘nog‘ichlar olib
    tashlanadi.

    4. Cho‘ntak qopi ziylarini yo‘rmalash

    MM





    Cho‘ntak qopi qirqimi maxsus mashinada yo‘rmalanadi.

    5. Ort bo‘lakda qoplama cho‘ntak o‘rnini belgilash

    Andoza, bo‘r




    Ort bo‘lakda yordamchi andoza yordamida qoplama cho‘ntak o‘rni belgilanadi.

    6. Ort bo‘lakka qoplama cho‘ntakni bostirib tikish

    UM




    Tayyorlanib olingan qoplama cho‘ntak asosiy bo‘lak o‘ngiga cho‘ntak teskari tomonini qo‘yib to‘g‘nog‘ich yordamida to‘g‘nab olinadi va to‘g‘ri sirma qaviqda qoplanadi. To‘g‘nog‘ichlar olib tashlanadi. So‘ngra modelga muvofiq 0.1-
    0.5 sm kenglikda 2 ta parallel baxyaqator yurgazib, bostirib









    tikiladi, ko‘klangan iplar olib tashlanadi.


    Download 8,77 Mb.
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   170




    Download 8,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi o‘quv amaliyoti cdr

    Download 8,77 Mb.