Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi o‘quv amaliyoti cdr




Download 8,77 Mb.
bet54/170
Sana21.02.2024
Hajmi8,77 Mb.
#159861
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   170
Bog'liq
Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi oquv amaliyoticover

I. Old bo‘lakka ishlov berish

1.1. Old bo‘lak qirqimlarini yo‘rmalash

MM



Kaltashimyonqirqimini, odimqirqiminivaog‘ qirqimlarinimaxsusmashina yordamidayo‘rmalanadi.

1.2. Old bo‘lak o‘rta chizig‘ini chiqarib dazmollash

Dazmol





Kalta shim old bo‘laklarining o‘ngini
ichkariga qaratib, qirqimlarini to‘g‘rilab, shim etak qirqimini o‘ng tomonga, yon qirqimini ichkariga qaratib qo‘yiladi, yon va odim qirqimlarini shimning etak qirqimigacha cho‘zib, old bo‘lak o‘rta chizig‘ida hosil bo‘lgan salqi kirishtirib
dazmollanadi.

1.3. Ort bo‘lak yon qirqimdagi cho‘ntakni belgilash

Qaychi



Old bo‘lak yon qirqimidagi qirqma cho‘ntakning o‘rnini belgilab va belgilangan joydan 0.5 sm qaychida kertim qo‘yamiz.

1.4. Old bo‘lak yon qirqimdagi cho‘ntak o‘rniga yelimli qotirma
yopishtirish

Dazmol





Yelimli tasmani yon qirqimdagi cho‘ntakka kertim qo‘yilgan joyga yelimli tasmani qo‘yib dazmollanadi.

1.5. Old bo‘lak yon qirqimidagi cho‘ntakka cho‘ntak
xaltani qo‘yib ko‘klash

Igna, ip



Cho‘ntak xaltaning
teskarisini cho‘ntak belgilangan o‘rniga, teskari bel qismiga, yon qirqimiga tekislab belgilangan
chiziqdan 1.0 sm kenglikda ko‘klanadi.

1.6. Old bo‘lak yon qirqimidagi cho‘ntakka bezak baxyaqator tikish

UM




Yaxlit bichilgan mag‘iz cho‘ntak xalta tomonga buklab ko‘klanadi va mashinada bezak baxyaqator yuritiladi, yaxlit bichilgan mag‘iz cho‘ntak xaltaga qirqimdan 0.3-0.4 sm kenglikda bostirib
tikiladi.

1.7. Old bo‘lak yon qirqimdagi cho‘ntak xaltaga ko‘rinmani bostirib tikish

UM





Cho‘ntak xaltaning va ko‘rinmaning tepa va yon qirqimlarini tekislab, ko‘rinmaning 0.5-0.7 sm ichki qirqimini buklab cho‘ntak xaltaga buklangan joydan 0.1-0.2 sm bostirib
tikiladi.

1.8. Old bo‘lak yon qirqimdagi qirqma cho‘ntakni cho‘ntak xalta bo‘laklariga birlashtirib
tikish.

UM



Old bo‘lak kalta shimni cho‘ntak xalta ko‘rinmasiga qo‘yib, cho‘ntak xaltaning bel qirqimi, yon qirqimi va etak qirqimlari tekislanadi. 1.0-1.5 sm chok haqqi qo‘yib to‘g‘rilab, biriktirib tikiladi. Cho‘ntak boshi va oxiri puxtalanadi.

1.9. Cho‘ntak xaltaning qirqimlarini yo‘rmalash.

MM




Cho‘ntak xaltaning qirqimlari maxsus mashina yordamida yo‘rmalanadi.

1.10. Old bo‘lak yon qirqimdagi qirqma cho‘ntakni dazmollash

Dazmol




Old bo‘lak yon qirqimdagi qirqma cho‘ntakni nam mato orqali dazmolda teskari tomondan dazmollanadi.


Download 8,77 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   170




Download 8,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi o‘quv amaliyoti cdr

Download 8,77 Mb.