Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi o‘quv amaliyoti cdr




Download 8,77 Mb.
bet57/170
Sana21.02.2024
Hajmi8,77 Mb.
#159861
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   170
Bog'liq
Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi oquv amaliyoticover

VI. Kalta shim o‘rta og‘ qirqimlariga ishlov berish

6.1. Kalta shim bo‘laklarining o‘rta og‘ qirqimlarini biriktirib ko‘klash.

Igna, ip





Kalta shim bo‘laklarining o‘ngini ichkariga qaratib, odim choklarini va ort bo‘lak choklarini bir-biriga to‘g‘ri keltirib, o‘rta qirqimlari chap tomondan to‘g‘ri sirma qaviqda
ko‘klanadi.

6.2. Kalta shim o‘rta og‘ qirqimlarini biriktirib tikish

UM





Kalta shim o‘rta og‘ qirqimlari ko‘klangan tomondan biriktirib tikiladi, baxyaqator qaviqqatordan
0.1 sm oraliqda yuritiladi. Biriktirib tikishda oralig‘i
0.1 sm bo‘lgan ikkita baxyaqator yuritib va
chokni cho‘zib turib tikiladi.

6.3. Kalta shim o‘rta qirqimini dazmollash

Dazmol




Kalta shim o‘rta chokini maxsus taxta qolip ustida, oldin namlab keyin chok
orasini yorib dazmollanadi.

6.4. Kalta shim old o‘rta qirqimda bezak taqilma
baxyaqatorini yuritish.

Universa l mashina.



Kalta shim old o‘rta qIrqim chokida bezak baxyaqatori model bo‘yicha yuritiladi.

VII. Kalta shimning yuqori qirqimiga ishlov berish

7.1. Belbog‘ yon tomonini biriktirib tikish

UM




Belbog‘ o‘ngi ichkariga qaratib yon tomoni 0.7 sm chok haqqi kenglikda biriktirib tikiladi. Rezinauchunozginaochiqjo yqoldiribchoklarboshivaoxi ripuxtalanadi.

7.2. Belbog‘ yon tomon chokining orasini yorib dazmollash

Dazmol





Belbog‘ yon tomon choklarining orasini ochib teskari tomondan namlangan mato orqali dazmollanadi.

7.3. Belbog‘ o‘rtasidan baxyaqator yuritish.

UM



Belbog‘ni o‘rtasidan 2 qator rezinka o‘tkazish uchun baxyaqator yuritiladi.

7.4. Belbog‘ni kalta shimga ko‘klash

Igna, ip



Kalta shim bel qismiga belbog‘ni o‘ngini o‘ngiga qo‘yib, belbog‘ choklarini kalta shim yon chokiga to‘g‘nog‘ich to‘g‘nab,
qirqimlari tekislanib,
ko‘klanadi. To‘g‘nog‘ich olib tashlanadi.

7.5. Belbog‘ni kalta shimga biriktirib tikish

UM




Belbog‘ni kalta shimga ko‘klangan tomondan 1.0 sm chok haqqi bilan biriktirib tikiladi.

7.6. Kalta shim belbog‘ini dazmollash

Dazmol



Belbog‘ qirqimlarini kalta shimga qaratib nam mato orqali dazmollanadi.

7.7. Kalta shim belbog‘ini yo‘rmalash

MM





Belbog‘ qirqimlarini maxsus mashina yordamida ziydan yo‘rmalanadi.


Download 8,77 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   170




Download 8,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi o‘quv amaliyoti cdr

Download 8,77 Mb.