• POCHASIGA ISHLOV BERISH Tayyor Ogil bolalar shimini uzil-kesil pardozlash va NII berish.» BO‘YICHA TEXNOLOGIK XARITA
  • Texnologiy a asosida faoliyat turlari Tavsiya etiladigan moslama va uskunalar
  • Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi o‘quv amaliyoti cdr




    Download 8,77 Mb.
    bet94/170
    Sana21.02.2024
    Hajmi8,77 Mb.
    #159861
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   170
    Bog'liq
    Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi oquv amaliyoticover

    Kasb kodi va nomi: 3.53.10.08 - Tikuvchilik O‘quv amaliyot nomi: Bolalar kiyimini tikish.
    Amaliy mashg‘ulot: Manjetli va manjetsiz Maktabgacha yoshdagi o'g'il bolalar shimining pochasiga ishlov berish. Oxirgi NII berish va pardozlash Maqsad: O‘quvchilarni “Bolalar kiyimini tikish” o‘quv amaliyotida o‘zlashtirgan bilimlarini tekshirish hamda ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash va rivojlantirish

    «MANJETLI VA MANJETSIZ O'G'IL BOLALAR SHIMINING


    POCHASIGA ISHLOV BERISH Tayyor O'g'il bolalar shimini uzil-kesil pardozlash va NII berish.» BO‘YICHA TEXNOLOGIK XARITA



    Texnologiy a asosida faoliyat turlari

    Tavsiya etiladigan moslama va
    uskunalar

    Chizma



    Standart asosida operatsiyani bajarish tartibi

    I

    II

    III

    IV

    I. Manjetsiz shim pochasiga ishlov berish

    1.1. Shim uzunligini belgilash.

    Sm lenta, bo‘r, qaychi.



    Shimning o‘ng bo‘lagi chap bo‘lagi ustiga ularning odim va yon choklari to‘g‘ri keltirilib, taqilma bilan
    tugma joy ziylari va shim










    o‘rta choki to‘g‘rilanib qo‘yiladi. Andoza qo‘yib, pocha qirqiladi va bukish chiziqlari, odim choklari va yon choklari tomonidan
    belgilanadi.

    1.2. Shim pochasini tekislab qirqish.

    Maxsus apparatli pichoq yoki qaychi.



    Pochalarning cheti belgilangan chiziq bo‘ylab qaychida, maxsus apparatda yoki mexanik pichoqli moslamada tekislab qirqiladi. Old yarim bo‘lagi 0,5 sm yuqoriga ko‘tarilib, orqa yarim bo‘lagi 0,5 sm pastga tushirib 4 sm bukish haqqi qoldirib chiziladi,
    qirqiladi va qirqimlar yo‘rmalanadi.

    1.3. Shim pochasiga tasmani ko‘klash.

    Nina, ip, qaychi.





    Tasmaning bo‘rtma ziy pochaning bukish chizig‘idan yuqoriroq chiqib turishi kerak, ichkariga bukilgandan keyin tasma pocha ziyidan sal chiqib turadigan bo‘ladi. Bunda baxyaqator tasmaning bo‘rtmagan ziyidan 0,1-0,2 sm masofada yuritiladi. Tasma uchlari bir-birining ustiga 1 sm chiqarilib, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida ko‘klanadi va bostirib
    tikiladi.

    1.4. Shim pochasini tikish.

    Maxsus mashina.



    Shim pochasini belgilangan chiziq bo‘ylab bukib, yashirin ikki qator chok bilan tikiladi. Birinchi baxyaqator tasma kengligidan 0,3 sm chetidan qoldirib, ikkinchi baxyaqator esa 0,1-0,2 sm qoldirib tikiladi. Chok odim qirqimdan boshlab yashirin baxyaqatorli maxsus
    mashinada tikib qo‘yiladi.










    Shim tez titiladigan gazlamadan tikilsa, pochasining qirqimini oldin yo‘rmab olinadi yoki maxsus mato yoki tasma
    qo‘yib tikiladi.

    1.5. Ko‘kl ash ipini so‘kish va dazmollash.

    Qaychi, dukcha, dazmol mato, dazmol.





    Shim pochasidagi ko‘klash iplari so‘kib, olibg‘irib tashlanadi va modelga binoan dazmollanadi.

    II. Manjetli shim pochasini tikish

    2.1. Shim va manjet uzunligini belgilash.

    Sm, lenta, bo‘r, qaychi.





    Shim pochasini tikish uchun shimning o‘ng bo‘lagi, chap bo‘lagining ustiga ularning odim va yon choklarini to‘g‘ri keltirib, taqilma bilan tugma joy ziylari, shuningdek, shim belbog‘ining yuqori ziyi va shim o‘rta choki to‘g‘rilanib qo‘yiladi. Belgi chiziqlar:

    1. chiziq - shim tayyor holatidagi uzunlik belgi chizig‘i.

    2. chiziq - manjet kengligi.

    3. chiziq - manjet kengligi.

    Lenta kengligidan 0,5 sm pastdan qoldiriladi.

    2.2. Shim ga tasmani ko‘klash.

    Nina, ip.




    Bunda shim pochasi belgi chiziq bo‘ylab bukiladi. Pocha qirqimi ustiga undan 0,2 sm chiqarib tasma qo‘yib ko‘klanadi.

    2.3. Shim tasmasi va manjet tikish.

    Maxsus, universal mashina.



    Agar qo‘sh ignali mashina bo‘lmasa, pocha qirqimi tasmasini universal mashinada oldin pocha qirqimidan 0,7-0,7 sm masofada ulab olinadi. Keyin tasmaning ikkinchi
    cheti bostirib tikiladi.










    Manjetli shim o‘ngi tomonga qaytarilib, maxsus mashinada yoki qo‘lda
    ko‘klanadi.

    2.4. Shim pochasiga so‘nggi ishlov berish.

    Maxsus mashina, qaychi, dazmol, press.








    Manjetning yon va odim choklari ustiga to‘g‘ri kelgan joylari manjet bilan shim pochasini qarama- qarshi tomonga qayirib turib, maxsus mashinada shu choklarga puxtalab tikib qo‘yilishi ham mumkin. Manjet maxsus moslamada
    tekislanadi va pressda dazmollanadi.

    1. Iplarni qirqish.

    Qaychi, dukcha, cho‘tka.




    Tikib tayyorlangan shim, ortiqcha iplardan tozalanadi va shu bilan birga belgilash
    chiziqlari ham tozalanadi.

    2. Belboqqa NII berish.

    Dazmol mato, dazmol.





    Tayyor bo‘lgan shim belbog‘iga yaxshilab nam mato yordamida NIIB beriladi, bunda belbog‘ ziyiga katta e’tibor berish
    zarur.

    3. Shim cho‘ntaklari ga NII berish.

    Dazmol mato, dazmol.



    Shim yon qiya cho‘ntaklarini to‘g‘rilab, ustma-ust tushirilib, taqilmalarni va hakozolarni to‘g‘rilab turib ustidan nam mato qo‘yib yaxshilab dazmollanadi.

    4. Shim pastki qirqimiga NII berish.

    Dazmol mato, dazmol.



    Shimning pastki qismi, uni stol ustiga qo‘yib va tizza darajasidan boshlab pochasigacha yon va odim choklarini to‘g‘ri keltirib dazmollanadi.

    5. Shim yon choklariga NII berish.

    Dazmol mato, dazmol.



    Bukilgan joylarining odim choklari tomonidan har qaysi bo‘lakda alohida, yon choklari tomondan esa ikkala










    bo‘lak birga bukib
    dazmollanadi va bug‘lanadi.

    6. Shimni presslash.

    Dazmol, press.




    Presslarda dazmollash ishlari bajarilayotganda shim pochasini va bukilgan joylarini universal yassi yostiqlarda dazmollanadi. NIIB berilgandan so‘ng shim
    30-40 daqiqa davomida osilgan holatda quritiladi.

    7. Belboqqa temir ilgak qadash.

    Bo‘r, sm lenta.





    Belbog‘ tugallangan qismiga ishlov berilgandan so‘ng shimning chap bo‘lak belbog‘iga temir ilgak belgilangan joyga qadaladi. Temir ilgakni qadash qismi maxsus o‘tkir tig‘li uchdan iborat bo‘lib matoga oson
    kiradi.

    8. Belboqqa temir izmani qadash.

    Bo‘r, sm.lenta.



    Shimning o‘ng yarim bo‘lak belbog‘ qismiga yakuniy ishlov berilgandan so‘ng, belgilangan belbog‘ taqilma qismiga temir izma qadaladi.


    Download 8,77 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   170




    Download 8,77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi o‘quv amaliyoti cdr

    Download 8,77 Mb.