• 25-mavzu: Kiyimni dekorativ bezaklar bilan modellashtirish Reja
  • Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish




    Download 5,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet125/153
    Sana22.08.2024
    Hajmi5,63 Mb.
    #269784
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   153
    Bog'liq
    Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish Xojiyeva Nargiza Ahmadjanovna

    Mashg’ulot yakuni
     
    1.Faol ishtirok etgan o’quvchilarning javoblarini izohlab
    baholaydi va rag’batlantiradi
    Uyga vazifaning berilishi
     
    2.Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan 
    yo’riqnoma beradi
    Baholari bilan 
    tanishadilar
    Vazifani yozib 
    oladilar


    25-mavzu: Kiyimni dekorativ bezaklar bilan modellashtirish 
     
    Reja: 
    1.Model yaratishda bezak beruvchi elementlar. 
    2. Bezak beruvchi elementlar turlari. 
    3.Kiyim turiga qarab bezaklarni tanlanishi. 
     
    Tayanch iboralar
    : dekorativ bezak. mag`iz, tasma, , bo’rtma burma , mayda taxlama, 
    gofree, plisse, furnitura (tugmalar, tuqilar, dekorativ pistonlar, munchoq-pistonlar, 
    «molniyalar. 
    Naqsh gulli materiallarda turli chiziqlar, bo’rtma choklar, drapirovkalar, mayda 
    detallar kam seziladigan bo`lgani uchun ular ifodali chiqmasligini yodda tutish kerak. 
    Ularni ko`rinarli qilish uchun sidirg’a gazlamadan mag`iz, tasma va hokazolar qo’yib 
    qo’shimcha bezash kerak bo`ladi. 
    Kostyumdagi dekorativ bezak. Bezak kompozitsiyaning mustaqil elementi emas-bu 
    qo’shimcha, ziynat bo`lib, kiyimda u yo’q bo`lishi mumkin. 
    Kiyim tarixining har qaysi bosqichiga o`z bezak turlari va ularni ishlatish usullari 
    xos bo`ladi. 
    Kiyimni modellash tajribasida ishlatiladigan bezak turlari xilma-xil bo`lib, ular 
    kompozitsiyadagi asosiy g`oya bo`lishi yoki kostyumdagi mo’ljallangan badiiy-obrazli 
    niyatini kuchaytiradigan va boyitadigan bo`lishi mumkin. 
    Bezakdan kiyim shaklini yoki uning bir qismini bo`rttirib, shaklini bo’laklarga ajratib 
    ko`rsatish uchun foydalaniladi. 
    Dekorativ bezakning dekarativ va konstruktiv ahamiyati (drapirovka, bo’rtma burma 
    , mayda taxlama, gofree, plisse, va hokazo, dekorativ va utilitar ahamiyati (belbog’lar, 
    qoplama cho’ntaklar, tugmalar, furnitura va shu kabilar) va faqat dekorativ harakatga 
    ahamiyati (kashtalar, qo’yma burmalar, applikatsiya va boshqalar) bo`lishi mumkin. 
    Hozirgi son sanoqsiz bezaklarni materiali va shakliga binoan quyidagi gruppalarga 
    ajratsa bo`ladi: 


    1. 
    Barcha turdagi bo’rtirma choklarni, taxlamalar bo’rtma burmalar, drapirovkalar, 
    plisse, gofree, bezak baxya qatorlarni tikish natijasida hosil bo`ladigan bezaklar. 
    2. 
    Kiyimni o`z materialidan yoki bezak gazlamadan yasalgan detallar yordamida bezash 
    (qo’yma burmalar, ikki tomonlama qo’yma burmalar, aylana burmalar, beykalar, 
    mag`izlar, bo’rtma mag`izlar, bantlar, galstuklar, xlyastiklar, fatalar, pagonlar va 
    hokazo). 
    3. 
    Maxsus bezak materiallar (to’r, tasma, popuk, lentalar, gullar va boshqalar) yordamida 
    bezash. 
    4. 
    Furnitura (tugmalar, to’qilar, dekarativ pistonlar, «molniyalar» va boshqalar). 
    5. 
    Kashta, qoplama bezak, emblemalar. 
    6. 
    Boshqa meterillar (mo`yna - teri, trikotaj, zamsha, tur palotno va hokazolar) 
    yordamida bezash. 
    7. 
    Kiyim detallarini bosma gul solib bezash. 
    Bezash turini uning joyini tanlash kiyimning turi va nimaga mo‘ljallanganiga, kiyim 
    shakliga, materialning fakturasiga, jins yosh omiliga, odam gavdasining turiga, gavdaning 
    shaxsiy xususiyatlariga xarakteriga bog‘liq. 
    Kiyimning kompozision yechimiga putur yetkazmaslik uchun bir yo‘la ishlatiladigan 
    bir necha xil bezakning bir-biriga mos tushishiga alohida e'tibor berish kerak. 

    Download 5,63 Mb.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   153




    Download 5,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolalar kiymini konstruksiyalash va modellashtirish

    Download 5,63 Mb.
    Pdf ko'rish