Asosiy andozalar. Kiyim konstruktsiyasining chizmasi bo’yicha tayyorlanadi; bu
andozalarda chok haqi, kiyim etaklarini qayirib bukish, ortiqcha joylarni kesib tashlash
xaqlari albatta hisobga olingan bo’ladi. Kiyimning orqasi, oldi, yenglari, yon chiziqlariga,
shimning old va opqa yarmiga qo’shib beriladigan chok haqi «Tikilgan kiyimlar, qavitslar,
baxyalar va choklar» davlat standartiga muvofiq belgilanadi.U detallarning (masalan, ustki
yoqa, podbort va shu kabilarning) chetini qayirib bukish haqi gazlamaning qalinligiga
hamda uzel konstruktsiyasiga bogliq bo’lib, normativ-texnik hujjatlarda ko’zda tutiladi.
Aholining shaxsiy buyurtmasiga muvofiq kiyim tikishda baza konstruktsiyalar
andozasi hamda chalafabrikat bichish uchun xizmat qiladigan andozalardan foydalaniladi.
Baza konstruktsiyalar andozasini tayyorlagan vaqtda chok haqi berilmaydi. Kiyimni
bichganda tegishli joylarda chok haqi tashlab ketiladi, bu esa kiyim balansini yaxshilash
maqsadida unga birmuncha o’zgartirish kiritishga va kompozitsion yechimlarga imkon
tug’diradi.
Kiyim detallarining chetlarini to’g’ri va aniq ulash mumkin bo’lishi uchun,
andozalarni tayyorlagan vaqtda kertiklar qilinadi.
Nazorat uchun savollar. 1.Chok haqi nimaga asosan olinadi?
2.Asosiy andozalarga nimalar kiradi?
3.Andoza chetlariga qanday ishlov beriladi?
4.Hosila andozalar qanday tayyorlanadi?
Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar 1-ilova 1.S.Po’latova Libos kompozitsiyasi
2. S.Tashpulatov va boshqalar “Keng assortimentdagi kiyimlarni loyihalash,
modellashtirish va badiiy bezash” Toshkent-2013
3.M.Sh.Jabborova “Tikuvchilik texnologiyasi”
4.E.A.Yanchevskaya “Ayollar ust kiyimini konstruksiyalash” Toshkent
“O’qituvchi” 1998
5.A.P.Rogova “Erkaklar va bolalar ustki kiyimini konstruksiyalash asoslari”
Toshkent “O’qituvchi” 1988