18-mavzu: Trikotaj matosining o’ziga xos hususiyati.
Reja
:
1.
Trikotaj haqida umumiy ma’lumotlar.
2.
Trikotaj buyumlari detallarini biriktirish usullari.
Trikotaj buyumlari detallari va asosiy uzellariga ishlov berish haqida umumiy ma’lumotlar
Trikotaj polotnolar yumshoq, elastik bo‘lgani
uchun yopishib turganda ham
harakatga halaqit bermaydi.Ular gigiyenik jihatdan havo o'tkazuvchan, namni shimuvchan
bo‘ladi, lekin trikotajni tikish vaqtida to'qima petlyalar so‘kilib ketishi mumkin. Bir qavat
to‘qilgan trikotaj buralib ketishi natijasida uni tikish ancha qiyin. Gazlamalaming tuzilishi,
xossalariga qarab model tanlash tikuvchilik kasbining asosiy talablaridan biri hisoblanadi.
. Trikotaj - (fransuzcha «tricotage», ya’ni «tricoter» - to’qimoq) bir yoki ko’plab iplarning
trikotaj mashinasida hosil qilingan halqalarning o’zaro chalishishidan hosil qilingan
materialdir. Boshqa to’qimachilik mahsulotlaridan farqli
ravishda trikotaj barcha
yo’nalishlar bo’yicha cho’ziluvchan bo’lib, shakl va o’lchamlarini o’zgartirish xususiyatiga
ega. Uning halqalardan tashkil topgan tuzilishi trikotajda yumshoqlik va g’ijimlanmaslikni
ta’minlaydi. Trikotaj, shuningdek sun’iy mo’yna, to’rlar va shu kabi turli mahsulotlarni
ishlab chiqarishda keng qo’llanadi.
Trikotaj tolaviy tarkibi, tuzilishi, pardozlash va mo’ljallanganligiga ko’ra sinflanadi. Ishlab
chiqarishdaasosan paxta, jun,
kimyoviy tolalardan, hamda ularning aralashmasidan
foydalaniladi va bir turdagi tolalardan, aralash tolali va har xil turdagi tolalar
aralashmasidan to’qiladi. Trikotaj buyumlar havo va namlikni oson o’tkazuvchanlik
xossasiga ega bo’lib, ularni ishlab chiqarishda matolarga nisbatan sintetik xom- ashyo ko’p
qo’llanadi. Tuzilishiga ko’ra ko’ndalang (kulirli) va tik to’qilgan,
bir fonturli va ikki
fonturli trikotaj farqlanadi. Ikki fonturli trikotaj qalinroq va og’irroq bo’lib, ziylari buralib
qolmaydi, asosan ustki kiyimlar ishlab chiqarishda qo’llanadi.
Trikotaj buyumlarni ishlab chiqarish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
1.
Kalava va iplarni to’qishga tayyorlash.
2.
To’qish – kalava va iplarni to’qish mashinalarida polotno, kuponlar va buyumlarga
qayta ishlash.
3.
Polotno, kuponlar va buyumlarni pardozlash.
4.
Model eskizlari, konstruksiyasi vaandozalarini ishlab chiqish. Loyihalashtirilayotgan
mahsulotlarning hamma o’lchamlari uchun andozalarni ko’paytirish. Andozalar
joylashmasi ishlab chiqish va mahsulot uchun polotno sarfini normalash.
5.
Polotno, kuponlar, qo’shimcha materiallarni bichishga tayyorlash. Ularni bichish.
6.
Tikish va tayyor mahsulotni yakuniy pardozlash. Tayyor mahsulotning sifatini
tekshirish.
Yuqorida sanab o’tilgan texnologik bosqichlar ko’p hollarda bir korxonaning o’zida
bajariladi. Lekin ba’zi korxonalar o’z bo’yash-pardozlash
sexlariga ega emaslar, shuning
uchun polotnoni bo’yash bilan bog’liq bo’lgan texnologik jarayonlar boshqa maxsus
bo’yash korxonalarida amalga oshiriladi.
Trikotaj buyumlari detallarini biriktirishda, ularning ziylariga
ishlov berishda va
pardozlashda asosan ipli usuldan, shuningdek payvandlash va yyelimlab biriktirish
usullaridan ham foydalaniladi.
Ipli usulda turli baxya va baxyaqatorlardan iborat bo’lgan choklar qo’llanadi
Trikotaj buyumlari konstruksiyasi modelga, trikotaj
polotnosining turi va
xususiyatiga ko’ra turli bo’lib, detallar soni bittadan (maykalarda) bir nechtagacha bo’lishi
mumkin. Asosiy detallar bir va bir necha qismdan iborat bo’lib, turli shaklli, vitochkali va
bezak chokli bo’lishi mumkin. Trikotaj buyumlarining asosiy detallarida hajmiy shakllar,
shuningdek, trikotajga shakl berish orqali hosil qilinadi.
Trikotaj buyumlarida taqilmalar old bo’lak pastki qirqimiga yetgan yoki yetmagan
bo’lib, qirqim pastgacha yetgan bo’lsa - bortga ishlov berish, pastga yetmagan bo’lsa –
taqilmaga ishlov berish deyiladi.
Trikotaj kiyimlar yenglari bir detaldan iborat bo’ladi.
Yoqalar yaxlit bichilgan yoki ostki va ustki yoqadan iborat. Shuningdek, bir qavatli,
maxsus yassifangli mashinalarda to’qilgan, ziylariga ishlov berilgan bo’lishi mumkin.
Astar ustki trikotaj mahsulotlariga ishlov berishda qo’llanilib,
ekspluatatsiya
jarayonida kiyim chidamliligini oshiradi. Qotirmalar erkaklar sorochkalari yoqalari va
manjetlariga ishlov berishda qo’llanadi. Detallarning qirqimlar bo’ylab cho’zilishini oldini
olish uchun chok davomida tasma qo’shib tikiladi, masalan, yelka choklari, yoqani o’mizga
biriktirish choki kabilar.
Buyumlarga ishlov berish jarayoni belgilangan ketma-ketlikda detallarni biriktirish,
ularni pardozlash va so’nggi namlab-isitib ishlov berish bosqichlaridan iborat. Ishlov berish
usullarini tanlash buyum konstruksiyasi, trikotaj polotnosining xususiyatlari, asbob-uskuna
va
moslamalar, texnologik rejimi va parametrlariga bog’liq. Trikotaj buyumlarga ishov
berish ketma ketligi quyidagi sxema orqali ifodalanishi mumkin