|
Bolalarning ijodiy faoliyatini tashkil etishda rivojlantiruvchi markazlarning o'rni
|
bet | 3/6 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 318,57 Kb. | | #248057 |
Bog'liq Bolalarni maktab ta\'limiga tayyorlashda ijodkorlikni rivojlantir1.2. Bolalarning ijodiy faoliyatini tashkil etishda rivojlantiruvchi markazlarning o'rni.
Bolalarning ijodiy faoliyatini shakllantirishda Rivojlantiruvchi markazlarning o'rni beqiyosdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining va Maktabdagacha ta'lim Vazirligininig maktabdagacha ta'lim tizimini yanada rivojlantirish to'g'risidagi qarorlariga muvofiq maktabgacha ta'lim tashkiloti guruhlarida 5 ta markaz tashkil etilgan: ''Til va Nutq", ''Qurish, yasash va matematika", ''San'at", ''Fan va tabiat", ''Syujetli va rolli o'yinlar va sahnalashtirish" markazlar. Ushbu markazlar tarbiyalanuvchilar uchun muhim o'rin kasb etadi, chunki bola markazlarda erkin faoliyat olib boradi. Tarbiyachi esa ularga yordamchi sanaladi. Bu esa bolalarni nutqini, erkin fikrlashini, jismoniy va ijtimoiy bilish kompitensiyalarini rivojlantiradi. Bolalar ongini rivojlantirishda asosiy faoliyat turi o'yin hisoblanadi. O'yin orqali bola o'rgatilgan mashg'ulotni xotirada tez va mustahkam saqlaydi.
Markazlarda ham bolalar bilan o'yin orqali ishlash muhim o'rin egallaydi. Buning uchun biz pedagoglar markazlarni bolajonlarga jihozlab, barcha shart-sharoitlarni yaratib berishimiz lozim.Rivojlanish markazlaridagi ta’lim jarayonida bolalarning o‘zlari tegishli rivojlanish markazini ixtiyoriy tanlay boshlaydilar. Bolalarni mustaqil guruhlarda ishlashi, individuallashtirishda tarbiyachi shunday faoliyat turlarini o‘ylab topadiki, unda barchaga birdek ko‘rsatma berilsa-da, biroq har bir bola undan kelib chiqqan holda o‘zi mustaqil ravishda muvaffaqiyatga erishishiga imkon beriladi. Individuallashtirish darajasini optimallashtirish mumkin. Epchillik va topqirlik talab etiladigan faoliyat turini tanlagan va bolalarni diqqat bilan kuzatgan holda tarbiyachi zaruriyat tug‘ilib qolsa topshiriq va materiallarni o‘zgartirishi yoki moslashtirishi mumkin. “Ilk qadam” o‘quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida quyidagi rivojlanish markazlari faoliyati yuritilishi nazarda tutiladi:
-Qurilish va konstruksiyalash markazi
-Syujet-rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazi
-Til va nutq
-Ilm-fan va tabiat markazi
-San’at markazi
-Musiqa va ritmika markazi
Rivojlanish markazlari bolalarga o‘zlarining shaxsiy ko‘nikmalari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ta’lim-tarbiya jarayonini mustaqil individuallashtirish imkoniyatini beradi. Masalan, san’at markazida bir bola qog‘oz qirqadi, boshqa bola esa shu qog‘ozdan qaychi bilan o‘zi o‘ylagan shaklchani kesib oladi. Stol ustida o‘ynaladigan o‘yinlar markazida bir bola to‘rtta yog‘och kubikdan shakl yasaydi, boshqa birovi esa yigirma besh bo‘lakli karton qog‘ozli tasvirni tuzishni ma’qul ko‘radi. Tarbiyachi jarayonda bolalarni kuzatadi va ularning rivojlanishiga daxldor fikrlarni yozib boradi. Ancha vaqtdan so‘ng u bolalarga vazifani murakkablashtiruvchi materiallarni taklif etadi yoki vaziyatga qarab ana shu vazifalarni bajarishda bolaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yordam beradi. Bunday yo‘l tutish tufayli bola yaxshi sur’atda o‘sib-ulg‘ayishi mumkin. Tarbiyachilar rivojlanish markazlarida bolalarning yordamchilari rolini o‘ynaydilar, mashg‘ulotlar olib boriladigan joyda imkoniyatlar kengligini ta’min etadilar va har bir bola individual rivojlanishi darajasini egallay olgan holda faoliyat turlarini rejalashtiradilar. Kun tartibi turli mashg‘ulot turlarini o‘zida qamrab olishi lozim: kichik guruhlarda birgalikda va tarbiyachi hamkorligida yakka tartibda (individual) yoki mustaqil (ular tomonidan tanlagan mashg‘ulotlarga vaqt ajratish kerak, chunki bolalar ongli tanlab olishni o‘rganadilar, o‘z qiziqish va qobiliyatlarini amalga oshiradilar). Bolalarning o‘z tanlovlarini amalga oshirishi, Masalan,''Til va Nutq''markazi: bunda biror bir qutichaga mashg'ulotga mos rasmli kartochkalar solinib, bolalar ikki guruhga bo'linadi. Har bir guruhdan bittadan ishtirokchi chiqib, birin-ketin quti ichidan kartochka tanlab olib, rasmiga mos hikoya tuzadi yoki she'r aytadi. ''Qurish-yasash va matematika" markazi: bunda bolajonlar markazdagi geometrik shakllardan, lego va konstrukturalardan foydalanadilar, shu bilan birga guruhda o'rtaga doira chizib, bolalar ham chizilgan doira bo'ylab turishadi. So'ngra biron bir raqam tanlanadi, masalan:10 raqami. Bolalardan 10 tasi doiraga kiradi va 10-2 deyiladi, shunda bolalardan ikkitasi doiradan chiqishadi. Qolgan bolalar sanaladi. Misolni javobi yechiladi o'yin shu tariqa davom etadi. Bunda bolalar raqamlarni farqlashga, sanashga, hisob-kitobga o'rganadi. "San'at" markazi: Ushbu markaz bolajonlar uchun juda ham sevimli markaz sanaladi. Sababi bolajonlar unda rasmlar chizib, raskraskalar bo'yashadi, aplikatsya ishlarini, plastelindan o'zlari xohlagan narsalarni yasab, erkin faoliyat olib borishadi. Masalan ''Non" haqidagi mashg'ulotimiz uchun markazda non rasmini chizish. Bunda tarbiyachi faqatgina bolalarga: "Bolajonlar, barchamiz ''San'at" markazida non rasmini chizamiz, qani kim qanday nonni o'z rasmida aks ettiradi?", - deydi. Bolalar esa: kimdir chiroyli nonni, kimdir sedanali nonni, yana kimdir esa uyidagi onasi yopgan - ozgina gullab qolgan nonni chizishga harakat qiladi. Bu bilan bola erkin fikrlaydi va tasavvuri kengayadi. ''Fan va tabiat" markazi: bu markazni xonadagi markazda yoki tabiat bag'rida o'tkazsa ham bo'laveradi. Yana bu markazda tarbiyachi tajribalar o'tkazishi ham mumkin. Masalan: ''Kamalakni qog'ozda aks ettiramiz". Buning uchun bir martalik qog'oz va rangli qalamlar kerak bo'ladi. Qog'ozning ikki chetiga rangli qalamlar bilan 2sm uzunlikda bo'yab olamiz va ikki chekkasini suvga solamiz, shunda ranglar birlashib tepaga bo'yaladi va kamalak hosil bo'ladi. Bolalar bunday tajribalardan juda ham shodlanadilar va o'zlari bajarib, ajoyib tabiat manzarasidan quvnaydilar. ''Syujetli va rolli" markaz: bolajonlarning eng sevimli markazlaridan biri hisoblanadi, chunki bolajonlar bunda ertaklar tinglab, ertakdagi qahramonlarga taqlid qilib, uning rolini bajaradilar. Kimdir Kenja botir, kimdir Zumrad rolini, yana kimdir quvnoq quyoncha rolini bajarishni istaydilar.
Xulosa qilib aytganda, bolalar ongini rivojlantirishda asosiy faoliyat turi o'yin hisoblanadi. O'yin orqali bola o'rgatilgan mashg'ulotni xotirada tez va mustahkam saqlaydi. Shuningdek, bu mashg'ulotlar orqali bolajonlarimizning har bir kuni, har bir soati qiziqarli va maroqli o'tadi. Zero, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning qobiliyatlarini rivojlantirib, har tomonlama yetuk va barkamol etib tarbiyalash, biz bo'lajak tarbiyachilarning ustuvor vazifalarimiz sanaladi.Ayniqsa "syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish markazida bolalarning ijodiy faoliyati va ijodiy qobiliyatlari juda yaxshi rivojlanib boradi.Teatrlashtirilgan faoliyat madaniy hordiq faoliyatiga tushiradi va bolalar bilan olib boriladigan faoliyatda ustuvor o‘rin egallaydi. U bolalar bilan muloqotning yangi shakllarini realizatsiyalash, har bir bolaga yakka tartibda yondashish, oila bilan o‘zaro hamkorlikning noan‘anaviy yo‘llarini amalga oshirishga ko‘maklashadi. Bolalar bilan teatrlashtirilgan faoliyat quyidagi yo‘nalishlardagi ishni o‘z ichiga oladi:
- teatrlashtirilgan faoliyatda bolalarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratish;
- bolalarning ijrochilik ijodini (turli sahna va postanovlkalarda rol o‘ynash, mashg‘ulotlarda ifodali o‘qish va sh.k.) rag‘batlantirish;
- bolalarda individual xususiyatlariga muvofiq kattalar va tengdoshlari oldida chiqish vaqtida o‘zini erkin tutish qobiliyatini rivojlantirish (jumladan, uyatchan bolalarga bosh rollarni berish, nutqiy qiyinchiliklari bo‘lgan bolalarni spektakllarga jalb qilish, har bir bolaning spektakl va boshqa chiqishlarda faol ishtirokini ta‘minlash);
- bolalarni (turli personajlarning xarakterli xususiyatlarini, o‘zining hissiy kechinmalari, emotsional holatini ifodalashda) mimika, pantomima, ifodali harakat va intonatsiya yordamida improvizatsiyalashga undash;
- bolalarni dramalashtirishning turli vositalari orqali ifodalanadigan personajlarning kayfiyati, emotsional holatini farqlashga o‘rgatish (mimika va harakatlar yordamida quvonch, qayg‘u, jahl, hayrat va sh.k. ni namoyish qilish va personajning holatini aniqlashni taklif qilish; qo‘g‘irchoq personajdan foydalanib, boladan aynan bitta jumlani turlicha intonatsiya bilan aytishni so‘rash va qolgan bolalardan personajning xarakteri va kayfiyatini topishni so‘rash).
Teatrlashtirilgan faoliyatda bolalarning ijodiy faolligini oshirish bo‘yicha vazifalarni hal qilishda ular va ota-onalar bilan ishlarning zarur shakllari belgilangan bo‘lib, ular uchta: tashkiliy, amaliy va yakunlovchi bosqichni o‘z ichiga oladi.Tashkiliy bosqichda:
- mavzuga oid metodik adabiyotlar o‘rganiladi;
- bolalar bilan teatr haqida suhbat o‘tkaziladi;
-"Ijodkor bola qanday bo‘ladi?"mavzusida ota-onalar bilan so‘rov o‘tkaziladi;
-Ijodkor bola o‘zida qaysi fazilatlarni rivojlantiradi?‖ mavzusida ota-onalar bilan so‘rov o‘tkaziladi;
- bolalarni teatrlashtirilgan faoliyatga jalb qilish bo‘yicha rejalar tahlil qilinadi;
-Teatrlashtirilgan faoliyat nutqning ifodaliligi vositasi‖ mavzusida ota-onalar
uchun maslahat o‘tkaziladi;
- bolalar va ota-onalarning xalq ertaklari bo‘yicha ishlangan rasmlar ―Ertak huzurida mehmonda‖ ko‘rgazmasida ishtiroki ta‘minlanadi.
Amaliy bosqichda quyidagilar amalga oshiriladi:
- bevosita ta‘limiy faoliyat
-Kommunikatsiya‖ sohasi.
-nomli xalq ertagini sahnalashtirish;
-"Sholg‘om", "Bo‘g‘irsoq" ertaklarini kichik va o‘rta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun, shuningdek, ota-onalar majlisida namoyish qilish;
- bolalar bilan spektalni tomosha qilish
- badiiy adabiyotlar mutolaasi va xalq ertaklariga illyustratsiyalarni ko‘rib chiqish;
- xalq ertaklari aks ettirilgan audioyozuvlarni tinglash, videomateriallarni tomosha qilish;
- niqob va kostumlardan foydalangan holda "ayyor tulki" , "kuchukchalar va mushukchalar" instsenirovkasi;
-"sehrli tovushlar" o‘yini;
- mustaqil ijodiy o‘yinlar;
- xalq ertaklarini namoyish qilish uchun qo‘g‘irchoq teatrini tayyorlash.
Ishning yakunlovchi bosqichi:
- bolalarning ijodiy improvizatsiyalash qobiliyatini aniqlash;
- ota-onalar yordamida rivojlantiruvchi muhitni to‘ldirish;
- ma‘ruza shaklida qilingan ish natijalari haqida hisobotni o‘z ichiga oladi.
|
| |